3.Racm K561 IP2 seriyali raqamli komparatorning shartli belgisi
Nazorat uchun savollar
1.Boshqariladigan to‘g‘rilagichlarning raqamli boshqarish tizimlarini ba’zi qismlarini tanlash qanday amalga oshiriladi.
2.Raqamli faza siljitish qurilmasini tuzing.
3.Raqamli boshqarish tizimlari uchun integral mikrosxemalarni tanlash qanday amalga oshiriladi.
10-Ma’ruza: Boshqaruv elementlari. Analog o‘xshash integral mikrosxema asosidagi kuchaytirgichli qurilmalar. Operasion kuchaytirgichlarning asosiy ko‘rsatkichlari va qo‘llanish doirasi.
Reja:
1. Umumiy ma’lumotlar.
2. Boshqaruv elementlari.
3. Analog o‘xshash integral mikrosxema asosidagi kuchaytirgichli qurilmalar. Operasion kuchaytirgichlarning asosiy ko‘rsatkichlari va qo‘llanish doirasi.
Ta’limiy: Talabalarga mavzuga oid bilim va ko’nikmalarni shakllantirish.
Tarbiyaviy:Fan orqali bajariladigan ishlar, ularning ahamiyatini tushuntirish orqali talabalarni bu fanga qiziqish ruhida tarbiyalash;.
Rivojlantiruvchi:Talabalarning mavzu bo’yicha olgan bilimlarini mutaxassislik sohasidagi ishlarida qo’llash orqali rivojlantirish.
Yuqorida ta’kidlanganidek, o‘zgaruvchan tokni o‘zgarmasga va aksincha aylantirishga elektr mashinali va statik o‘zgartkichlar qo‘llaniladi. Sxemalari motor-genetor yoki bir yakorli o‘zgartkichdan iborat bo‘lgan elektr mashinali o‘zgartkichlar o‘rnini energetik ko‘rsatkichlari baland, narxi arzon va ekspluatasion xarajatlari kichik bo‘lgan statik o‘zgartkichlar keyingi o‘n yilliklar mobaynida deyarli butkul egalladilar.
Statik o‘zgartkichlar deb yarim o‘tkazgichli diod va tiristorlari (yoki tranzistorlari) bo‘lgan o‘zgartkichlarga aytiladi.
O‘zgartkich agregatlari tarkibiga ko‘p hollarda ularning energetik kursatkichlarini yuqori ko‘taruvchi kuchli transformatorlar ham kiradi. O‘zgartkichlardagi quvvat isroflari quvvatning 2¸5% ini tashkil etsa, bu qiymatning 30-50% transformatorlarda issiqlik energiyasi sifatida ajralib chiqadi. Statik o‘zgartkichlar tarkibi uchun kuchli transformatorlardan tashqari, qo‘shimcha induktiv uskunalar ham ishlab chiqariladi. Ular qatoriga muvozanatlovchi, katodli va to‘lqinlarga xalaqitli (pomexozahitno‘e) reaktorlar, anodli bo‘llagich, to‘yinish drossellari, stabillash uskunalari va boshqalar kiradi (1-rasm).
Do'stlaringiz bilan baham: |