Elektrotexnika“ fakulteti «elektrotexnika, elektromexanika va elektrotexnologiyalar» kafedrasi


Download 442.92 Kb.
bet10/10
Sana13.12.2022
Hajmi442.92 Kb.
#1000196
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
oooo

Simulink kutubxonasi bo’limlari

6.2-rasmda Simulinkning asosiy kutubxonasi (oynaning chap tomonida) va uning bo’limlari (oynaning o’ng tomonida) ko’rsatilgan.


Simulink kutubxonasida quyidagi asosiy bo’limlar mavjud:



  • Continuous chiziqli bloklar;

  • Discrete — diskret bloklar:

  • Functions & Tables — funksiyalar va jadvallar;

  • Math — matematik amallar bloklari;

  • Nonlinear — chiziqli bo’lmagan bloklar;

  • Signals & Systems — signallar va tizimlar;

  • Sinks — registratsiya qiluvchi qurilmalar;

  • Sources — signallar va ta’sirlar manbalari;

  • Subsystems — ost tizimlar bloklari;

Simulink kutubxonasi bo’limlarining ro’yxati daraxtsimon shaklga ega bo’lib bunday ro’yxatlar bilan ishlash qoidalari odatdagidek. Kutubxonaning zarur bo’limi tanlanganda uning tarkibi oynaning o’ng qismida ochiladi. Oyna bilan ishlashda menyuda jamlangan buyruqlardan foydalaniladi. Menyuda quyidagi tugmalar mavjud:

  • File (Fayl) — kutubxona fayllari bilan ishlash;

  • Edit (Taxrirlash) — bloklarni qo’shish va ularni izlash (nomi bo’yicha);

  • View (Ko’rinish) — interfeys elementlarining ko’rinishini boshqarish;

  • Help (Yordam) — Kutubxona bo’yicha yordam oynasini chiqarish.

Ob'ektlarni formatlash
Format menyusida (shuningdek sichqonchaning o`ng tugmasi yordamida chaqiriluvchi kontekst menyuda) bloklarni formatlash buyruqlarining to`plami mavjud. Formatlash buyruqlari bir necha guruhga bo`linadi. Yozuvlarning ko`rinishini o`zgartirish:

  • Fоnt — yozuvlar va matnli bliklarning shiftlarini formatlash;

  • Text alignment — matnni tekislash;

  • Fliр name — blok yozuvini siljitish;

  • Shоw/Hide name — blok yozuvini ko`rsatish yoki berkitish. Bloklarning rangini o`zgartirish;

  • Fоregrоund cоlоr — ajratilgan bloklar liniyalarining rangini tanlash;

  • Backgrоund cоlоr — ajratilgan bloklar fonining rangini tanlash;

  • Screen cоlоr — model oynasi fonining rangini tanlash;

  • Blokning xolati va ko`rinishini o`zgartirish;

  • Fliр blоck — vertikal simmetriya o`qiga nisbatan aks tasvir;

  • Rоtate blоck — soat strelkasi bo`yicha blokni 90° ga burish;

  • Shоw drор shadоw — blokning soyasini ko`rsatish;

  • Shоw роrt labels — portlarning belgisini ko`rsatish;

  • Boshqa o`rnatmalar:

  • Library link disрlay — kutubxonalar bilan bog`lanishni ko`rsatish;

  • Samрle time cоlоrs — vaqt indiqatsiyasi blikining rangini tanlash;

  • Wide nоnscalar lines — skalyar bo`lmagan liniyalarning kengligini orttirish/kamaytirish;

  • Signal dimensiоns — signallarning o`lchov birligini ko`rsatish;

  • Роrt data tyрes — portlarning turi to`g`risidagi ma`lumotlarni ko`rsatish;

  • Stоrage class — xotira klassi. Real-Time Wоrkshор ishlaganda o`rnatiladigan parameter;

  • Executiоn оrder — bajarish ketma-ketligidagi blokning tartib raqamini chiqarish.

Nazorat savollari

  1. MATHLAB dasturi nima maqsadda foydalaniladi?

  2. MATHLAB Simulink nima?

  3. Rоtate blоck operatori nima vazifani bajaradi?

  4. MATHLAB Simulink dasturida qanday model tuzuladi?

Download 442.92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling