- BiCl3 – kuchli gigroskopik modda, gidrolizga uchraydi:
- BiCl3 + H2O = BiOCl + 2HCl
- Bunda vismutil xloridi hosil bo’ladi.Bi2S3 – qora qo’ng’ir rangli cho’kma.
- 2BiCl3 + 3H2S = Bi2S3 + 6HCl
- Bu cho’kma ishqoriy metallar va ammoniy sulfid ta’sirida erimaydi, ana shu xossa bilan Bi2S3 mishak va surmadan farq qiladi.
- Vismut (III) birikmalarini kuchli ishqoriy muhitda oksidlash orqali vismut(V) birikmalari olinadi:
- BiCl3+Cl2+6KOH=KBiO3+5KCl+3H2O
- Bi2O5 qizil qora rangli kukun modda. BiF5 qattiq modda (suyuql. harorati 151 oS, qayn. harorati 230 oS), HBiO3 kislotaning tuzlari ma'lum (NaBiO3 va KBiO3). Bu tuz kuchli oksidlovchi:
- 2MnSO4+5NaBiO3+16HNO3= 2HMnO4+5Bi(NO3)3+2Na2SO4+NaNO3+7H2O
Vismut (III) birikmalari tibbiyotda ishlatiladi. Toza vismut yadro reaksiyalarida issiqlik o’tkazuvchi modda sifatida qo’llaniladi. - Vismut (III) birikmalari tibbiyotda ishlatiladi. Toza vismut yadro reaksiyalarida issiqlik o’tkazuvchi modda sifatida qo’llaniladi.
- Vismut – 50%, qo’rgoshin – 25%, qalay – 12,5% va kadmiy – 12,5% qotishma 70ºC da suyuqlanib, o’t o’chirgich tiqin sifatida ishlatishi ma’lum.
Do'stlaringiz bilan baham: |