Eng qadimgi davrlardan XIX asrgacha O‘rta Osiyoda tarbiya, maktab va pedagogik fikrlar tarixi Ma’ruzachi – professor A. S. Kaldibekova


XIV asrning ikkinchi yarmi va XVI asrda Movaraunnahrda tarbiya


Download 1.72 Mb.
bet7/10
Sana15.06.2023
Hajmi1.72 Mb.
#1482045
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
4-mavzu.

XIV asrning ikkinchi yarmi va XVI asrda Movaraunnahrda tarbiya

  • XIV asrning oxiri va XV asrlarda Markaziy Osiyoda feodal munosabatlar yanada rivoj topa boshladi. Markazlashgan buyuk Temur davlatining barpo etilishi bilan Movarounnaxrda yana fan va madaniyat, maorif qaytadan ravnaq topa boshladi.
  • Amir Temur hukmronligi davrida jahonning ko‘plab shaharla-ridan Samarqandga hunarmandlar, olimu fozillar, san’atkorlar, muhandislar olib kelindi va ularning boy tajribalari, ijodiy ma-horatlaridan ilm-ma’rifat, madaniyat, qurilish jabhalarida keng foydalanildi.
  • Samarqand va Hirotda madrasalar, kutubxona va rasadxona qurildi.
  • Tibbiyot ilmini o‘rganishga qiziqish yanada kuchaydi. Riyo-ziyot, falakiyot, jo‘g‘rofiya, tarix, adabiyot, falsafa xamda tarbiyashunoslikka oid asarlar yaratildi.

Mirzo Ulug‘bekning pedagogik g‘oyalari va ma’rifatparvarlik xizmatlari

  • Mirzo Ulug‘bek (1394-1449) Movarounnahrning siyosiy va iqtisodiy hayotini boshqarish bilan bir qatorda, ilmiy ishlar bilan shug‘ullanadi, olimlarning munozaralarida faol qatnashadi.
  • Samarqandda o‘z atrofida to‘plangan olimlarning bevosita ishtiroki va yordamida Ulug‘bek 1424-1428-yillar-da shahar yaqinida rasadxona qurdirdi. Rasadxonada olib borilgan kuzatish va tadqiqotlar tufayli 1018 sobita (qo‘zg‘almas) yulduz-larning o‘rni va holati aniqlanib, ularning astronomik jadvali tuziladi. Tadqiqotlarning sa-marasi – shoh asar Ulug‘bek-ning «Ziji jadidi Ko‘ragoniy» nomli kitobidir.
  • Bundan tashqari Ulug‘bek «Tarixi arba’ ulus» (To‘rt ulus tarixi) nomli tarixiy asar hamda musiqa ilmiga bag‘ishlangan beshta kitob yozadi.
  • Ulug‘bek Movarounnahr shaharlarini, xususan Samarqand va Buxoroni ilm-u ma’rifat dargohiga aylantirishga intiladi. Uning farmoni bilan 1417-yilda Buxoroda, 1417-1420-yillarda Samarqandda va 1433-yilda G‘ijduvon-da madrasalar qad ko‘taradi. Ushbu madrasalarda ilohiyat ilmlari bilan bir qatorda riyoziyot, handasa, ilmi ha-y’at, tibbiyot, tarix, jo‘g‘rofiya, ilm-u aruz, arab tili va uning morfologiyasi kabi dunyoviy ilmlar ham o‘qitilardi.
  • Alloma o‘z davlatida ta’lim sohasida jiddiy islohotlarni tashkil etdi. U madrasalarni davlat ta’minotiga o‘tkaz-di, mudarris (o‘qituvchi)larga oylik ish haqi belgilagan, shogird (talaba)larga stipendiya ajratgan. Muhammad Tarag‘ay Ulug‘bek madrasa o‘quv rejasiga quyidagi fanlar: arab tili, adabiyot, Qur’on, Hadis, ritorika, man-tiq, falsafa, fikh (qonunchilik), metafizika, matematika, astronomiya, tibbiyot, geografiya, tarix kabi fan-larni kiritadi.
  • Mutafakkir tomonidan barpo etilgan hamda o‘zi bevosita ta’lim bergan madrasalarda o‘qish quyidagi bosqich-lardan iborat bo‘lgan:
  • 1. «Anda» (kichik) – o‘qish muddati 2 yil.
  • 2. «Aust» (o‘rta) – o‘qish muddati 3 yil.
  • 3. «A’lo» (oliy) – o‘qish muddati 3 yil.

Download 1.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling