Eng yangi tarix” fani bo`yicha II qism (1945-2010-yillar) Bakalavriat yo`nalishi: 5220200-Tarix mamlakatlar va mintaqalar bo`yicha
Download 1 Mb.
|
Йилларда франция-fayllar.org (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1. Germaniya Ikkinchi jahon urushidan keyin. Ikkita nemis davlatlarining vujudga kelishi.
Darsning maqsadi:
Ikkinchi jahon urushida fashistik Germaniyaning yengilishi bilan uning parchalab tashlanishi, GFR va GDRning tashkil topishi, ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy taraqqiyoti, ikki nemis davlatlarining birlashtirilishi, G.Kol siyosati hamda GFRning hozirgi davrda Yevropa va dunyo siyosatidagi o‘rnini yoritib berishdir. 1. Germaniya Ikkinchi jahon urushidan keyin. Ikkita nemis davlatlarining vujudga kelishi. Germaniya masalasining urushdan keyin hal qilinishi. Germaniya taqdiri masalasi Gitlerga qarshi koalitsiya davlatlari rahbarlari tomonidan urushdan keyin tartib o‘rnatish muhokamasida eng asosiy masalalardan biri edi. Bu muzokoralarning asosiy maqsadi urush sababchilarini haqqoniy jazolash va dunyo hamjamiyatini Germaniya tomonidan navbatdagi tajovuzdan xolos etish g‘oyalaridan iborat edi. 1941 yil dekabrida Moskvada bo‘lib o‘tgan Sovet-Angliya muzokoralaridayoq ikkala tomon tomonidan reyx hududining bir qismini taqsimlash, ya’ni Avstriya mustaqilligini tiklash, Sharqiy Prussiyani Polshaga, Sudet viloyatini esa Chexoslovakiyaga qaytarib berish hamda Reyn viloyati va Bovariyada mustaqil davlatlar barpo etish masalasi muhokama qilingan edi. AQSH ma’muriyatida Germaniyani parchalash g‘oyasi ham tarafdorlarga ham qarshilarga ega edi. 1949 yilning oktabrida Moskva konferensiyasida AQSH “Germaniya taslim bo‘lishining asosiy tamoyillari” nomli hujjatni taqdim etdi. Unda gap “reyxga Prussiya ta’sirini susaytirish” maqsadida Germaniyada markazlashishga barham berish haqida borardi. 1943 yilning noyabrida Tehron konferensiyasida AQSH va Angliya delegatsiyasi Germaniya masalasini shafqatsizroq usulda hal qilinishini yoqlashdi. Germaniyani beshta muxtor davlatlarga bo‘lish yoki Janubiy Germaniya yerlarini (Yer Germaniyada ma’muriy-hududiy bo‘linish birligi-U.M.) Avstriya va Vengriya bilan birgalikda Dunay federatsiyasiga qo‘shish taklif qilingan edi. Bu masalada Stalinning fikri boshqacha edi. U Germaniyani parchalash nemis millatchiligi va revanshizmi (qasoskorligi)ning yana jo‘sh urishiga olib keladi, ammo koalitsiyaning hamkorligi Germaniyada militarizmi va natsizmni yo‘q qilish yordam beradi deb hisoblar edi. 1944 yil 15 yanvarda Britaniya hukumati tomonidan Germaniyani okkupatsiya (bosib olinishi) mintaqalariga bo‘lish rejasi taklif qilindi. Unda, ilk bor keyinchalik, GFR va GDR chegarasiga aylangan chiziq aniq ko‘rsatilgan edi. 1944 yil oktabridagi Kvebek (Kanada) konferensiyasida Cherchill AQSH moliya vaziri Genri Morgentau tomonidan ishlab chiqilgan Germaniyaga nisbatan urushdan keyingi siyosatni ma’qulladi. Bu loyihada Germaniyani hududiy bo‘lish, uning sanoat salohiyatini qisqartirish va qattiq xalqaro nazorat ostida agrar ishlab chiqarishni rag‘batlantirish ko‘zda tutilgan edi. Faqatgina urush tugashi arafasida AQSH va Buyuk Britaniyaning Germaniyaga nisbatan siyosati biroz yumshadi. 1945 yildagi Yalta konferensiyasida Germaniyani hududiy jihatdan bo‘lish masalasi to‘g‘ridan-to‘g‘ri qo‘yilmadi. Faqatgina okkupatsiya mintaqalari loyihasi tasdiqlandi. Unda AQSH va ingliz okkupatsiya mintaqalaridan Fransiya okkupatsiya mintaqasi ajratib olindi. Yalta kommyunikesida birinchi marta Germaniyani urushdan keyingi boshqaruvining umumiy shakli, ya’ni “mamlakatning demilitarizatsiya (harbiysizlantirilishi)si va demokratlashtirilishi” xalqqa ma’lum qilindi. Bu vazifalarni bajarish Germaniya siyosiy tizimni milliysizlantirish va nemislarga Germaniya harbiy-sanoat salohiyatini yo‘q qilishga qaratilgan mamlakat iqtisodiyotini monopoliyasizlantirish va davlat tizimini shakllantirish huquqini berishni talab etardi. Sovet delegatsiyasi tomonidan qo‘yilgan Germaniyadan reparatsiya (tovon) undirish masalasi (muhimligini barcha delegatlar tan olishiga qaramasdan) hal etilmadi. Germaniya masalasi 1945 yil 17 iyulidan 2 avgustigacha Potsdamda bo‘lib o‘tgan konferensiyada uzil-kesil hal etildi. Konferensiya Germaniya mag‘lubiyati to‘g‘risidagi Dekloratsiya va Yaltada ishlab chiqilgan Germaniya nisbatan siyosat tamoyillari ko‘rsatilgan kommyunike-ni tasdiqladi. Germaniya, jumladan, Berlin hududi 4 ta okkupatsiya mintaqalariga ajratildi. Bunda sovet okkupatsiya zonasi Germaniya hududining 40%-ini, aholisining 30%-i, ishlab chiqarish salohiyatining 33%ini o‘z ichiga olardi. Tartibga solish uchun beshta davlat (SSSR, AQSH, Fransiya, Buyuk Britaniya, Xitoy) tashqi ishlar vazirlari Kengashi, Bosh qo‘mondonlar nazorat Kengashi hamda Berlinda qo‘shma komendaturalar tashkil qilindi. Germaniyaning iqtisodiy birligini va nemis xalqining yagona demokratik davlat tuzish huquqini saqlab qolish tamoyili qat’iy belgilandi. Ammo shu narsaga e’tibor berish kerakki, Potsdam kelishuvi matniga “G‘arbiy mintaqalar” degan tushuncha allaqachon kiritilgan edi. Potsdam konferensiyasi Germaniyaning yangi chegaralarini belgiladi: Sharqiy Prussiya SSSRga berildi, Odergacha bo‘lgan hudud va G‘arbiy Neyse-Polshaga, Sudet viloyati Chexoslovakiyaga qaytarildi, Avstriya mustaqilligi tiklandi. Polsha, Chexoslovakiya va Vengriyada yashovchi nemislar majburan Germaniyaga ko‘chirib kelindi. Tovon (reparatsiya) hajmi va manbalari to‘g‘risidagi masala bahs-munozaralarga sabab bo‘ldi. Oqibatda AQSH delegatsiyasi taklifi qabul qilindi. Unga ko‘ra har bir hukumat o‘z okkupatsiya zonasidan va Germaniyaning Korindagi mablag‘lari (Bolgariya, Vengriya, Ruminiya, Finlyandiya, Avstriya) hisobidan tovon undirishi kerak edi. SSSR Germaniyadan G‘arb mamlakatlari foydasiga undirilgan oltindan voz kechdi, ammo G‘arbiy okkupatsiya zonalardagi sanoat jihozlarining 10%iga ega bo‘ldi. Germaniya floti SSSR, AQSH va Buyuk Britaniya o‘rtasida teng bo‘lib olindi. Tovon to‘lovlarining aniq summasi belgilanmadi, chunki Britaniya va AQSH delegatsiyasi Germaniya SSSR talabini qondira olishiga shubha qilishdi. SSSR, AQSH, Buyuk Britaniya va Fransiya bosh qo‘mondonlaridan iborat Ittifoq Nazorat Kengashi (INK) 1945 yilning iyun oyida tashkil qilindi. INK o‘z faoliyatining birinchi oylarida Potsdam konferensiya kommyunikesiga aniqlik kirituvchi “vermaxtga barham berish”, “nemis yarim harbiy tashkilotlarini tarqatib yuborish”, “Germaniyada harbiy qurilishlarni taqiqlash” to‘g‘risidagi qarorlarni qabul qildi. INK Germaniya hududida to‘la hokimiyatni qo‘lga oldi. Uning qarorlari har bir tomonning veto huquqidan foydalanish hokimiyati bilan konsepsus asosida qabul qilinar edi. Ammo okkupatsiya zonalarida ma’muriy boshqarish mustaqil amalga oshirilar edi. Okkupatsion hukumatlar nazorati ostida mahalliy o‘z-o‘zini boshqarish va nemis siyosiy partiyalari tiklana boshlandi. Yagona Germaniya hukumatini barpo etishga ilk qadam sifatida markaziy boshqarmalarni (moliya, transport, tashqi savdo va sanoat boshqarmalari) tuzish ko‘zda tutilgan edi. Bu boshqarmalar INK nazorati ostida faoliyat ko‘rsatishi kerak edi. Okkupatsiya davri. Urushdagi qaqshatqich mag‘lubiyat Germaniyani iqtisodiy va ijtimoiy-psixologik tazyiq iskanjasiga qo‘ydi. Faqatgina vermaxt talofati 13,5 million kishini tashkil etdi. Hammasi bo‘lib urush yillarida Germaniya aholisini o‘ndan bir qismidan mahrum bo‘ldi. Ko‘pgina shaharlar, ayniqsa, Sharqiy hududlarda butunlay vayron qilindi. Sanoat korxona va jihozlarining asosiy qismi bombardimonlarda vayronaga aylandi yoki g‘oliblar tomonidan demontaj (qismlarga ajratish) qilindi. 1946 yilda sanoat ishlab chiqarishi urush oldingi davrga nisbatan ham uch baravar qisqardi, qishloq xo‘jaligi o‘ttiz yil orqaga surildi. Iqtisodiyotga ishchi kuch yetishmas edi. Transport tuzilmasi va energiya tizimi butunlay ishdan chiqqan edi, mintaqalararo savdo aloqalar uzildi. Yoppasiga olib-sotarlik, “qora bozor” va do‘konlarning bo‘m-bo‘sh rastalari odatiy holga aylandi. Urushdagi vayronalar va aholi ko‘chishi tufayli uy-joy masalasi og‘irlashdi. 1945 yilda aholining eng zarur narsalar bilan ta’minlanish darajasi aholi jon boshiga quyidagicha edi: bir juft oyoq kiyimi - 12 yilga, kostyum-50 yilga, tarelka-5 yilga, “pelyonka”- 5 yilga. Ocharchilik hukm surardi. Moddiy talofatga moliyaviy tizimning butunlay ishdan chiqqanligi qo‘shimcha edi. Muomalada bo‘lgan pul miqdori mavjud bo‘lgan mahsulotga nisbatan bir necha marta ko‘p edi, davlat qarzlari 1938 yil oxiridagi 27,2 mlrd. markadan 1945 yil mayiga kelib 377,3 mlrd markaga yetdi. Inflyatsiya urushdan oldingi davrga nisbatan 600%ni tashkil etdi. Ish kuni 16 soat va undan ko‘p davom etardi, ammo oylik 1940 yil darajasi saqlanib qolgan edi. Nemis jamiyatini qamrab olgan psixologik shok ham qattiq zarba berdi. Odamlar kayfiyatini asosan ichki OPUSTOSHENNOST, APATIYA siyosati nafrat, kelajakdan umidsizlik tashkil etardi. Milliy o‘zlikni - anglashning tiklanishi dunyoda yangi o‘z o‘rnini anglash, o‘zini urushga sababchisi deb his etish muammolarini hal etish juda qiyin edi. Fuqarolik boshqaruv organlarini shakllantirish nihoyatda murakkablashgan edi. Aholi katta qismining siyosiy faolligi juda past edi. Ilgarigi amaldorlar va siyosatchilarning katta qismi natsistlar bilan aloqada bo‘lganlikda ayblanib ijtimoiy lavozimlardan chetlashtirildi. Fransiya va Italiyadagi kabi yangi boshqaruv organlarini tuzish masalasida kelisha olmas edilar. 1945 yilning oktabridayoq AQSH ma’muriyati Potsdam konferensiyasi qarorlari asosida nemis Markaziy boshqaruvlarini yaratish masalasini qo‘ydi. Ammo bu takliflarga Germaniyani butunlay markazsizlantirish (detsentralizatsiya) tarafdori bo‘lgan Fransiya qat’iy qarshilik qildi. Fransiya vetosiga qarshilik ko‘rsata olmagan AQSH 1945 yil noyabrida INKga ikki yoki uch mintaqa uchun markaziy boshqarmalar yaratish to‘g‘risidagi taklifni kiritdi. Fransiya bilan do‘stona munosabatlarni saqlab qolishga intilayotgan va AQShga shubha bilan qaraydigan Sovet tomoni AQSH taklifini Germaniyaning to‘rt tomonlama boshqarilishi tamoyilining buzilishi va unga barham berishga qaratilgan qadam deb baholadi. Tiklanish jarayonini boshqarish to‘liq okkupatsion hukumatlar ixtiyorida qoldi. Germaniyadagi Sovet Harbiy Ma’muriyati (GSHM) faoliyati aholining moddiy ta’minoti va sanoat jihozlari, iste’mol mollari, transport va xom ashyoni tovon hisobiga olish muammolarni birgalikda hal qilish zarurati tufayli murakkablashdi. Germaniya hududidan 22 ming vagon “xo‘jalik mollari”, 73 ming vagon “uy-joy mollari”, jumladan, 154 vagon matolar va mo‘ynalar va hattoki 24 vagon musiqa asboblari olib chiqib ketildi. SSSRga 2 million bosh qoramol olib ketildi. 3474 ta sanoat va xo‘jalik obyektlarida sanoat jihozlari demontaj qilindi. Faqatgina 1947 yil yanvaridan boshlab, demontajni to‘xtatish va yirik korxonalarda sovet hissadorlik jamiyatlarini yaratish va ularda ishlab chiqarilgan mahsulotni reparatsiya (tovon) hisobiga undirishga qaror qilindi. GSHM ofitserlari tajribaga ega emas edilar va qattiq boshqaruv metodlari hamda tartiblashgan xo‘jalik tizimini joriy qilishdi. GSHM tarkibida Xavfsizlik Xizmati hamda Tashviqot va Senzura Boshqarmasi asosiy o‘rinni egalladi. Sharqiy Germaniyada NKVD (Ichki Ishlar Xalq Komissariyati) va SMERSH (?) ham faollik ko‘rsatishdi. G‘arbiy okkupatsion mintaqalardan farqli o‘laroq, Sharqiy Germaniyada tezda nemis boshqaruv organlari tashkil qilindi. Ammo ularning faoliyati to‘la sovet ma’muriyati tomonidan belgilanar edi. 1945 yil oxiridan boshlab sovet mintaqasida iqtisodiy islohot o‘tkazish bo‘yicha faol qadamlar tashlandi. Harbiy yoki natsist jinoyatchi deb tan olingan shaxslardan sanoat korxonalarni musodara qilish nihoyatda keng tarqaldi. GSHM musodara qilingan korxonalar taqdirini belgilash maqsadida referendumlar o‘tkazdi, ular natijasida bu korxonalar xalq mulki deb e’lon qilindi. Shunday qilib, Sharqiy Germaniya sanoatining 60% i iqtisodiyotning davlat sektori ixtiyoriga o‘tdi. Bu sektor faoliyati rejalashtirish tamoyillari asosida va zavodlardagi kengashlar va kasaba uyushmalariga o‘z-o‘zini boshqarish bo‘yicha keng huquqlar berish bilan amalga oshirilardi. 1945-1946 yillarda agrar islohot ham o‘tkazildi. Yunkerlar va bauerlardan musodara qilib olingan 3,3 mln. gektar yer, ulardagi xo‘jalik inshootlari, chorva va 6 mingta traktorlar bilan birgalikda 560 mingta yersiz va kam yerga ega bo‘lgan dehqonlarga bo‘lib berildi. Bu yerlar Sharqiy hududlardagi agrar yerlarning 33 %ini tashkil etardi. Ularda dehqonlarning o‘zaro yordam obhina birlashmalari tuzila boshlandi, 1949 yilda esa islohot davomida dehqonlarga berilgan yerlar hamma yerlar xalq mulki deb e’lon qilindi va jamoa xo‘jaliklar (“xalq mulklari”) tuzish uchun asos bo‘ldi. G‘arbiy mintaqalardagi iqtisodiy o‘zgarishlar boshidan boshqacha tus oldi. Vayronalarning Sharqiy hududlarga nisbatan kamligiga qaramasdan aholi ahvoli bu yerda yomonroq edi. Urushning oxirgi oylari davomidayoq Germaniya janubida qochoqlar to‘plana boshlagan edi. Sovet mintaqasidan chiqqan muhojirlar Chexoslovakiya, Vengriya va Polshadan chiqqan qochoqlar ham shu yerga kelishayotgan edi. Agar 1945 yilda Sharqiy Germaniyada aholi 17 mln. nemisdan iborat bo‘lsa, ular g‘arbiy yerlarda 44 mln.ni tashkil etardi. Keyinchalik bu farq yanada kattalashdi. Nemis aholisining og‘ir ahvoli G‘arbiy ma’muriyatni mahsulotlar va sanoat jihozlarni tovon hisobiga undirishdan voz kechish hamda nemis ishchilariga oylik maoshi to‘lanishini kafolatlashga majbur etdi. Bepul nemis sanoat mahsulotlarning oqimi “o‘ta qizishgan” AQSH iqtisodiyoti uchun dempingni keltirib chiqarishi ham muhim edi. Shuning uchun G‘arbiy zonalardan asosan xom ashyo hamda ilmiy laboratoriyalar va texnika markazlaridagi maxsus qurilmalar olib ketilar edi. Umuman, urush oqibatida G‘arbiy Germaniyaning iqtisodiy salohiyatining qisqarishi urushdan oldingi davrning 20%ini, demontajlar oqibatida esa 12%ini (Sharqiy Germaniyada mos ravishda 45 va 25%) tashkil etdi. G‘arbiy mintaqalardagi okkupatsion hukumatlar avvaliga iqtisodiy tadbirlarning aniq rejasiga ega emas edilar. Uchala mintaqada harbiylar va natsist-jinoyatchilarning mulkini musodara qilish bo‘yicha choralar amalga oshirildi. Ammo u yoki bu mintaqa doirasida biror-bir markazlashgan boshqaruv tuzilmalarini shakllantirish va milliylashtirish bo‘yicha tayyorlangan loyihalar amalga oshirilmadi. Bundan tashqari eng yaxshi ta’minlangan AQSH soldat va ofitserlari uchun “qora bozor”ning saqlanishi qulay edi. Okkupatsion hukumatlarning barqarorlikni shakllantirish bo‘yicha turlicha qarashlarga ega ekanliklari 1946 yil mayida Parijda bo‘lib o‘tgan Tashqi Ishlar Vazirlari Kengashi (TIVK) sessiyasida oshkor bo‘ldi. Unda na Germaniya bilan sulh shartnomasi tuzishning umumiy tamoyillari, iqtisodiy o‘zgarishlarning yagona rejalari ishlab chiqilmadi. Tezda bosib olingan mamlakatni parchalashi ham urinishlar bo‘lib o‘tdi. bunga mintaqalararo olib sotarlik avj olganligi bahona bo‘ldiki, uning davomida doimiy oylik maoshi bilan ta’minlangan g‘arbiy mintaqada yashovchilar Sovet zonasidan arzonroq mahsulotlar va oziq-ovqatni sotib olardi. To‘rttala tomon ma’muriyati roziligi bilan 1946 yil 30 iyunida Sovet va g‘arbiy mintaqalar o‘rtasidagi chegarada odamlar va mahsulotlar oqimi ustidan qattiq nazorat o‘rnatildi. 1946 yil yozidan boshlab Germaniyadagi ahvol keskinlasha boshladi. Iyul oyida AQSH davlat departamenti ma’muriy boshqaruv samaradorligini oshirish maqsadida AQSH va Britaniya okkupatsion mintaqalarini birlashtirish to‘g‘risidagi istagini e’lon qildi. “Iqtisodiy birlashgan mintaqa” (Bizoniya) tuzish to‘g‘risidagi kelishuv 1946 yil dekabrida imzolandi. Birlashgan okkupatsion mintaqalar doirasida iqtisodiy infratuzilmani, iste’molchi bozorini, barqarorlashgan mehnat bozorini tiklashga qaratilgan tartibga solingan siyosat amalga oshirila boshlandi. Bu jarayonda allaqachon nemis boshqaruv organlari, jumladan L.Erxard rahbarlik qilayotgan iqtisodiy Kengash muhim rol uynadi. Bu choralarning hammasi GSHM roziligisiz amalga oshirildi. Germaniya Sharqiy va G‘arbiy yerlardagi siyosiy o‘zgarishlar ham keskin farq qila boshladi. avvaliga bu jarayon Potsdam kelishuvlari doirasida ro‘y berdi. Keyinchalik, NSDAP (?) va uning “docherniye organizatsii”, Germaniya qurolli kuchlari, ofitserlar korpusi, yarim harbiy tashkilotlar tarqatib yuborildi. Siyosiy faoliyatga aralashish va fuqarolik lavozimlarga egalik qilish faqat siyosiy va ma’naviy sifatlarga ko‘ra Germaniyada demokratiyani rivojlantirishga yordam bera oluvchi shaxslarga ruxsat etildi. Fuqarolik, irqiy, milliy tenglik tamoyillari asosida sud tizimi qayta tashkil qilindi. 1945 yil noyabri 1946 yil oktabrida Nyurnbergdagi xalqaro tribunal faoliyat ko‘rsatdi. Uning davomida natsist va harbiy jinoyatchilar javobgarlikka tortildi. Denatsifikatsiya (milliysizlantirish) bo‘yicha mahalliy nemis komissiyalari (shpruxkemmer) tashkil qilindi. Ular ittifoqchilarning tribunallari bilan birgalikda ayblanuvchilarning aybdorlik darajasini aniqlardi. Bunday jinoiy ishlarning hammasi bo‘lib besh toifasi ajratildi: (“asosiy jinoyatchilar”, “jazo yuklanganlar”, “jazo bilan kamroq yuklanganlar”, “hamtovoqlar” va “teginmaganlar”). Jinoiy javobgarlik faqat birinchi toifa uchun belgilandi, shuning uchun ayblanuvchilarning 95%i oqlandi va qisman huquqlardan mahrum qilindi. Milliysizlantirish va demokratlashtirish jarayoni yangilangan nemis siyosiy elitasining shakllanishi bilan birgalikda ro‘y berdi. G‘arbiy va Sharqiy mintaqalarda partiya qurilishi o‘ziga xos xususiyatlarga ega bo‘ldi. Sovet ma’muriyati 1945 yilda Sharqiy Germaniya yerlarida 4 ta partiya faoliyat ko‘rsatishiga ruxsat berdi: Germaniya kommunistik partiyasi (GKP), Germaniya sotsial-demokratik partiyasi (GSDP), Xristian-demokratik ittifoq (XDI), Germaniya liberal-demokratik partiyasi (GLDP). 1948 yildayoq GSHM yordami bilan milliy-demokratik partiya (MDP) va Demokratik dehqonlar partiyasi (DDP). Bu partiyalar so‘l blokning ijtimoiy bazasini to‘ldirishlari kerak edi. GSHM yordami bilan kommunistlar yangi politsiya va sud prokratura organlari uchun yangi kadrlar tanlash uchun imtiyozga ega bo‘lishdi. Ta’lim tizimini tubdan isloh qilish, ijodkor ziyolilar faoliyatini nazorat qilishda hal qiluvchi rol o‘ynar va agrar islohot tashabbusi bilan chiqdi. GKP rahbariyatida ortodoksal mafkuraviy tamoyillarni va Germaniyada sotsializm qurishni yoqlovchi Valter Ulbrixt rahbarligidagi kuchli so‘l-radikal qanot mavjud edi. GKP rahbari Vilgelm Pik pozitsiyasi yumshoqroq bo‘lib, 1945-1946 yillarda u partiyani butun nemis davlati doirasida parlamentar demokratik respublika yaratishga yo‘naltirishni yoqladi. GSDPdagi so‘l-radikal va mo‘tadil oqimlar o‘rtasidagi kurash yanada keskinroq edi. Ulardan birinchisi O.Groteval rahbarlik qilayotgan Berlin Markaziy qo‘mitasi boshqarsa ikkinchisini Britaniya mintaqasi qo‘llab-quvvatlashiga suyanuvchi K.Shumaxer boshqarayotgan partiyaning (GSDP) Gonnaverdagi byurosi boshqarardi. GSDP rahbariyati kommunistlar bilan qo‘shilish va yagona Germaniya so‘l partiyasini tuzish tarafdori edi. Bu yo‘nalish 1946 yil aprelida GKP va GSDP birlashtiruvchi syezdida tantana qildi. Yangi partiya Germaniya yagona sotsialistik partiyasi (GYASP) deb nomlandi. Uning dasturi dolzarb iqtisodiy muammolarni hal qilish “ekspluatatsiya va zulm, qashshoqlik, ishsizlik va imperializm tahdididan xolos bo‘lish”ga, istiqbolli rejasi sotsializm qurishga qaratilgan edi. GYASPning ikki teng huquqli rahbarlari V.Pik va O.Groteval bo‘lishdi. Yagona ishchilar partiyasining rejalarini qo‘llab-quvvatlamagan GSDP a’zolari yangi partiya safidan chetlashtirildi. Shumaxer guruhi birlashtiruvchi syezd natijalarini tan olmadi. O‘ng sotsial-demokratlar 1946 yil mayida Gonnaverdagi syezdda GSDPni qayta tiklashdi. Shumaxer kommunistlar va ularga qo‘shilgan sotsial demokratlarga nisbatan qattiq pozitsiyani egalladi va ulardan birini “sovet partiyasi”, ikkinchisini “nemis milliy manfaatlari sotqinlari” deb atadi. Sharqiy yerlarda faoliyat ko‘rsatishdan voz kechgan GSDP, Oder-Neysedan o‘tgan chegarani qayta ko‘rib chiqish va hamma okkupatsion zonalarda tovon to‘lovlarini bas qilishni talab qilardi. Shumaxer ayirmachilikning ashaddiy dushmani edi va yagona, mustaqil nemis davlati tarafdori edi. Ammo urushdan keyingi sharoitda Sovet harbiy-siyosiy ta’siridan qutulish uchun hattoki mamlakat parchalanishiga ham tayyor edi. Ichki siyosat bobida GSDP o‘rta radikal pozitsiyani egalladi va burjuaziyani to‘la EKSPROPRIATSIYA qilib “sotsializmni joriy etish”ga harakat qildi. Shumaxerning o‘zi natsistlar lagerida 10 yilni o‘tkazgan murosasiz antifashist sifatida juda mashhur edi. GYASP ning tashkil etilishi va bir vaqt ro‘y bergan Germaniyada sotsial-demokratik harakatning parchalanishi G‘arbda ham kommunistik harakat o‘ziga xos bo‘lishiga sabab bo‘ldi. G‘arbdagi okkupatsion hukumatlar GYASP bayrog‘i ostida yagona kommunistik va sotsial-demokratik tashkilotlar tuzishni taqiqlab qo‘yishdi. 1948 yil aprelida G‘arbiy Germaniya kommunistik tashkilotlari Maks Reyman rahbarligida o‘z rahbariyatini sayladi. GKPning GYASPdan to‘liq ajralib chiqishi 1949 yilning 3 yanvarida ro‘y berdi. Germaniyaning urushdan keyingi siyosiy elitasida xristian demokratlar muhim o‘ringa ega bo‘ldi. Germaniya ko‘p asrlik xristian siyosiy harakati an’analariga ega edi. Ammo Veymar respublikasida na “Markaz” katolik partiyasi, na protestant nemis xalq partiyasi yetakchi pozitsiyaga ega bo‘la olmagan edi. Ahvol 30-yillarga kelib o‘zgara boshladi. Unda cherkov natsistik Germaniyada yetakchi muxolifot kuchlaridan biriga aylandi. Ikkinchi jahon urushi tugagandan so‘ng nafaqat Germaniya, balki Italiya, Avstriya, Fransiya, Gollandiya, Belgiyada ham xristian-demokratik harakatning birlashuvi ro‘y berdi. Xristian demokratiyasi mafkuraviy sintez asosida rivojlandi: davlat qurilishi to‘g‘risidagi liberal-demokratik qarashlar ijtimoiy katolitsizm, “taraqqiyotning uchinchi yo‘li” mafkurasi bilan qorishib ketgan edi. Ijtimoiy katolitsizmning korporativ g‘oyalaridan voz kechgan xristian demokratiyasi ijtimoiy birdamlik qadriyatlari, jamiyatni yagona o‘zaro bog‘langan organizm deb qarash, insonni Xudo tomonidan yaratilganligini tan olish, insonning o‘z vijdoni va Xudo oldida javobgarligi g‘oyalariga asoslanar edi. Xristian demokratik partiyalar klerikalizmda voz kechib, xristianlikni siyosatning atigi ma’naviy-axoqiy asosi deb hisoblar va jamiyatning yangilanishi va insonparvarlik g‘oyalarini yoqlar va o‘z dasturlarini pragmatizm asosida tuzar edilar. Konservativ-an’anaviy qadriyatlar (intizom, barqarorlik, davlat, oila, millat) ularning dasturlarida erkin bozorni rag‘batlantirish, shaxs huquq va to‘la erkinligini ta’minlashga qaratilgan neoliberal qarashlar bilan mujassamlashgan edi. Germaniya uchun xristian-demokratiyasining uyg‘onishi, nihoyatda muhim edi. Xristian demokratiyasi, vayronaga aylangan, o‘z o‘tmishidan hafsalasi pir bo‘lgan va kelajakka umidsizlik bilan qarayotgan mamlakatda yuzaga kelgan ma’naviy bo‘shliqni to‘ldira oldi, milliy g‘oya haqqoniyligini saqlab qoldi, yangi qadriyatlarga samoviy qarashlarni shakllantirdi. XDIning umumgermaniya tashkiloti 1945 yil yunida Berlinda tashkil qilindi. Uning rahbari Andros Germes tezda sovet ma’umriyati tazyiqi ostida o‘z lavozimini tark etishga majbur bo‘ldi. Uning o‘rnini kasaba uyushmalari rahbari Yakov Kayzer egalladi. XDI sovet zonasida iqtisodiy o‘zgarishlarni amalga oshirish masalalarida so‘l partiyalarga faol raqibga aylandi. GYASB tashkil qilingandan so‘ng xristian demokratlar yanada radikal pozitsiyani egallashdi. 1947 yil oktabrida Berlinda bo‘lib o‘tgan XDIning 2-syezdida Kayzer partiyani “dogmatik markaizm va uning totalitar (mustabid) qarashlariga qarshi VOLNOREZga aylantirishga zarurati haqida gapirdi. Kayzer josuslikda ayblandi. Ta’qiblar ostida Kayzer va uning bir qator hamkasblari G‘arbiy Germaniyaga ketishga majbur bo‘lishdi. butun Sharqiy Germaniya patiyasiga aylangan XDI rahbari O.Nushke bo‘ldi. G‘arbiy Germaniya xristian demokratiyasi rahbari 1933 yilda natsistlar tomonidan o‘z vazifasidan ozod etilgan va keyinchalik AQSH tomonidan shahar ozod qilinganda qayta saylangan sobiq Keln shahri meri Konrad Adenauer bo‘ldi. Keln Britaniya okkupatsion zonasiga o‘tganidan so‘ng Adenauer yana vazifasidan ozod qilindi. Britaniya hukumati Shumaxerga yon bosar, konservativ g‘oyalari va Germaniya tiklanishi g‘oyalari bilan mashhur bo‘lgan tajribali va talabchan Adenauerga ishonmas edilar. Adenauer 1945 yil 2 sentabrida Kelndagi syezdda tashkil etilgan g‘arbiy yerlar XDIsiga rahbar etib saylandi. AQSH hukumati yordami bilan u obro‘li jamoat arboblari va yirik siyosiy guruh vakillaridan o‘z partiyasi yadrosini shakllantira boshladi. U partiya qurilishining “aktivistlar” modelidan voz kechdi. XDI taktikasi saylovchilarning iloji boricha keng doirasi qo‘llab-quvvatlashiga erishish va bu asosda yangi demokratik davlatchilikning ijtimoiy asosini shakllantirishga asoslangan edi. XDI “barcha xristianlar” va “barcha qatlamlar” birlashmasi, ya’ni barcha ijtimoiy guruhlar hamda ikkala xristian konfessiyaning manfaatlarini himoya qiluvchi partiya deb qaralardi. Shu bilan birga Adenauer XDIning qat’iy antikommunistik yo‘nalishini ta’kidlab, ham natsistik, ham marksistik mafkuraviy ekstremizmni inkor etardi. G‘arbiy mintaqalardagi okkupatsion hukumatlar tomonidan XDIning qo‘llab-quvvatlanishi 1946 yilning oxiridan, ittifoqchilar munosabatlarda uzoqlashish o‘sib borishi, Germaniyaning parchalanishi tobora yaqqol bo‘lib borayotgan davrda kuchayib boshladi. Adenauer G‘arbiy Germaniya davlatini tuzish g‘oyasini ochiqchasiga qo‘llab-quvvatlovchi nemis siyosatchilaridan biri edi. Adenauer nemis ruhiga ishonmas, prusscha an’analarni ko‘rar ko‘zi yo‘q va G‘arb sivilizatsiyasi doirasida Germaniya buyukligini tiklashni orzu qilardi. Adenauer Reynlik ayirmachidan oldin Germaniya, keyinchalik Yevropa birlashishi g‘oyasining faol himoyachisiga bo‘lgan yo‘lni bosib o‘tdi. Bunday siyosatni amalga oshirishda 1946 yilda Katolik xristian partiya (keyinchalik konfessiyalararo) sifatida Bavariyada tashkil topgan Xristian Ijtimoiy Ittifoqi (XII) ishonchli ittifoqchiga aylandi. XII rahbari Frans-Yozef Mtraus bo‘ldi. Xristian demokratiyaning umumiy tamoyillarini Adenauerning siyosiy dasturini yoqlagan XII rahbariyati o‘z faoliyatida mustaqillikni saqlab qolishga intilar edi. Boshqa G‘arbiy Germaniya yerlarida xristian demokratik harakatning birlashishi 1947 yilda ro‘y berdi. Partiyaning umumiy dasturi fevral oyida qabul qilingan Britaniya zonasidagi XDIning Alen dasturi bo‘ldi. Liberal yo‘nalishdagi siyosiy partiyalar urushdan keyingi davrda Germaniyada so‘llar va xristian demokratlar kabi mustahkam partiyaga ega bo‘la olmadi. Liberal-demokratik partiya sharqiy zonada 1945 yildayoq tashkil qilindi, ammo Sovet ma’muriyatining qattiq tazyiqi ostida butun Germaniyaga o‘z ta’sirini tarqata olmadi. 1946 yilning boshidan G‘arbiy zonalarda liberallarning mustaqil siyosiy harakati shakllana boshladi. Bu harakat asosida 1948 yilning dekabrida Erkin demokratik partiya (EDP) tashkil topildi. Uning rahbari Teodor Xeys edi. EDPning dasturiy yo‘nalishlari avvaliga nihoyatda eklektik xarakterga ega edi. Ulardan milliy-liberal g‘oyalar va klassik liberal-demokratik qadriyatlar birlashgan edi. EDP siyosatning ham konfessionallashtirishi, ham etatizatsiyasiga (davlatlashtirilishi) qarshi chiqib xristian demokratik blokka va GSDPga raqib bo‘ldi. 1946 yilda bo‘lib o‘tgan yer hukumatlari (landtag)ga saylovlar Germaniyadagi yetakchi siyosiy kuchlar deyarli tang ekanligini namoyish etishdi.Hattoki sovet zonasida ham saylovlar demokratik muhitda o‘tkazildi. Bu yerda GYASP landtaglar va yerlar hukumatlari tarkibida GLDP va XDIlar birgalikda egallagan mandatlar soniga teng mandatlarga ega bo‘ldi. G‘arbiy zonalarda xristian-demokratlar 6 ta, sotsial-demokratlar 5 ta yer hukumatlariga ega bo‘lishdi. Ammo tezda Sharqiy va G‘arbiy Germaniya siyosiy elitalarining o‘ziga xosligi namoyon bo‘la boshladi. Bunga okkupatsion hukumatlarning to‘g‘ridan-to‘g‘ri aralashuvidan tashqari nemis jamiyatining o‘zini mintaqaviy xususiyatlari ta’sir qildi. Shimoliy va Sharqiy Germaniya bir necha o‘n yillar davomida ishchilar harakatining yaxshi tashkil qilinganligi, Germaniya hududida kommunistlarning ta’siri eng kuchli bo‘lgan hudud sifatida ajralib turardi. Tarixan bu yerda ijtimoiy hayotda davlat boshqaruvining katta ahamiyatga ega bo‘lishi, “prusscha psixologik xususiyat”- siyosiy va ijtimoiy faoliyatning markazlashgan shakllariga moyillik, harbiy va davlat xizmatiga hurmatga qaratilgan Lyutercha siyosiy madaniyat ustun edi. Aynan shu mintaqa nemis tuprog‘ida sotsialistik tuzumning rivojlanishi uchun eng tabiiy tayanch bo‘ldi. G‘arbiy va Janubiy Germaniya tarixan ayirmachilik harakatlari va katolitsizm hukmronlik qilgan mintaqa edi. Reyn va Bovariya nemislari o‘ziga xos etnopsixologik xususiyatlarga egaki, bu xususiyatlar ularni nemis millatining etnik asosidan ajratib turadi. Muhojirlar va qochoqlarning ommaviy oqimi ham nemis jamiyati va siyosiy elitasining qutblanishiga ta’sir ko‘rsatdi. Kommunistik tahdidga ko‘nikishni xohlamaydigan ko‘pgina nemislar G‘arbiy yerlarga qochib ketishdi. Kanslagerlar va muhojirlikdan qaytgan kommunistlar va so‘l sotsialistlar, albatta mamlakat sharqida to‘planayotgan edi. Download 1 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling