Erkin oyoq skleti suyaklari


 Oyoqning erkin qismi suyaklarining birlashuvi


Download 310.36 Kb.
Pdf ko'rish
bet8/12
Sana23.04.2023
Hajmi310.36 Kb.
#1392806
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
ERKIN OYOQ SKLETI SUYAKLARI

6. Oyoqning erkin qismi suyaklarining birlashuvi 
Chanoq-son bo‘g‘imi (articulatio coxae 55-rasm) chanoq suya-gining quymich 
kosachasi bilan son suyagi boshchasining bir-lashishidan hosil bo‘ladi. Tuzilishi 
jihatidan chanoq-son bo‘g‘imi oddiy, shakl jihatidan sharsimon bo‘g‘imlarning bir turi 
– kosasi-mon bo‘g‘imdir. Quymich kosachasining chekkasiga birikkan tola-li 
tog‘aydan tuzilgan tog‘ay halqa lab uning bo‘g‘im yuzasini oshi-rib turadi. Uning bir 
qismi quymich kosachasining pastki che-tidagi o‘ymaning ustidan o‘tib, quymich 
kosachasining ko‘nda-lang boylamini hosil qiladi. Chanoq-son bo‘g‘imining o‘ziga 
xos xususiyatlaridan biri quymich kosachasi o‘rtasidagi chuqurchadan bosh lanib, son 
suyagi boshidagi chuqurchaga birikkan son suyagining boshchasidagi boylamidir. Bu 
boylam orqali chanoq suya-gidan son suyagining boshchasiga arteriya o‘tib, uni 
oziqlantira-di. Chanoq-son bo‘g‘imining xaltasi chanoq suyagining quymich 
kosachasi chekkasi bo‘ylab biriksa, son suyagining old tomoni-da ko‘stlararo chiziq 


bo‘ylab, orqa tomonda esa ko‘stlararo qirra-dan ichkariroqqa birikadi. Bo‘g‘im 
xaltasini tash qi tomondan uch-ta boylam mustahkamlab turadi. Ulaming eng kuchlisi 
yonbosh-son boylami bo‘lib, bo‘g‘imning old tomonida yotadi. Bu boylam yonbosh 
suyagining oldingi pastki o‘tkir o‘sig‘ining oldingi chek-kasidan boshlanib pastga 
yo‘naladi va ko‘stlararo chiziqqa birika-di. Qov-son boylami uchburchak shaklida 
bo‘lib, uning keng aso-si qov suyagining ustki shoxidan boshlanib, uchi ko‘stlararo 
chizi-qning ichki chekkasiga birikadi. Quymich-son boylami nisbatan yup qa bo‘lib 
bo‘g‘imning orqa yuzasida joylashgan. U quymich suyagi tanasidan bosh lanib, katta 
ko‘stga birikadi. Bundan tashqa-ri son suyagining bo‘ynini sirtmoq kabi o‘rab, 
yonbosh suyagining oldingi pastki o‘sig‘iga birikuvchi aylanma belbog‘ boylami 
ham bor. Chanoq-son bo‘g‘imida harakat uch o‘q atrofida sodir bo‘lsa-da, sharsimon 
bo‘g‘imga nisbatan biroz chegaralangan. Frontal o‘q atrofida chanoq-son bo‘g‘imida 
son bukiladi va yoziladi, sagittal o‘q atrofida son bir-biridan uzoq lashadi va 
yaqinlashadi. Verti-kal o‘q atrofida esa son ichkariga va tashqariga buriladi va aylan-
ma harakat sodir bo‘ladi. Chanoq-son bo‘g‘imida harakatni che-garalashda, uning 
atrofida joylash gan kuchli mushak guruhlarining ahamiyati katta. 

Download 310.36 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling