Erkin oyoq skleti suyaklari
Download 310.36 Kb. Pdf ko'rish
|
ERKIN OYOQ SKLETI SUYAKLARI
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ponasimon suyaklar
- Kubsimon suyak
- Oyoq kafti suyaklari
- (ossa digitorum)
Qayiqsimon suyak (os naviculare) medial tomonda oshiq suyak bilan uchta ponasimon
suyaklar o‘rtasida joylashgan. Uning proksimal botiq yuzasi oshiq suyak boshchasi bilan birlashadi. Distal yuzasi uch qismga bo‘lingan bo‘lib, ponasimon suyaklar bilan bi-rikadi. Suyakning ichki chekkasida orqa katta iamet mushagi bi-rikadigan qayiqsimon suyak g‘adir-budurligi bor. Ponasimon suyaklar (ossa cuneiformia) oyoq kaftining medial chekkasida qayiqsimon suyak bilan I–III kaft suyaklari o‘rtasida o‘rnashgan. Ularning eng kattasi medial ponasimon suyak I kaft suyagi aso-si bilan, oraliqdagi ponasimon suyak II kaft suyagi bilan, lateral ponasimon suyak III kaft suyagi bilan bo‘g‘im hosil qiladi. Kubsimon suyak (os cuboideum) lateral tomonda tovon suyagi bilan IV–V kaft suyaklari o‘rtasida joylashgan bo‘lib, ular bilan birlashadigan bo‘g‘im yuzalari bor. Bundan tashqari uning medial tomonida tashqi ponasimon suyak bilan birlashadigan bo‘g‘im yuzasi mav jud. Kubsimon suyakning pastki tomonida kubsimon suyak g‘adir-budurligi, uning oldida uzun kichik iamet mushagi payining egati joylashgan. Oyoq kafti suyaklari (ossa metatarsi) 5 ta kalta naysimon suyakdan iborat. I kaft suyagi qisqa va yo‘g‘on, II kaft suyagi esa eng uzun. Oyoq kafti suyaklarida tanasi, boshchasi va asosi tafo-vut qilinadi. Ularning tanasi prizma shaklida, qavariqligi kaft us-tiga qaragan. I kaft suyagining asosi medial ponasimon suyakda-gi bilan, II va III kaft suyaklari asosi oraliq va lateral ponasi-mon suyaklari bilan, IV va V kaft suyaklari asosi esa kubsimon suyak bilan bo‘g‘im hosil qiladi. V kaft suyagining tashqi tomo-nida qisqa kichik iamet mushagi birikadigan V oyoq kafti suyagi-ning do‘ngligi joylashgan. Barmoq suyaklari (ossa digitorum) qo‘lga nisbatan qisqa va yo‘g‘on. II–V barmoqlar uchta (proksimal, o‘rta va distal), I bar-moq esa ikki: proksimal va distal falangalardan iborat. Barmoq falangalarining tanasi, boshchasi va asosi tafovut qilinadi. Proksi-mal va o‘rta falangalarning tanalari kaft orqasi tomonga biroz qa- vargan. Proksimal falangalarning asosida kaft suyagi boshchasi bi-lan bo‘g‘im hosil qiladigan yassilashgan chuqurcha, o‘rta va distal falangalarning asosida undan yuqorigi falanga bilan bo‘g‘im hosil qiladigan, qirra bilan bo‘lingan ikkita yassi yuza bor. Distal falan-galarda do‘nglik mavjud. Download 310.36 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling