Erkin oyoq skleti suyaklari
Download 310.36 Kb. Pdf ko'rish
|
ERKIN OYOQ SKLETI SUYAKLARI
- Bu sahifa navigatsiya:
- Quymich suyagi
- 3. Oyoqning erkin qismi suyaklari Oyoq skeletining erkin qismi son suyagi
Qov suyagi (os pubis) quymich kosachasining oldingi qismini hosil qiluvchi
kengaygan tanasi va ikki: qov suyagining ustki va pastki shoxidan iborat. Ustki shox suyak tanasidan oldinga qarab yo‘nalgan, unda yonbosh va qov suyaklarining birikkan chiziq-da joylashgan yonbosh-qov tepachasi bor. Yuqori shoxning me-dial uchiga yaqin joyda qov do‘mboq chasi bor. Ustki shoxning or-qa chekkasi bo‘ylab qov qirrasi joylashgan. Ustki shoxning oldingi qismi bukilib pastki shoxga o‘tadi. Bu sohada qarama-qarshi suyak bilan birikadigan oval shakldagi simfizial yuzasi bor. Quymich suyagi (os ischii) quymich kosachasini pastki qismini hosil qilishda qatnashadigan kengaygan tanasi va quymich suya-gining shoxidan iborat. Tanasi shoxga burchak hosil qilib o‘tgan yerda, quymich do‘ngligi bor. Undan yuqoriroqda suyak tanasining orqa chekkasidan chiqqan quymich suyagining o‘tkir o‘sig‘I katta quymich kemtigini kichik quymich kemtigidan ajratib tura-di. Quymich suyagi shoxi qov suyagining pastki shoxi bilan birikib yopqich teshikni hosil qiladi. 3. Oyoqning erkin qismi suyaklari Oyoq skeletining erkin qismi son suyagi, tizza qopqog‘I, older su yaklari va oyoq panjasi skeletidan tashkil topgan. Son suyagi (femur, 50-rasm) odam organizmidagi eng uzun va katta naysimon suyak. Uning tanasi, yuqori va pastki uchlari ta-fovut qilinadi. Son suyagining yuqori uchida chanoq suyagi sirka kosachasi bilan bo‘g‘im hosil qiladigan sharsimon son suyagining boshcha-si bor. Bosh chaning bo‘g‘im yuzasi yuqoriga va medial tomonga qaragan. Uning o‘rtasida son suyagi boshchasining chuqurchasi bo‘lib, unga son suyagi boshchasidagi boylam birikadi. Son suyagining bo‘yni suyak tanasiga 130° o‘tmas burchak hosil qilib qo‘shilgan. Suyak bo‘yni bilan tanasi o‘rtasida mu-shaklar birikadigan ikkita ko‘st bor. Katta ko‘st yuqori va late-ral joylashgan bo‘lib, uning medial yuzasida mushaklar birikadi- gan ko‘st chuqurchasi bor. Kichik ko‘st suyak bo‘ynining pastki chekkasida orqaroqda va medialroq joylashgan. Ko‘stlar old tomondan o‘zaro ko‘stlararo chiziq, orqa tomondan esa ko‘stlararo qirra vositasi-da birikib turadi. Son suyagi tanasi oldinga qarab biroz bukilgan silindrsimon shaklda, oldingi yuzasi silliq. Suyak tanasining orqasida g‘adir-budir chiziq bo‘lib, u medial va lateral lablarga ajragan. Lablar suyak tanasining o‘rta qismida bir-biriga yaqin tursa, yuqoriga va pastga yo‘nalib bir-biridan ajraladi. Yuqoriga qarab lablar katta va kichik ko‘stlar tomonga yo‘naladi. Lateral lab kengayib katta dumba mushagi birikadigan dumba g‘adir-budirligini hosil qilsa, medial lab taroqsimon chiziqqa o‘tib ketadi. Past ga tomon ikkala lab bir-biridan uzoq lashib, uchburchak shaklidagi taqim yuza sini chegaralaydi. Son suyagining pastki (distal) uchi kengayib, ikki-ta yumaloq do‘nglik hosil qiladi. Medial do‘nglik lateralidan kat-taroq. Ular orqa tomonda o‘zaro do‘nglar orasidagi chuqurcha bilan ajrab turadi. Do‘nglarning yon tomonida medial va late-ral do‘ng usti do‘mboqchasi ko‘rinib turadi. Do‘nglarning oldingi yuza lari o‘rtasida tizza qopqog‘I yuzasi bor. Har bir do‘ng usti do‘mboqchasi sohasida do‘ng usti chiziqla-ri bor. Lateral do‘ng ustidagi do‘mboqcha sohasida taqim egati joylashgan. Download 310.36 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling