Erkin oyoq skleti suyaklari


Download 310.36 Kb.
Pdf ko'rish
bet7/12
Sana23.04.2023
Hajmi310.36 Kb.
#1392806
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
ERKIN OYOQ SKLETI SUYAKLARI

Butun chanoq 
Chanoq suyaklari va dumg‘aza, dumg‘aza-yonbosh bo‘g‘imi va qov simfizi 
vositasida birikib butun chanoqni (pelvis) hosil qila-di. Butun chanoq (54-rasm) 
suyak halqadan iborat bo‘lib, uning ichida ichki a’zo lar joylashadi. U ikki qismga: 


yuqorigi katta cha-noq va past ki kichik chanoqqa bo‘linadi. Ularni ko‘tarilgan joy, 
yonbosh suyagining ravoqsi mon chizig‘i, qov suyagi qirrasi va qov sim fizining ustki 
chekkasidan o‘ta digan chegaralovchi chiziq ajra-tib turadi. 
Katta chanoq orqa tomondan V bel umurtqasining tanasi, yon tomon dan yonbosh 
suyagi qanotlaridan hosil bo‘ladi. Katta cha-noq qorin bo‘shig‘lining pastki qismini 
hosil qiladi. Kichik cha-noqni orqa tomondan dumg‘aza suyagining chanoq yuzasi va 
dum suyagining oldingi yuzasi, old tomondan qov suyagining yuqorigi va pastki 
shoxlari va qov sim fizi, yon tomondan esa chanoq suya-gining quymich kosachasi 
qismlari, quymich su ya gi dumg‘aza-quymich do‘mbo g‘i va dum g‘aza-o‘tkir qirrali 
o‘simta boy lam lari hosil qiladi. 
Kichik chanoq past ga tomon toraygan suyak kanaldan iborat. Uning ustki aperturasi 
kirish qismi bo‘lib, che ga ralov chi chiziq bi-lan chegaralangan. Kichik chanoq dan 
chiqish uning pastki aper-turasi orqa tomondan dum suyagi, yon tomondan dumg‘aza-
quy-mich do‘mbog‘i boylami, quymich do‘nglig‘i, quymich suyagi shoxi, qov 
suyagining pastki shoxi, old tomondan qov simfizi bi-lan chegaralangan. Bu yerda 
joylashgan yopqich teshik fibroz par-da bilan yopilgan. 
Kichik chanoqda qovuq, to‘g‘ri ichak va ichki jinsiy a’zolar joy la shadi. Katta 
odam chanog‘ining tuzilishida jinsiy tafovut-lar yaxshi bilinadi. Ayollarning 
chanog‘i erkaklarnikiga qaragan-da keng va past, yonbosh suyagi qanotlari yon 
tomonga yoyilgan bo‘ladi. Kichik chanoqqa kirish yumaloq shaklda bo‘lib, ayollar-da 
dumg‘aza keng va qisqa bo‘ladi. Qov suyagi shoxlari o‘rtasida-gi burchak (qov ravog‘i) 
ayollarda 90° bo‘lsa, erkaklarda 70–75° dir. Akusherlik amaliyotida katta va kichik 
chanoqning o‘lchamla-ri qo‘llaniladi. 
Katta chanoq o‘lchamlari: 
1. Ikkita yonbosh suyagining oldingi ustki o‘tkir o‘siqlari orasi-dagi (o‘tkir o‘simtalar 
orasidagi) masofa (distantia interspinosa) – 25–27 sm. 
2. Yonbosh suyagi qirrasining eng chekka nuqtalari orasidagi (qirralar orasidagi) 
masofa (distantia intercristalis) – 28–30 sm. 
3. Ikkita katta ko‘st o‘rtasidagi (ko‘stlar o‘rtasidagi) masofa (dis-tantia 
intertrochanterica) – 30–32 sm. Bu o‘lchamlar erkaklarda 2–3 sm kam bo‘ladi. 


Kichik chanoqning o‘lchamlari quyidagicha bo‘ladi: 
1. Tashqi konyugata – qov simfizining ustki chekasidan ko‘taril-gan joygacha – 12 sm. 
2. Diagonal konyugata – ko‘tarilgan joydan qov simfizini pastki chekkasigacha – 12,5–
13 sm. 
3. Kichik chanoqqa kirishning to‘g‘ri o‘lchami – chin yoki gi-nekologik konyugata 
– 11 sm. Bu ko‘tarilgan joydan qov simfizini orqasiga cha bo‘lgan masofa. Uni diagonal 
konyugatadan 2 sm olib tashlash bilan aniqlanadi. 
4. Kichik chanoqqa kirishning ko‘ndalang iametric – katta va ki-chik chanoq 
o‘rtasidagi chegaralovchi chiziqning eng uzoq nuqtalari o‘rtasidagi masofa – 13 sm. 
5. Kichik chanoqqa kirishning qiyshiq iametric – dumg‘aza-yonbosh bo‘g‘imi 
bilan yonbosh-qov tepaligi o‘rtasidagi masofa – 12 sm. 
6. Kichik chanoqdan chiqishning to‘g‘ri o‘lchami (dum suyagi uchi bilan qov 
simfizining pastki chekkasi o‘rtasigacha bo‘lgan ma-sofa) ayollarda – 9–11 sm. 
7. Kichik chanoqdan chiqishning ko‘ndalang o‘lchami (quymich do‘ngining ichki 
chekkalari o‘rtasidagi masofa) – 11 sm. 

Download 310.36 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling