Erkin oyoq skleti suyaklari


Download 310.36 Kb.
Pdf ko'rish
bet9/12
Sana23.04.2023
Hajmi310.36 Kb.
#1392806
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
ERKIN OYOQ SKLETI SUYAKLARI

Tizza bo‘g‘imi 
Tizza bo‘g‘imi (articulatio genus, 56-rasm) odam gavdasidagi eng katta bo‘g‘imdir. 
U tuzilishi jihatidan murakkab, shakl jihati-dan do‘ngli bo‘g‘im turiga kiradi. Uni hosil 
bo‘lishida uchta suyak: son, katta boldir suyagi va tizza qopqog‘i ishtirok etadi. Son 
suya-gi do‘ngliklarining ellipssimon bo‘g‘im yuzasi katta boldir suyagi-ning yuqori 
bo‘g‘im yuzasini hosil qi luvchi ovalsimon botiqlikka mos kelmaydi. Shuning uchun 
bo‘g‘im yuzalari o‘rtasidagi kem-tik bo‘g‘im ichida joylashgan lateral va medial 
menisklar hisobiga to‘ldiriladi. Tizza qopqog‘ining orqa yuzasida joylashgan bo‘g‘im 
yuzasi faqat son suyagi bilan birlashadi. Har bir menisk yarim oy shaklidagi tog‘ay 
plastinkadan iborat. Uning qalin chekkasi tashqariga qaragan bo‘lib, bo‘g‘im xaltasiga 
birikkan bo‘ladi. Yupqa-lashgan ichki chekkasi esa bo‘g‘im ichiga qaragan. Medial 
menisk ingichka yarim oysimon shaklda bo‘lib, lateral menisk nisbatan keng bo‘ladi. 


Ularning uchlari do‘nglararo tepalikka boylamlar vo-sitasida birikib turadi. Old 
tomondan ikkala menisk o‘zaro tizza-ning ko‘ndalang boylami bilan birikib turadi. 
Tizza bo‘g‘imining xaltasi yupqa, erkin va keng bo‘ladi. Tiz-za bo‘g‘imi 
boylamlari bo‘g‘im sirti va bo‘g‘im ichi boylamlari-ga bo‘linadi. Bo‘g‘im ichi 
boylamlari: oldingi xochsimon boylam son suyagining lateral do‘ngligining medial 
yuzasidan boshlanib, do‘nglar orasidagi oldingi maydonga birikadi. Orqa 
xochsimon boylam son suyagi medial do‘ngligining lateral yuzasidan boshla-nib, 
do‘nglar orasidagi orqa maydonga birikadi. Tizza bo‘g‘imi-ning bo‘g‘im sirti 
boylamlari uning yon, old va orqa tomonlarida joylashib o‘ziga xos xususiyatga ega 
bo‘ladi. Bo‘g‘imning yon to-monlarida katta va kichik boldir yonlama boylamlari 
joylash gan. 
Bo‘g‘imning old tomonida tizza qopqog‘ining cho‘qqisidan bosh lanib, katta 
boldir suyagi g‘adir-buduriga birikkan qalin va kuchli tizza qopqog‘i boylami 
joylashgan. Bu boylam sonning to‘rt bosh li mushagi payi bo‘lib, pay ichida tizza 
qopqog‘i hosil bo‘lga-nidan so‘ng boylamga aylanib ketadi. Bo‘g‘imning orqa yuza 
sida bo‘g‘im xaltasiga birikib ketgan taqimning qiyshiq boylami va ta-qimdagi 
ravoqsimon boylam joylashgan. 
Tizza bo‘g‘imida harakat ikki o‘q atrofida: frontal o‘q atrofi-da – boldirni bukish 
va yozish, vertikal o‘q atrofida – ichkariga va tashqariga burish sodir bo‘ladi. 
Katta va kichik boldir suyaklari o‘zaro uzluksiz va uzlukli birlash malar vositasida 
birikadi. 
Boldir suyaklari o‘rasidagi bo‘g‘im kichik boldir suyagi bosh-chasining bo‘g‘im 
yuzasi bilan katta boldir suyagining kichik boldir bo‘g‘im yuzasi o‘rtasida bo‘ladi. 
Suyaklarning bo‘g‘im yuzasi yassi bo‘lgani uchun yassi bo‘g‘imlar turkumiga kiradi. 
Bo‘g‘im xalta-si tarang bo‘lib, bo‘g‘im yuzalarining chekkasiga birikadi. Bo‘g‘im xal 
tasini tashqi tomondan ikki suyak o‘rtasida tortilgan kichik bol-dir suyagi boshchasining 
oldingi va orqa boylamlari mustahkam-lab turadi. Bu bo‘g‘imda harakat chegaralangan 
bo‘ladi. 
Boldir suyaklarining pastki uchlari o‘zaro uzluksiz birlashma-boldir suyaklariaro 
sindesmoz hosil qilib birlashadi. Bunda katta boldir suyagining kichik boldir kemtigi 


va lateral to‘piqning bo‘-g‘im yuza si ishtirok etadi. Bu bo‘g‘im harakatsiz bo‘lib, uni 
tashqi tomondan lateral to‘piq va katta boldir suyagi o‘rtasida tortilgan oldingi va orqa 
boldir suyaklariaro boylamlar mustahkamlab tu-radi. Bu ikki birlashmadan tashqari 
boldir suyaklarining suyaklar-aro qirralari o‘rtasida suyaklararo parda tortilgan bo‘ladi. 
Bu par-da bilakdagiga nisbatan qalin va mustahkam bo‘lib, uning yuqori va pastki 
qismlarida qon tomirlar uchun teshiklar bor. 

Download 310.36 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling