Erkin oyoq skleti suyaklari
Oyoq kamari suyaklarining birlashuvi
Download 310.36 Kb. Pdf ko'rish
|
ERKIN OYOQ SKLETI SUYAKLARI
- Bu sahifa navigatsiya:
- Dumg‘aza-yonbosh bo‘g‘imi
- (symphisis pubica)
5. Oyoq kamari suyaklarining birlashuvi
Oyoq kamari suyaklarining bo‘g‘imlari chanoq suyaklarini o‘zaro va dumg‘aza suyagi bilan birlashuvidan hosil bo‘ladi. Orqa tomondan chanoq suyaklari dumg‘aza suyagi bilan juft dumg‘aza-yonbosh bo‘g‘imini hosil qilsa, old tomondan qov simfizini ho-sil qiladi. Dumg‘aza-yonbosh bo‘g‘imi ( iametric on sacroiliaca, 53-rasm) chanoq va dumg‘aza suyaklarining quloqsimon yuzalarini birlashi-shidan hosil bo‘ladi. Bu suyaklarning bo‘g‘im yuzalari yassi bo‘lib, yup qa tolali tog‘ay bilan qoplangan. Bo‘g‘im yuzalari yassi bo‘lga-ni uchun yassi bo‘g‘imlar guruhiga kiradi. Shunga qaramay bu bo‘g‘imning boylamlari mustahkam bo‘lgani uchun harakatsiz bo‘g‘im hisob lanadi. Bo‘g‘im xaltasi tarang va juda pishiq bo‘ladi. U dumg‘aza va chanoq suyaklarining suyak usti pardasiga birikib ketadi. Bo‘g‘im xaltasi old tomondan ko‘ndalang va qiyshiq yo‘na-lishdagi oldingi dum g‘aza-yonbosh boylami bilan mustahkamla-nadi. U yupqa bo‘lib, bo‘g‘im xaltasiga birikib ketgan. Bo‘g‘im-ning orqa tomonida dum g‘aza va yonbosh bo‘rtiqlari oralig‘idagi ingichka yoriqni to‘ldirib turuvchi mustahkam suyaklararo dum-g‘aza-yonbosh boylami bo‘lib, u eng pishiq boylam hisoblanadi va bo‘g‘im xaltasining orqa yuzasiga birikib ketadi. Bo‘g‘imni orqa tomondan qoplagan orqa dumg‘aza-yonbosh boylami yonbosh suyagining ustki va pastki orqa yonbosh o‘sim-talaridan boshlanib, dumg‘aza suyagining tash qi qirrasiga biri-kadi. Bu bo‘g‘imni mus tahkamlashda pastki ikkita bel umurtqa-larining ko‘n dalang o‘simtalaridan, yonbosh suyagi qirrasiga va yonbosh g‘adir-budurligiga birikuv chi yonbosh-bel boylami ish-tirok etadi. Chanoq suyagi dumg‘aza bilan dumg‘aza-yonbosh bo‘g‘imi-dan ma’ lum masofada joylashgan ikkita boylam vositasida ham birla shadi. l. Dumg‘aza-quymich do‘mbog‘i boylami quymich do‘ngligi-dan bosh lanib, dumg‘aza suyagining tashqi chekkasiga birikadi va kichik quymich teshigini hosil qiladi. 2. Dumg‘aza-o‘tkir qirrali o‘simta boylami quymich suya-gining o‘t kir o‘sig‘i bilan dumg‘aza suyagining tashqi chekkasi o‘rtasida tortilgan bo‘lib, katta quymich teshigini hosil qiladi. Qov simfizi (symphisis pubica) qov suyaklarining bir-biriga qa-ragan simfiz yuzalari o‘rtasida hosil bo‘lib, yarim bo‘g‘imlar turku-miga kiradi. Suyaklarning bo‘g‘im yuzalari tog‘ay bilan qoplan-gan bo‘lib, o‘zaro tolali tog‘ay disk vositasida birlashadi. Tog‘ay diskning o‘rtasida sagittal sathda joylashgan bo‘shliq bo‘ladi. Qov sim fizini ikkita: ustki tomonidan ko‘ndalang yo‘nalgan ustki qov boylami va simfizni pastki tomonida tortilgan pastki qov boylami mustahkamlaydi. Qov simfizi tog‘ay diski ayollarda erkaklarga nis-batan qalin bo‘ladi. Download 310.36 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling