Erkin oyoq skleti suyaklari
Download 310.36 Kb. Pdf ko'rish
|
ERKIN OYOQ SKLETI SUYAKLARI
- Bu sahifa navigatsiya:
- Katta older suyagining
Tizza qopqog‘I (patella) sonning to‘rt boshli mushagi payining ichida joylashgan
eng katta sesamasimon suyak. Tizza qopqog‘ining asosi yuqoriga, cho‘qqisi pastga qaragan. Uning orqa bo‘g‘im yuza-si son suyagi bilan bo‘g‘im hosil qiladi. Oldingi g‘adir- budir yuzasi teri ostida seziladi. Boldir suyaklari ikkita uzun naysimon: medial to-monda joylashgan katta older va lateral tomondagi ki-chik older suyaklaridan tashkil topgan. Katta older suyagining (tibia, 51-rasm) tanasi va ikki uchi tafovut qilinadi. Uning yuqori (proksimal) uchi kengaygan bo‘lib, medial va lateral do‘nglikor. Bu do‘ngliklarning ustki tomonida son suyagini pastki uchi bilan bo‘g‘im hosil qiluvchi botiqroq yuqorigi bo‘g‘im yuzasi joy-lashgan. Katta older suyagining do‘ngliklarining bo‘g‘im yuza-si o‘zaro do‘nglararo tepalik bilan ajralgan. Bu tepalik do‘nglar orasidagi medial va lateral do‘mboq chalarga bo‘linadi. Do‘ngla-raro tepalikning oldida do‘nglar orasidagi oldingi maydon, orqa-sida esa do‘nglar orasidagi orqa maydon bor. Tash qi do‘nglikning lateral tomonida biroz orqaroqda kichik older suyagi birlasha-digan kichik older bo‘g‘im yuzasi joylashgan. Katta older suya- gining tanasi uch qirrali. Oldingi qirrasi o‘tkir bo‘lib, teri ostida bilinib turadi. U yuqori tomonda kengayib, sonning to‘rt boshli mushagi birikadigan katta older suyagi g‘adir-budurini hosil qi-ladi. Medial qirra biroz to‘mtoq. Lateral qirra kichik older suya-giga qaragani uchun suyaklararo qirra deyiladi. Katta older suya-gini uchta yuza si tafovut qilinadi. Medial yuzasi silliq, bevosita teri ostida joy lashgan. Lateral yuza va orqa yuzasi mushaklar bi-lan qoplan gan. Orqa yuzasida lateral do‘nglikning orqa chekka-sidan pastga va ichkariga qiya yo‘nalgan kambalasimon mushak chizig‘I o‘tib, un dan shu nomli mushak bosh lanadi. Bu chiziqdan pastroqda oziqlantiruvchi teshik bor. Katta older suyagining pastki (distal) uchi kengaygan va to‘rt burchak shaklda. Katta older suyagi pastki uchini lateral tomoni-da kichik older suyagi bilan birlashishi uchun kichik older kem-tigi; medial tomonida ichki to‘piq bo‘lib, uning orqasida orqa kat-ta older mushagi payi o‘tadigan to‘piq egati bor. Medial to‘piqni tashqi tomonida medial to‘piq bo‘g‘im yuzasi joylashgan, u bur-chak hosil qilib pastki bo‘g‘im yuzasiga o‘tadi. Bu yuzalar oshiq suyak bilan bo‘g‘im hosil qilishda ishtirok etadi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling