Erkin oyoq skleti suyaklari


Download 310.36 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/12
Sana23.04.2023
Hajmi310.36 Kb.
#1392806
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
ERKIN OYOQ SKLETI SUYAKLARI



ERKIN OYOQ SKLETI SUYAKLARI 
 
Reja:
1. Oyoq suyaklari 
2. Oyoq kamari suyaklari 
3. Oyoqning erkin qismi suyaklari 
4. Oyoq panjasining suyaklari 
5. Oyoq kamari suyaklarining birlashuvi 
6. Oyoqning erkin qismi suyaklarining birlashuvi 
 


1. Oyoq suyaklari 
Odam oyog‘I katta va yo‘g‘on suyaklardan iborat. Oyoq suyaklarida oyoq 
kamari va erkin qismlar tafovut qilinadi. Oyoq-ning kamar qismi juft chanoq 
suyagidan tashkil topgan. Oyoqning erkin qismi uch qismdan: proksimal – son 
suyagi; o‘rta – katta va kichik older suyaklaridan iborat. Tizza bo‘g‘imi sohasida 
kat-ta sesamasimon suyak tizza qopqog‘I joylash gan. Oyoqning distal qismi oyoq 
panjasi suyaklari, o‘z nav batida, kaft usti suyaklari, oyoq kafti suyaklari va barmoq 
suyaklariga bo‘linadi. 
2. Oyoq kamari suyaklari 
Chanoq suyagi juft yassi suyak bo‘lib, odamning tana og‘irligini oyoqqa o‘tkazadi va 
chanoq bo‘shlig‘idagi a’zolarni tashqi muhit ta’siridan saqlab turadi. 16 yoshgacha 
chanoq suyagi 3 ta alohida: yonbosh, qov va quymich suyakla-ridan iborat bo‘lib, 
ular o‘zaro tog‘ay qatlam vositasida birik-kan. Keyinchalik bu suyaklar suyaklanib
bir butun chanoq suya-gini hosil qiladi. Uning tashqi yuzasida (3 ta suyakning o‘zaro 
birlashgan joyida) son suyagining boshchasi kirib turadigan quy-mich kosachasi bor. 
U qirra bilan o‘ralgan bo‘lib, medial tomo-nida o‘ymasi bor. Quymich kosachasini 
chetini son suyagi bosh-chasi bilan bo‘g‘im hosil qiluvchi yarim oysimon yuza 
egallagan, tubi esa g‘adir-budir. 
Yonbosh suyagi (os ilium) ikki qismdan: pastki qalinlashgan, quymich kosachasini 
yuqori qismini hosil qilishda qatnashadigan tanasi va yuqorigi kengaygan yonbosh 
suyagi qanotidan iborat. 
Yonbosh suyagining qanoti S shaklida, o‘rtasi yupqalashgan, uning chekkasi 
qalinlashib va yelpig‘ichsimon kengayib, yonbosh suyagi qirrasini hosil qiladi. 
Yonbosh suyagining qirrasida qorin mushaklari birikadigan uchta g‘adir-budir 
chiziqlar: tashqi lab, ichki lab va oraliq chiziq bor. Bu qirra oldingi va orqa tomonlar-
da o‘tkir o‘siqlar hosil qilib tugaydi. Oldinda o‘zaro o‘yma bilan ajragan yonbosh 
suyagining oldingi ustki va pastki o‘tkir o‘sig‘I, orqada esa yonbosh suyagining 
orqadagi ustki va pastki o‘tkir o‘sig‘I hosil bo‘ladi. 


Qanotning tashqi yuzasida dumba mu shaklari boshlanadigan uchta chiziq bor. 
Eng uzun oldingi dumba chi zig‘I yonbosh suya-gining oldingi ustki o‘sig‘idan 
boshlanib, katta quymich kemti-gi tomon ravoq shaklida yo‘naladi. Nisbatan qisqa 
orqa dumba chizig‘I oldingi chiziqning orqa qismiga parallel joylashgan. Bosh-
qalardan qisqa pastki dumba chizig‘I yonbosh suyagining oldingi ustki va pastki 
o‘siqlarining o‘rtasidan boshlanib, ravoq shaklida quymich kosachasi ustidan o‘tib 
katta quymich kemtigigacha bora-di. Qanot ning ichki botiq yuzasida yonbosh 
chuqurchasi bor. Uni pastki tomondan ravoqsimon chiziq chegaralab turadi. Bu chiziq 
quloqsimon yuzaning oldingi chekkasidan boshlanib, yonbosh-qov tepachasiga o‘tib 
ketadi. 
Quloqsimon yuza dumg‘aza suyagining shu nomli yuzasi bilan bo‘g‘im hosil 
qiladi. Bu yuzaning ustida bo‘g‘imlararo boylamlar birikadigan yonbosh g‘adir-
budirligi joylashgan. 

Download 310.36 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling