Falsafa kelib chiqishi va shakillanish asoslari
Falsafaning yangi sohalari
Download 169.5 Kb.
|
falsafa kelib chiqish
Falsafaning yangi sohalari. Falsafiy bilimning tuzilishi ozgarmas, uzil-kesil shakllangan emas. Falsafaning rivojlanishi va u hal qilayotgan muammolar doirasi kengayishiga qarab falsafiy bilim tuzilishida ham ozgarishlar yuz beradi. Ilmiy nazariyalar yoki falsafiy goyalar inqirozga uchragan yoki ozining asossizligini namoyish etgan taqdirda, ularning bilim tizimidagi orni va rolini qayta baholash amalga oshiriladi, bu esa bazan ularning nazariy va amaliy ahamiyati yoqolishiga olib keladi. Masalan, flogiston nazariyasi, «falsafa toshi»ni izlash, empiriokrititsizm falsafasi va oz ahamiyatini yoqotib, tarix mulkiga aylangan boshqa kopgina goyalar bilan shunday bolgan. Bugungi kunda falsafa bilan ham shunga oxshash hodisa yuz beryapti, degan fikr mavjud. Hatto falsafa olyapti deb hisoblaydiganlar ham yoq emas.
Darhaqiqat, ozini oqlamagan goyalar, yonalishlar va konsepsiyalar bisyor, ularning aksariyati hozir juda ogir ahvolda, ayrimlari esa kuchli inqiroz holatini boshdan kechirmoqda. Ammo falsafa ozining birinchi manosida «donolikni sevish» sifatida, haqiqatning tagiga yetish usuli sifatida, jon holati sifatida va nihoyat, dunyoqarashning alohida shakli sifatida insoniyat turguncha mavjud boladi. Buni falsafiy bilimning ayrim nisbatan yangi sohalari ham tasdiqlaydi (bazan ular mustaqil falsafiy fanlar maqomiga davogarlik qiladi). Ular falsafa yondashuvlari va metodlari jamiyat hayotining ayrim jabhalari, murakkab obyektlar, muayyan fanlar va shu kabilarni organishga nisbatan qollanilishi natijasida yuzaga keldi. Ularning aksariyati falsafaning eng yangi tarixi bilan bogliq bolib, asosan XX asrga tegishlidir. Bu yerda avvalo tabiat falsafasi, huquq, fan, tarix, siyosat, sanat, din, texnika falsafasi, tanatologiya, gerontologiya va boshqalar nazarda tutilmoqda. Otgan asrning songgi on yilliklarida tadqiqotning yana bir yangi va ota muhim sohasi globallashuv va u yuzaga keltirayotgan global muammolar falsafasi paydo boldiki, uni organish ham foydadan xoli bolmaydi. Download 169.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling