Falsafa kelib chiqishi va shakillanish asoslari
Download 169.5 Kb.
|
falsafa kelib chiqish
Falsafiy dunyoqarash. Miloddan avvalgi VII-VI asrlarga kelib asosan mif va din tasirida odamlar dunyoqarashi nafaqat kengaydi, balki ancha murakkablashdi. U mavxum nazariy fikrlash qobiliyati va (toplangan bilimlar korinishida) real asoslarga ega bolishi natijasida oz rivojlanishining butunlay yangi darajasiga kotarildi. Bunga, hech shubhasiz, mehnat taqsimotiga olib kelgan rivojlangan ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar, malum miqdorda ortiqcha mavjudlik vositalari, bosh vaqtning paydo bolishi ham imkoniyat yaratdi. Bularning barchasi muayyan shaxslar doirasiga intellektual faoliyat bilan professional darajada shugullanish imkonini berdi.
Shunday qilib, taxminan 2500 ming yil muqaddam dunyoqarashning uchinchi shakli falsafa paydo bolishi uchun zarur shart-sharoit Yevropa va Osiyoda deyarli bir vaqtda yuzaga keldi. Dunyoqarashning avvalgi shakllari mif va dindan farqli olaroq, falsafa dunyoni etiqod va tuygularga tayanib emas, balki aql va bilimlarga tayangan holda tushuntiradi. Falsafa Hindiston, Xitoy, Markaziy Osiyo va qadimgi Yunonistonda taxminan bir vaqtda avvalo dunyoni oqilona anglash usuli sifatida vujudga keldi. Bu vaqtga kelib mif va din ozlarining tayyor va uzil-kesil javoblari bilan insonning bilimga nisbatan tinimsiz kuchayib borayotgan qiziqishini qondira olmadi. Shuningdek ular sezilarli darajada osgan va murakkablashgan tajriba va bilimlarni umumlashtirish, tizimga solish va avlodlarga qoldirish vazifasining ham uddasidan chiqolmay qoldi. Taniqli nemis faylasufi Karl Yaspers tabiri bilan aytganda, bu davrda (uni faylasuf «dunyoviy vaqt» deb ataydi) insoniyat oz rivojlanishida katta burilish yasagan. Osoyishtalik va barqarorlik ruhi bilan yogrilgan mifologiya davri nihoyasiga yetdi, oqilonalik va oqilona tekshirilgan tajribaning mifga qarshi kurashi natijasida u asta-sekin chekina boshladi. «Jahon tarixi oqini taxminan miloddan avvalgi 500, 800 va 200 yillar oraligida yuz bergan manaviy jarayon bilan boglash orinli bolsa kerak, - deb yozadi K.Yaspers. Shu davrda tarixda eng katta burilish yasaldi. Hozirgi tipdagi inson va ilk faylasuflar paydo boldi. Inson ayrim individuum sifatida oz-ozida tayanch izlashga jurat etdi. Xitoy zohidlari, Sharq mutafakkirlari, Hindiston tarki dunyochilari, Yunoniston faylasuflari va Isroil avliyolari etiqodi oz talimotining mazmuni va ichki tuzilishiga kora bir-biridan qay darajada farq qilmasin, oz mohiyatiga kora yaqindir. Endi inson botiniy darajada ozini dunyoga qarshi qoyishi mumkin boldi. Inson ozida unga dunyodan va oz-ozidan yuksakroq kotarilish imkonini beruvchi ichki salohiyatni kashf etdi»3. Yuz bergan ozgarishlarning yana bir sababi shundaki, mifologiya olish, rivojlantirish va tushuntirish uchun navbatdagi miflar emas, balki tabiiy qonuniyatlar va tabiiy-sababiy boglanishlarga murojaat qilish talab etilgan ilmiy bilim kurtaklari bilan toqnashdi. Pirovardida odamlar dunyoqarashida nisbatan qisqa vaqt ichida tub ozgarishlar yuz berdi; unda bilim, tafakkur, tahliliy fikrlash tobora muhimroq rol oynay boshladi, ular sirtdan olingan axborotni sezgilar va emotsiyalar darajasida idrok etishga asoslangan har xil etiqodlarni chetga chiqarib qoydi. Faqat sozlariga ishonish kerak bolgan ota, kohin, ruhoniy ornini, savollar beruvchi va anglashga chorlovchi muallim faylasuf egalladi. U shubha urugini sochib, qiziqish uygotdi va: «Ishonma, balki ozing fikr qil!», deya davat etdi. Faylasuf tafakkurni xurofot va bidatlardan tozalab, uni erkinlashtirdi va mifologik yoki diniy dunyoqarashga mutlaqo xos bolmagan tanqidiy fikrlash qobiliyatini rivojlantirdi. Ajdodlardan meros qolgan «donishmandlik» manbai sanaluvchilar, tayyor bilimlar va shak-shubhasiz haqiqatlarni etiqod sifatida qabul qilishga chorlovchilardan farqli olaroq, faylasuf savollarni tariflashni va avvalo soglom fikr va oz aql-zakovatining kuchiga tayanib, ularga javob qidirishni orgatatdi. Download 169.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling