Falsafa kelib chiqishi va shakillanish asoslari
Download 169.5 Kb.
|
falsafa kelib chiqish
Dinning asosiy ildizlari. Din qonuniy hodisa sifatida vujudga kelgan bolib, u insonning gayritabiiy narsalar va hodisalarga bolgan etiqodini toyintiruvchi chuqur ildizlarga egadir.
Dinning psixologik ildizi avvalo inson tabiatida mavjud bolib, u inson intellektining rivojlanish darajasi va tanqidiy fikrlash qobiliyatidan qatiy nazar, nafaqat tushunish, anglash, balki etiqod qilish istagi va hattoki ehtiyojining hamisha namoyon bolishidir. Dinning gnoseologik ildizlari oqilona bilim nuqtai nazaridan dunyo oz rang-barangligida insonga cheksiz murakkab bolib tuyulishida namoyon boladi. Forobiy fikricha Din nazariy va amaliy qonunlar tuzilgan paytdagina odamlar etiqodi, talimi tarbiyasi yollari ishlab chiqilgandagina paydo boladi va mustahkamlanadi. Ana shunday din tufayli omma baxt saodat uchun yetarli bilim olishi mumkin.1 Odamzot ozini qurshagan borliqni faqat qisman anglab yetadi. Ayni shu sababli olam inson uchun sirlar va mojizalarga toladir. Odamzot ozi etiqod qiladigan kop narsalarni faqat aqlga tayanib isbotlashga ham, rad etishga ham qodir bolmaganidek, yuqorida zikr etilgan sirlar va mojizalarga javob topishga ham (balki hozircha) qodir emas. Psixologlar qayd etganidek, «ota mushkul vazifa aqlni otmaslashtiradi», inson yechimsiz muammolar qarshisida ozini ojiz his qiladi va aql dalillarini uydirma, gayritabiiy narsalar bilan osongina toldiradi. Dinning ijtimoiy ildizlari jamiyatda doimo mavjud bolgan tengsizlik, qashshoqlik va adolatsizlikni, odamlar qancha urinmasin ozgartira yoki yenga olmaganligi bilan bogliq. Adolatsizlik va foniy dunyoning nomukammalligi tuygusi chorasizlik va umidsizlikni yuzaga keltiradi, songgi zikr etilgan tuygular osongina u dunyoda hayotning mavjudligiga bolgan ishonchga aylanadi. Vaholanki, har qanday din haqiqiy hayot u dunyodadir, deb orgatadi. Muammolar, qiyinchiliklarga duch kelgan va real hayotda oziga tayanch topa olmagan inson gayritabiiy kuchlarga umid boglab, narigi dunyoga murojaat etadi. Ularga etiqod qilib, odamzot taskin, tasalli topadi va oxir-oqibatda taqdirga tan beradi. Dinnning siyosiy ildizlari turli siyosiy kuchlarning dindan oz mayda-chuyda manfaatlarida foydalanish imkoniyati va shu tariqa uni bevosita yoki bilvosita qollab-quvvatlashi orqali, uning jamiyatdagi roli va tasirini kuchaytirishida namoyon boladi. Shu manoda din va siyosat ortasida ham uzviy va doimiy aloqa mavjud. Dinning yashovchanligi shu darajada mustahkamki, hatto hozirgi zamon fanining muhim yutuqlari ham uning negiziga putur yetkaza olgani yoq, ilmiy bilimning osishi esa hatto olimlar orasida ham dindorlar va Xudoga ishonmaydiganlarning foiz nisbatini deyarli ozgartirmaydi. Masalan, tabiatshunoslik insoniyatga dunyoni bilish borasida cheksiz imkoniyatlar yaratayotgani keng etirof etilgan 1916 yilda Jeyms Lyuba oz tadqiqotlarida AQSH olimlarining 40% Xudoga ishonishini asoslagan. 90-yillarning oxirida amerikalik tarixchilar E.Larson va I.Uitxem tomonidan otkazilgan yangi tadqiqot- larda XX asrda amalga oshirilgan buyuk kashfiyotlar va fan yutuqlari tasirida olimlar dunyoqarashi qay darajada ozgarganini aniqlashga qaror qildilar. Shu bois ularning AQShda tasodifiy tanlangan ijtimoiy fanlar namoyandalari va tabiatshunoslik vakillari orasida otkazgan sorovi olimlarning 40% avvalgidek Xudoga va narigi dunyoda hayot mavjudligiga ishonishini korsatdi. Bunda Xudoga ishonmaydiganlar va ateistlar (Xudoning borligini inkor etuvchilar) soni ham deyarli ozgargan emas va bugungi kunda, avvalgidek, taxminan 45 va 15% ni tashkil etadi. Davr, mamlakatlar va qitalardan qatiy nazar, diniy dunyoqarashning yashovchanligi haqidagi umumiy xulosa Ozbekistonda ham mavjud. XX asrda qariyb 80 yil dinni «fosh qilish» uchun mavjud barcha dalillardan foydalangan kurashchan ateizm sharoitida yashagan Ozbekistonliklar orasida mamlakat aholisining uchdan ikki qismi ozini dindor deb hisoblagan. Download 169.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling