Falsafa kelib chiqishi va shakillanish asoslari
Dunyoqarashning tuzilishi
Download 169.5 Kb.
|
falsafa kelib chiqish
- Bu sahifa navigatsiya:
- Dunyoni idrok etish
- Dunyoni tushunish
- Dunyoqarashning tarixiy shakllari.
Dunyoqarashning tuzilishi - dunyoni sezish, dunyoni idrok etish va dunyoni tushunish kabi eng muhim elementlardan iborat.
Dunyoni sezish bu ozini qurshagan dunyoni sezgilar yordamida hissiy idrok etishdir. Bunda tuygular, kayfiyat dunyoni goyoki ranglarga boyaydi, uning obrazini subyektiv, sof individual sezgilar orqali aks ettiradi. Masalan, bemor odamga haddan tashqari yorug bolib tuyulishi mumkin bolgan nur, soglom odam uchun normal boladi; daltonik ranglar gammasini, korish qobiliyati normal bolgan odamga qaraganda butunlay boshqacha idrok etadi. Bundan dunyoni sezishning har xil, xususan optimistik, pessimistik, fojeaviy tiplari kelib chiqadi. Dunyoni idrok etish bu atrof borliqni ideal obrazlarda tasavvur qilishdir. Dunyoni idrok etish togri yoki notogri bolishi, yani borliqqa mos kelmasligi mumkin. Bu holda borliq notogri tasavvur qilinadi yoki illyuziyalar, suv parilari, alvastilar, kentavrlar haqidagi tasavvurlarga oxshash fantaziyalar paydo boladi. Dunyoni tushunish insonning va uni qurshagan dunyoning mohiyatini aniqlash, shuningdek tabiatda yuz beruvchi voqea va jarayonlarning ozaro aloqalarini tushunishga qaratilgan aqliy-bilish faoliyatidir. Dunyoni sezish va qisman (elementar shakllarda) dunyoni idrok etish nafaqat insonga, balki hayvonlarga ham xos bolsa, dunyoni tushunish esa faqat odamlarga xos xususiyatdir. Dunyoqarashning tarixiy shakllari. Turli davrlar bilishni yanada teranlashtirdi va inson dunyoqarashini kengaytirdi. Shunga mos ravishda oddiy (empirik) dunyoqarash ham boyib bordi, uning negizida ozini ozi tashkil etish qonunlariga muvofiq yanada murakkabroq tuzilmalar asta-sekin shakllandi va bu pirovard natijada dunyoqarashning alohida shakllari yoki, tarixiy tiplari farqlanishiga olib keldi. Tarixan dunyoqarashning dastlabki shakllari mif va din, falsafa va fan bolib, bu hol insoniyat tadrijiy rivojlanishining umumiy mantiqi bilan mushtarakdir. Konikmalar, tajriba va oddiy bilimlar toplanishiga qarab, nafaqat ularni avloddan avlodga otkazish muammosi yuzaga kelgan, balki ibtidoiy odamlarning dunyoqarashi ham murakkablashib borgan. Bu dunyoqarash rivojlanishining muayyan bosqichida, toplangan bilimlarning «yuqori bosqichiga» yetilgach, boshqa har qanday murakkab tizimda bolganidek, dunyoqarashda ham ozini ozi tashkil etish qonunlari amal qila boshlagan. Masalan, bu hodisaning mohiyatini yaxshiroq tushunish uchun shaxsiy kutubxonada kitoblar yigilishi bilan bogliq misolga murojaat etish orinli boladi. Mazkur kutubxonada kitoblar bir nechta bolsa, ularni tizimga solish talab etilmaydi, ular qayerda yotgani va ularning ozaro munosabati qandayligi ham ahamiyat kasb etmaydi. Kutubxona hajmi onlab kitoblar bilan olchangan taqdirda esa, ulardan foydalanishga qulaylik yaratish uchun kitoblarni muayyan tarzda joylashtirish, tizimga solish talab etiladi. Kitoblar soni qancha kop bolsa, ular bilan ishlash shuncha oson va qulay bolishi uchun ularni tasniflash, tartibga solish, ruknlarga ajratish tizimi shuncha murakkab boladi. Ibtidoiy odamlarning ancha rivojlangan dunyoqarashida ozini ozi tashkil etish qonunlariga muvofiq ayni shunday tartiblilik dastavval mif hamda dinning ilk shakllari korinishida vujudga keldi. Download 169.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling