Falsafa kelib chiqishi va shakillanish asoslari
Diniy etiqodlarning tarixiy shakllari
Download 169.5 Kb.
|
falsafa kelib chiqish
Diniy etiqodlarning tarixiy shakllari. Insoniyat tarixiga kop sonli turli-tuman dinlar malum. Xususan, madaniyat va bilimlar darajasi juda past bolgan inson oziga qudratli, yot va sirli bolib tuyulgan tabiatning favqulodda kuchlariga qarshilik korsata olmagan ibtidoiy jamoa davrida dinning ancha sodda shakllari: fetishizm, animizm, totemizm, magiya va boshqalar yuzaga kelgan.
Fetishizm u yoki bu predmetni mojizakor xislatlarga, odamlar hayotiga tasir korsatish qobiliyatiga ega deb hisoblaydi. Bunday predmet ilohiylashtiriladi, siginish va topinish obyektiga aylanadi. Animizm (lot. anima jon) nafaqat odamlar, balki hayvonlar, predmetlar va borliq hodisalarini ham ruh, jon boshqarib turishiga ishonishdir. Animizm nuqtai nazaridan butun dunyo ruhli va jonli. Totemizm negizini muayyan odamlar guruhining totem, yani siginish obyekti sanalgan ajdod deb elon qilinadigan u yoki bu hayvon, osimlik, predmet bilan umumiy kelib chiqishiga bolgan ishonch tashkil etadi, zero totem mazkur jamoa yoki urugning qudratli homiysi, himoyachisi hisoblanadi, uni oziq-ovqat va shu kabilar bilan taminlaydi. (Hindistonda Xonumon maymuni, sigir, Avstriyada kenguru, turli qabilalarda u yoki bu ilohiy predmet ) Magiya (yunon. mageia sehrgarlik) ham ibtidoiy din shakllaridan biri bolib, uning zamirida tabiiy kuchlar yordamisiz sirli tarzda, rasm-rusumlar, oziga xos amallar majmui bilan narsalar, odamlar, hayvonlar va hatto gayritabiiy kuchlar ruhlar, insu jinslar va shu kabilarga tasir korsatish mumkinligiga bolgan ishonch yotadi. Dinning ushbu qadimgi shakllari keyingi diniy etiqodlar negizini tashkil etdi va politeizm (kopxudolik)da ham, monoteizm (yakkaxudolik)da ham u yoki bu darajada oz aksini topdi. Ular hozirda ham qisman mustaqil holda mavjuddir. Taxminan 10 ming yil muqaddam, inson chorvachilik va ziroatchilik bilan shugullanib, otroq hayot kechirishga otgach, neoletik inqilob yuz berdi. Jamiyat rivojlanishining ayni shu bosqichida politeizm yuzaga keldi, chunki mehnatning ijtimoiy taqsimoti, hukmronlikka boysunish ruhlar va sanamlarga bolgan ishonchga emas, balki xudolarga bolgan etiqodga koproq mos kela boshladi. Keyingi davrlarda davlatchilikning vujudga kelishi va rivojlanishi, qadimgi buyuk madaniyatlarning paydo bolishi, quldorlik munosabatlarining shakllanishi, monarxiyalar tashkil topishi va shundan kelib chiqadigan yakkaboshchilikning yuzaga kelishi natijasida diniy dunyoqarashda ham bir xudoga siginish tendensiyasi paydo boldi. Odamlar kop sonli xudolar orasida kuch-qudratda yagona bir xudoni farqlab, shu tariqa dunyoviy podsho hukm suruvchi real hayot haqidagi oz tasavvurlarini yagona va qudratli xudo yashaydigan narigi dunyo bilan goyoki muvofiq holatga keltirdilar. Shu tariqa monoteistik dinlar (yunon. mono bir va theos xudo): iudaizm (mil. av. VII asr), buddizm (mil. av. VI-V asrlar), xristianlik (I asr) va islom (VII asr) vujudga keldi. Xullas har bir din malum falsafaga asoslanadi. Haq dinning asosi togri (analitik) falsafadir, haq bolmagan dinning asosi esa yolgon falsafadir, yoki yolgon muhokamalar ustiga qurilgan qarashlardir2. Download 169.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling