Falsafa kelib chiqishi va shakillanish asoslari
Download 169.5 Kb.
|
falsafa kelib chiqish
- Bu sahifa navigatsiya:
- Dunyoqarashda ijtimoiy muhitning roli.
Dunyoqarashning mohiyati. Ayni shu davrdan boshlab insonning ancha rivojlangan dunyoqarashi shakllangani haqida va umuman toplangan bilimlar, amaliy konikmalar, vujudga kelgan qadriyatlar, ozi va ozini qurshagan dunyo haqidagi tasavvurlar majmui sifatidagi odamlar dunyoqarashi togrisida ishonch bilan soz yuritish mumkin.
Hayot tajribasi va empirik bilimlar asosida shakllanadigan dunyoqarash oddiy dunyoqarash deb ataladi va insonning dunyo haqidagi tasavvurlarining tizimsiz majmui sifatida amal qiladi. U har qanday dunyoqarashning negizi hisoblanadi va odamlarga kundalik hayoti, faoliyatida yol korsatib, ularning xulq-atvori, aksariyat qilmishlarini belgilab, muhim regulyativ funksiyani bajaradi. Keng manoda, dunyoqarash insonning ozini qurshagan borliqqa va oz-oziga nisbatan yondashuvlar tizimi, shuningdek uning mazkur yondashuvlar bilan belgilangan hayotiy ideallari, etiqodlari,, bilish va faoliyat tamoyillari, qadriyat va moljallaridir. Shu tariqa tariflanadigan dunyoqarash faqat insonga xos bolib, bu unda shakllangan ong va oqilona faoliyat mavjudligi bilan bogliqdir. Bunda inson nafaqat tushunchalar yaratish va mulohaza yuritish, xulosalar chiqarish va qoidalarni tariflash qobiliyatini kasb etadi, balki tayyor bilimdan yangi bilim olish uchun foydalana boshlaydi. Insonning bunday faoliyatini, uning ijodiy faolligini tavsiflovchi aql odamzot va jamiyat evolyusiyasini jadallashtirishning qudratli omiliga aylanadi hamda pirovardda insonni hayvondan ajratish imkonini beruvchi asosiy belgi sifatida amal qiladi. Dunyoqarashda ijtimoiy muhitning roli. Aql paydo bolishi bilan inson ozini fikrlovchi mavjudot sifatida anglay boshlaydi, unda oz «meni» va ozgalar haqida tasavvuri shakllanadi va rivojlanadi. Shu tariqa u ozini va ozini qurshagan borliqni anglaydi, ozi va boshqa odamlarni, ozi va tashqi muhitni farqlaydi, ilgari oziga malum bolmagan dunyoning yangi va yangi jihatlarini idrok etadi. Bunday qarashlar insonning ozi va ozini qurshagan borliq haqidagi tasavvurlari majmui sifatida shakllanadigan dunyoqarash negizini tashkil etadi. Bunda inson oziga maqul va nomaqul narsalarni farqlaydi, baholar beradi, ustuvorliklar tizimini yaratadi va muayyan maqsadlarga erishishda tegishli tarzda ish koradi. Demak, dunyoqarashda bilish, qadriyatlarga munosabat va xulq-atvorni belgilash funksiyalari mujassamlashadi. Dunyoqarashning bilish funksiyasi insonda qiziqish uygotuvchi barcha savollarni, shuningdek muayyan yol bilan topuvchi javoblarni oz ichiga oladi. Bilish odamlar dunyoqarashini boyitadi va kengaytiradi, u jamiyatning rivojlanishiga qarab yanada teranroq va mazmunan boyroq bolib boradi. Dunyoqarashning qadriyatlarga munosabat funksiyasi insonnning hayotni va ozini oliy qadriyat deb hisoblagan holga shakllanadi. Zero, oz qadrini bilmagan inson ozgalar qadrini bilmaydi va hayotda oz ornini topa olmaydi. Dunyoqarashninng xulq atvorni belgilash funksiyasi insonda oz-ozini tarbiyalash, manaviy madaniyatini takomillashtirish va faqat ozining manaviy dunyosiga munosib muhit tanlash malakalarini shakllantiradi.. Ammo dunyo juda rang-barang bolib, muttasil ozgarish jarayonini boshdan kechiradi, qoniqarli javoblarga ega bolmagan savollar esa, uzil-kesil javob berish mumkin bolgan savollarga qaraganda, koproqdir. Shu bois, muammolarga nisbatan muayyan tarzda yondashadigan har bir odamning dunyoqarashi, savollari va javoblari doim shaxsiy oziga xoslik bilan ajralib turadi va hech bolmasa shu sababga kora boshqa odamlar dunyoqarashiga hech qachon oxshamaydi. Dunyoqarashda intellektual, emotsional va ruhiy asoslar uzviy bogliq bolib, , ular jamuljam holda har bir inson uchun mutlaqo muayyan, individual xususiyatlar sifatida amal qiladi. Intellektual, emotsional va ruhiy asoslar iroda bilan uygunlikda etiqodlar odamlar faol qabul qiladigan, ularning ong darajasi va hayotdagi moljallariga mos keladigan qarashlarni yuzaga keltiradi. Dunyoqarashning muhim elementi shubha bolib, u insonni dogmatizm, yani biryoqlama, notanqidiy fikrlash, u yoki bu qoidani shak-shubhasiz haqiqat deb qabul qilishdan asraydi. Dogmatizmning qarama-karshisi skeptitsizm bolib, bunda shubha mutlaqlashadi, fikrlashning asosiy omiliga aylanadi, bilish va borliqni idrok etishning bosh tamoyili sifatida amal qiladi. Download 169.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling