Falsafa kelib chiqishi va shakillanish asoslari
Download 169.5 Kb.
|
falsafa kelib chiqish
Mifologik dunyoqarash. «Mif» tushunchasi yunoncha mythos sozidan kelib chiqqan bolib, afsona, rivoyat degan manoni anglatadi. Mif turli xalqlarning dunyoning kelib chiqishi, tabiat hodisalari, fantastik mavjudotlar, xudolar va qahramonlarning ishlari haqidagi tasavvurini ifodalovchi muayyan tarzda tizimga solingan dunyoqarashdir.
Mifda bilimlar, diniy etiqodlar, manaviy madaniyatning turli elementlari, sanat, ijtimoiy hayot kurtaklari birlashgan bolib, shu tariqa ibtidoiy odamlar dunyoqarashi malum darajada tartibga kelgan, ularning dunyo haqidagi qarashlari esa muayyan tizimga solingan. Mazkur tizimga solishning muhim shakllari epos, ertaklar, afsonalar, rivoyatlar bolib, miflar avvalo ular orqali ifodalanadi. Shu tariqa toplangan bilimlar va tajriba keyingi avlodlarga otishi ham taminlanadi. Mifologik dunyoqarashning oziga xos xususiyati shundan iboratki, bu oddiy rivoyat emas, balki ogzaki «muqaddas» matnning arxaik ongdagi voqea-hodisalarga, insonga va u yashayotgan dunyoga tasir korsatuvchi muayyan borliq sifatidagi inikosidir. Mif, insoniyat tarixining ilk bosqichlarida, odamlar xulq-atvori va ozaro munosabatlarini tartibga solish funksiyasini bajargan, chunki unda axloqiy qarashlar, insonning borliqqa estetik munosabati oz ifodasini topgan. Mifologiyaga shu narsa xoski, unda hamma narsa bir, yaxlit, ajralmasdir; tabiat narsalari va hodisalari inson bilan ayni bir qonunlarga muvofiq yashaydi, inson bilan bir xil sezgilar, istaklar, mayllarga ega boladi. Shunday qilib, mif kimningdir uydirmasi yoki «otmish sarqiti» emas, balki shunday bir oziga xos tilki, inson uning yordamida qadim zamonlardanoq dunyoni tavsiflagan, ozining osib borayotgan tarqoq bilimlarini umumlashtirgan, talqin qilgan, tasniflagan va muayyan tizimga solgan. Mifda ota, oqsoqol hukmi va qaror topgan ananalar muhim rol oynaydi. Rivoyat va uning mazmuniga nisbatan bunday munosabat zamirida etiqod, borliqni bevosita, emotsional idrok etish yotadi. Mifologik dunyoqarash dunyoni yaxlit tushunish bolib, unda shubhaga orin yoqdir. Mifologiya (miflar majmui sifatida) qadimgi odamlar dunyoqarashi bilangina uzviy bogliq emas. Oddiy ongda yashaydigan din, falsafa, siyosat, sanatda aniq-ravshan yoki pardalangan korinishda mavjud bolgan miflar bugungi kunda ham (kim uchundir koproq, kim uchundir kamroq darajada) odamlar hayoti va ijodida faol rol oynab, har qanday inson dunyoqarashining tarkibiy qismi bolib qolmoqda. Jamiyatning axborotlashuvi jadal suratlarda osib borayotgan sharoitda mif televideniye, radio, vaqtli matbuot, hozirgi saylov texnologiyalari vositasida bazan ijtimoiy ong bilan manipulyatsiya qilish, oldindan belgilangan jamoatchilik fikrini shakllantirish vositasi sifatida qollanilmoqda. Download 169.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling