Falsafa kelib chiqishi va shakillanish asoslari
Falsafiy bilimning tuzilishi
Download 169.5 Kb.
|
falsafa kelib chiqish
Falsafiy bilimning tuzilishi. Falsafa oz shakllanishi va rivojlanishining qadimgi davridayoq, tabiat, inson, jamiyat va manaviyatni, shuningdek sababiy boglanishlar, qonunlar va shu kabilarni bilish sohasida yuksak natijalarga erishdi va oqilonalik nuqtai nazaridan odamlarning dunyo haqidagi umumiy tasavvuriga aylandi. Ammo olamning cheksiz darajada rang-barangligi va serqirraligi tufayli osha davrdayoq parchalanmagan falsafiy bilimlar va tasavvurlardan ayrim bolimlar ajralib chiqa boshladi, vaqt otishi bilan rivojlanib, ancha aniq shakl-shamoyil kasb etdi va yangi bilimlar bilan toldirildi. Pirovard natijada ular falsafiy bilimning tuzilishini (strukturasini) tashkil etdi.
Quyidagilar falsafiy bilimning muhim tarkibiy qismlari: ontologiya mavjudlik, borliq haqidagi bilim; gnoseologiya (boshqa bir terminologiyaga kora epistemologiya) bilish nazariyasi; ijtimoiy falsafa jamiyat haqidagi talimot; aksiologiya - qadriyatlar haqidagi talimot; falsafiy antropologiya inson haqidagi talimot va boshqalar. Falsafiy muammolar mohiyatini tushunib yetish, ularning eng muhimlarini aniqlash va nihoyat, falsafiy bilimlar bilan oshno bolish korsatilgan bolimlarni sinchiklab organish, bunda ularga yaxlit bir butunning tarkibiy qismlari sifatida yondashish demakdir. Pirovardda biz falsafaning oziga xos tili, oz yondashuvlari va metodlari, nihoyat, tabiat, jamiyat va tafakkurga oid eng muhim aloqalar, xossalar va qonunlarni ozida aks ettiruvchi umumiy tushunchalar kategoriyalar tizimi vujudga kelganining guvohi bolamiz. Bunda falsafadagi har bir bolim yoki yonalish ham oz tushunchalar apparatiga, yani bilimning faqat shu sohasiga xos bolgan va uning asosiy mohiyatini yoritib beradigan kategoriyalar tizimiga egadir. Falsafada korib chiqilgan mavzular bilan bir qatorda shunday bilim sohalari ham mavjudki, ular qolgan barcha bilim sohalariga kirib boradi, ular bilan uygunlashadi va ularni toldiradi. Masalan, tabiat, jamiyat, inson va uning tafakkurida yuz beruvchi harakat, rivojlanish va ozgarishlar haqidagi falsafiy talimot dialektika ana shunday bilim sohalaridan biri hisoblanadi. Obyektiv sabablarga kora falsafiy bilimning ayrim sohalari sezilarli darajada rivojlandi va vaqt otishi bilan mustaqil falsafiy fanlarga aylandi. Bunday bilim sohalari qatoriga, masalan, insonning bilishni amalga oshirish shakllari, qonunlari va usullarini organadigan fan - mantiqni; manaviyat va axloq haqidagi talimot etikani; gozallik qonunlariga muvofiq ijodning mohiyati va shakllari haqidagi fan estetikani kiritish mumkin. Shu manoda falsafa tarixi fani alohida diqqatga sazovordir, zero u, mohiyat etibori bilan, nafaqat falsafiy, balki tarixiy fan hisoblanadi. Ayni vaqtda u falsafiy bilim tarkibiga ham kiradi, chunki falsafiy tafakkurning vujudga kelishi, shakllanishi va rivojlanishini, falsafiy goyalar evolyusiyasi va xususiyatini turli faylasuflar, yonalishlar, oqimlarning talimotlarida qanday tavsiflangani nuqtai nazaridan organadi. Falsafa tarixi fanida falsafiy talimotlarni tizimga solish va tasniflashga, matnlar, tarixiy sanalarni tahlil qilishga, daliliy material, biografik malumotlar yigishga alohida etibor beriladi. Shu munosabat bilan dunyoqarashni kengaytirish va teranlashtirishga, oz falsafiy yondashuvlarini yaratishga qaratilgan falsafani organish, uning tarixi, asosiy namoyandalari va eng muhim falsafiy asarlari bilan albatta tanishishni nazarda tutadi. Download 169.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling