“fandagi yangiliklar, fanni o‘qitishning dolzarb masalalari” moduli bo‘yicha


Metallarning umumiy xossalari. Ularning fizik va kimyoviy xossalariga


Download 0.52 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/24
Sana17.10.2023
Hajmi0.52 Mb.
#1706224
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24
Bog'liq
hIlwR9XDw3PB8LmKOTRn3sQiCSyxclazgtwelY9g

 
Metallarning umumiy xossalari. Ularning fizik va kimyoviy xossalariga 
asoslanib sinflarga bo‘linishi 
Davriy jadvalning katta IV– VI va tugallanmagan VII davrlari qo‘shimcha 
gruppachalariga va I, II, III (bordan boshqa) gruppalarinimg asosiy gruppachasiga 
bo‘lgan barcha elementlar metallardir. 
Metallarga fizikaviy jihatdan yaltiroqlik, qattiq holat, yorug‘likni qaytarish, 
issiqpik va elektr tokini yaxshi o‘tkazish, deformatsiyalanish xususiyatlari, kimyo-
viy jihatdan esa oson elektron berish va qaytaruvchi-lik xossalarini namoyon qilish 
xosdir. . 
Metallarda metall bog‘lanish v kristall panjaradagi musbat zaryadli atom-
ionlar bilan panjara bo‘shlig‘idagi “elektronlar oqimi” o‘rtasida yuzaga keladigan 
o‘za-ro tortiShuv kuchlari mavjud. Shu sababli ular issiq-likni va elektr tokini yaxshi 
o‘tkazadilar (20-rasm). 
Metallar atomlarining elektron tuzilishiga ko‘ra s-metallar (ishqoriy va 
ishqoriy-yer metallari), r-metallar (III – IV gruppalar asosiy gruppachasi metallari), 
d – metallar, f – metallarga bo‘linadi. 
Metallarning davriy jadvaldagi o‘rniga ko‘ra, ular-ning xossalari quyidagi 
tartibda o‘zgarib boradi: 
– elementlarning davrlarda tartib raqami ortib borishi bilan metallik 
xossalari kamayib boradi. Chunki tartib raqami ortishi bilan atom radiusi kichrayadi 
va tashqi elektronning yadro bilan tortishish kuchi ortadi va metall valent elektronini 
qiyin beradi. Masalan: Na v Mg – Al qatorida suv bilan ta’sirlashishi Na ishtirokida 
shiddatli, Mg bilan sekin, Al bilan yuqori temperaturada (qizdirganda) boradi. NaaO 
– kuchli, Mg – kuchsiz asosli oksid bo‘lsa, A1
2
O

– amfoter oksid. 
Gruppalarda elementlarning tartib raqami ortishi bilan ularning metallik 
xossasi kuchayadi. CHunki, tartib raqami ortishi bilan atomdagi elektron qavatlar 
soni ortib, atom radiusi kattalashadi va tashqi elektronlar osonlik bilan chiqib ketadi. 
Masalan: Li (ionlanish energiyasi J = 5,39 ev), Na (5,14), K (4,34), Rb (4,7) va Cs 


(3,89) qatorida ishqoriy metallarning faol-ligi ortib boradi. Agar Li — metali oddiy 
sharoitda ochiq havoda vaqt o‘tishi bilan oksidlanib oq rangli moddaga aylansa, Cs 
– ochiq havoda alanga olib ketadi. Shu siygari LiOH ga nisbatan CsOH kuchli 
asosdir. 
Katta davrlarning p- va d-metallarida bu xususiyatlar saqlanib qolinsada, 
ancha kuchsizroq namoyon bo‘ladi. s-metallardan farq qilib, ular o‘zgaruvchan 
oksidlanish metallari Sn – qalay va Pb — qo‘rg‘oshin +2 va +4 ok-sidlanish 
darajasidagi oksidlarni hosil qiladilar. Le-kin bu oksidlarda metallarning oksidlanish 
darajasi ortishi bilan ularning kislotali xossasi kuchayadi. Past oksidlanish 
darajasidagi birikmalari Sn
+2
, Pb
+2
qaytaruvchi, yuqori oksidlanish darajadagi Sn
+4

Pb
+4
birikmalari oksidlovchi bo‘ladi. Shu sababli PbO
2
kuchli oksidlovchi sifatida 
keng qo‘llaniladi. 
s – metallarning vodorodli birikmalari (gidridlari-LiH, NaH, SaN
2
) tipik 
ionli bog‘lanishga ega bo‘lsa, r – metallar gidridlari (A1N
3
, GaH
3
, VSH
3
)da kovalent 
bog‘lanish hissasi ortadi, ular beqaror bo‘ladilar. d-me-tallarning gidridlari deyarli 
mavjud bo‘lmay, ular o‘zla-rining sirtlarida vodorodni molekular (N
2
) holda, mo-
lekulalararo ta’sir kuchlari vositasida tutib (adsorbilab) turadilar. Masalan: Pt –
metali, N
2
— gazini adsorbilab (H
2
/Pt) vodorod elektrodining ishlashini ta’minlaydi. 

Download 0.52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling