“fandagi yangiliklar, fanni o‘qitishning dolzarb masalalari” moduli bo‘yicha


 Metall qotishmalari va ularni hosil bo‘lish diagrammalari


Download 0.52 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/24
Sana17.10.2023
Hajmi0.52 Mb.
#1706224
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24
Bog'liq
hIlwR9XDw3PB8LmKOTRn3sQiCSyxclazgtwelY9g

3. Metall qotishmalari va ularni hosil bo‘lish diagrammalari 
Metallar xalq xo‘jaligida sof holda va juda ko‘pchi-lik hollarda qotishmalar 
(ikki yoki undan ortiq metal-larni saqlagan, bir jinsli qattiq eritmalar) holida 
ishlatiladi. 
Ko‘p ishlatiladigan metall qotishmalarga quyidagi-larni kiritish mumkin: 
Cho‘yan – tarkibida 1,7 4,4% uglerod saqlagan te-mirning qotishmasi. 
Uning tarkibida Si, P, Mn kabi qo‘shimchalari bo‘lib, temirga nisbatan qattiq, lekin 
mo‘rt bo‘ladi. Undan katta-katta jihozlarning asosi, karkaslari yasaladi. Po‘lat 
olishda ishlatiladi. 
Po‘lat – tarkibida 1,7% dan kam uglerod saqlagan temirning boshqa metallar 
(Cr, Mo, W, V, Ve, Li, Na, K, So, Ni, V) saqlangan qotishmasi. CHo‘yanga nisbatan 
elas-tik, ishlov berish oson bo‘lgan mashinasozlik, qurilish va boshqa sohalarda 
keng qo‘llaniladigan qotishma. 
Jez – tarkibida 10% dan 50% gacha rux saqlagan mis qotishmasi. 
Asbobsozlik, motorsozlikda ishlatiladi. 
Bronza — misning tarkibida 20% gacha qalay saqlagan qotishmasi. Oson 
quyiladi. Podshipnik, porshenlarning xalqalari, klapanlar ishlab chiqarishda va 
badiiy buyumlar quyishda ishlatiladi. 
Konstantan – 60% Cu, 38– 40% Ni dan iborat qotishma. 
Nixrom – 60% Ni, 14– 18% G‘ye, qolgani Cr dan iborat qotishma. YUqori 
elektr qarshiligiga ega bo‘lgani uchun isitish moslamalari ishlab chiqarishda 
foydalaniladi. 
Xromel – 90% Ni va 10% gacha Cr li qotishma. 
Alyumel - 95% Ni, 1,8-2,5% Al, 1,8-2,2% Mn, 0,88-1,15% gacha Si dan 
iborat qotyshma”. Xromel va alyumel elektr xossalari temperatura o‘zgarishiga juda 
sezgir material bo‘lgani uchun termoo‘lchagichlar, termoparalar yasashda 
ishlatiladi. 
Babbitlar – 65% gacha Pb, 15-17% Sn, 15-17% Sb, 2% gacha Cu metallari 
saqlagan qotishmalar bo‘lib, pod-shipnik ishlab chiqarishning asosiy materiali 
hisoblanadi. 
Dyuralyumin – asosiy qismi Al, 3– 5% Cu, 1% dan Mg, Ni, Mn metallari 
saqlagan mexanik ta’sirga chi-damli, lekin yengil qotishma. Samolyotsozlik
mashina-sozlik va asbobsozlikda ishlatiladi. 
Silumin – 86– 88% Al va 12v14% Si dan iborat qotishma. O‘lchov va signal 


beruvchi moslamalarda ishla-tiladi. 
Yuqoridagilardan ko‘rinib turibdiki, qotishmalar ishlab chiqarish sharoiti
temperatura, metallarning nisbiy miqdori o‘zgarishi bilan tuzilishi va xususiyatlari 
keskin o‘zgaradigan sistemalardir. “Qattiq eritma” — qotishmalarni bu xususiyatlari 
uchun "bertollid"lar qatoriga kiritiladi. 
Shu sababli ishlab chitsariladigan har tsanday metall qotishmasi aniq xossa 
va tarkibga mos kelishi uchun ularni ishlab chiqarishdagi “tarkib – xossa” 
diagrammalaridan kelib chiqadigan parametrlariga to‘la amal qilinishi kerak. 

Download 0.52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling