“fandagi yangiliklar, fanni o‘qitishning dolzarb masalalari” moduli bo‘yicha


Download 0.52 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/24
Sana17.10.2023
Hajmi0.52 Mb.
#1706224
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24
Bog'liq
hIlwR9XDw3PB8LmKOTRn3sQiCSyxclazgtwelY9g

Fizikaviy xossalari. Metallar xona temperaturasi-da qattiq moddalar bo‘lib, 
faqat simob – suyuq metall. Metallar yumshoq, oson bolg‘alanuvchan va juda qattiq 
bo‘lib, yumshoq metallarga Li, Na, K, Sa, In larni kiritish mumkin (ularni pichoq 
bilan kesib bo‘ladi). Oson bolg‘alanuvchan va ishlov berish oson bo‘lgan metallar –
Al, Cu, Ag, Sn, P va oltin, undan 0,003 mm qalinlikdagi yupqa plastinka yoki simlar 
tayyorlash mumkin. Eng qattiq metall — Cr (xrom), u bilan shishani kesish mumkin. 
Zichligiga ko‘ra: yengil (p < 5 g/sm3) va og‘ir (p > 5 g/sm3) metallarga bo‘linadi. 
Yengil metallarga: Li, Na, K, Rb, Cs, Mg, Ca, Ba, Al lar kiradi. 
Og‘ir metallarga: G‘ye, Zn, Cu, Ag, Au, Hg, In, Mn, Co, Ni, Pb, Sn, Mo, W. 
kiradi. 
Metallar ichida eng yengillari: Li (0,534 g/sm3), Na (0,97 g/sm3), K (0,86 
g/sm3) lar bo‘lib, ular suvdan yengildir. Eng og‘ir metall – osmiy Os (22,5 g/sm3). 
Elektr o‘tkazuvchanlik bo‘yicha: kumush > mis > oltin > aluminiy va boshqa 
metallar turadi. 
Suyuqlanysh temperaturalariga ko‘ra: "oson suyuqlanuvchan" - Hg (-30°S), 
Cs(28,5°), Ga (29,7°), K (63,6°), Na (97,8°), Sn (231,-2°) va Pb (327,3°) metallarga, 
"qiyin suyuqyaanuvchan" - Ni (1453°), So (1493°), G‘ye (1540°), Pt (1769°), Cr 
(1875°), Mo (2620°), W (3390°S) metallarga bo‘linadi. 
Tabiatda tarqalishiga ko‘ra: kam tarqalgan (Li, Rb, Cs, Ve, Mo, V, Nb, ffi); 
siyrak-yer metallari (Sc, Y (it-triy)), La va lantanoidlar; tarqoq (Ga, In, Tl, Ge), 
noyob (Au, Ag, Pt, Pd, Rh, Ir, Ru, Os) metallar va radioaktiv (Ra, Th, U, Ac va 
aktinoidlar) metallarga bo‘linadi. 
2. Metallarning ichki tuzilishi nazariyalari, kamyob va nodir metallarning 
umumiy xarakteristikasi. 
Metallar tabiatda erkin holda (Au, Ag, Cu, G‘ye, Hg) va turli irikmalar 
(oksidlari, sulfidlari va boshqa tuzlari) holida tarqalganlar. Metallarni olish, ular 
asosida turli qotishma va maxsus birikmalar ishlab chiqarish bilan kimyo 
sanoatining o‘ziga xos sohasi – m-tallurgiya Shug‘ullanadi. 
Metallurgiya deb, kimyo sanoatining tabiiy manbalar va rudalardan 


metallarni olish va qayta ishlash bilan Shug‘ullanadigan sohasiga aytiladi. 
Metallurgiya qora (temir va ularning asosidagi qotishmalar) va rangli metallurgiyaga 
bo‘linadi. 
Rangli metallurgiya yengil, noyob va og‘ir metallar ishlab chiqarish bilan 
Shug‘ullanadi. Hozirgi vaqtda metallurgiya sanoati yordamida 75 xil metall va ular 
asosidagi turli qotishmalar ishlab chiqarilayapti. 
Metallurgiya metallarni olish usullariga ko‘ra: piro-metallurgiya, 
gidrometallurgiya va elektrometallurgiya turlariga bo‘linadi. 
Tarkibida ajrashib olinadigan metall saqlagan qazilma boylik — ruda 
deyiladi. Rudaning asosiy moddadan tashqari qismi — bekorchi aralashma bo‘lib, 
ularga: qum – Tuproq, loy. oxaktosh kabilar kiradi. 
Rudanining suyuqlanish temperaturasini kamaytirish uchun qo‘shiladigan 
qo‘shimcha – flyus deyiladi. Flyus bekorchi aralashmalar bilan oson suyuqlanuvchi 
aralashma – shlak hosil qiladi va chiqarib yuboriladi. Agar bekorchi aralashma qum 
bo‘lsa, flyus – ohaktosh (CaCO3) bo‘ladi va aksincha. Ikkala holda ham shlak 
CaSiO3 holida chiqarib yuboriladi. 
Agar ruda tarkibida ajratib olinadigan metall miqdori kam bo‘lsa, ruda 
boyitiladi yoki kontsentrlanadi. Uning flotatsion, gravitatsion va magnit usullari 
mavjud. 
Flotatsion usulda rudaga sirt aktiv xossaga ega bo‘lgan modda — 
flotareagent qo‘shiladi. Bu modda ruda bilan aralashma hosil qilib uning sirtini 
namlanishdan saq-lab, suv va havo oqimi ta’sirida ko‘pik hosil qilib, sirtida ruda 
zarrachalarini suvning sirtiga ko‘tarib chiqadi, bekorchi jinslar cho‘kadi. Suv 
sirtidagi boyi-' tilgan ruda ajratib olinadi. Flotareagentlar – tarkibida qutbsiz yea 
qutbli atomlar gruppalari saqlagan organik sirt aktiv moddalardir. Masalan, stearin 
– C
17
H
35 
– COOH va palmitin – C
15
H
35
COOH kislotalari. (C
17
H
35
–, C
15
H
35

qutbsiz, – COOH – qutbli gruppalar). 
Gravitatsion usul — turli o‘lchamli ruda zarrachalarining zichligi (og‘irligi) 
har xilligidan foydalanib, suyuqliklar bilan aralashmalari (suspenziyalari)da ruda 
zarrachalarining turlicha cho‘kishiga asoslangan boyitish usulidir. 
Magnitli usul – magnitga tortiluvchi (yoki magnit bilan ta’sirlashmaydigan) 
zarrachalarga magnit maydoni ta’sir ettirib axratishga asoslangan usuldir. 
O‘zbekistonda metallurgiyaning rangli, o‘tga chidamli va radioaktiv 
metallar ishlab chiqarish sohalari rivojlangan. 
CHirchiq shahrida "O‘tga chidamli va qiyin eruvchan metallar" korxonasi 
Mo, W, So, Ni metallarini olish va ular asosida turli qotishmalar ishlab chiqarishga 
ixtisoslashgan. 
Olmaliq “Tog‘-kon metallurshya kombinati” turli rangli va noyob metallar 
(Cu, Zn, Au, Ag) olishga ixti-soslashgan. 


Navoiy “Tog‘-kon metallurgiya kombinati” noyob (Au, Ag) va radioaktiv 
metallar (uran va uning birikmalari) tushgan rudalarni boyitish, qayta ishlash va 
tarkibiy qismlarga ajratishga ixtisoslashtirilgan. 
Bekobod metallurgiya zavodi, Samarqand Cho‘yan zavodida metallar va 
qotishmalarni qayta ishlash jarayonlari olib boriladi. 

Download 0.52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling