Farg`ona davlat universiteti mustaqil tadqiqotchisi


Texnologiya fanini transformatsiyalashda innovatsion pedagogik va raqamli texnologiyalardan foydalanish istiqbollari


Download 164.33 Kb.
bet23/32
Sana15.09.2023
Hajmi164.33 Kb.
#1678398
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   32
Bog'liq
3-4-sho\'ba

Texnologiya fanini transformatsiyalashda innovatsion pedagogik va raqamli texnologiyalardan foydalanish istiqbollari

MЕTODIK XARAKTЕRGA EGA BO‘LGAN INNOVATSION DARS ISHLANMASINING DIDAKTIK HUSUSIYATLARI

M.M. Ahmedov, FarDU Тexnologik ta’lim kafedrasi dotsenti, tex.fan.nomzodi
B.A.Askarova , FarDU Тexnologik ta’lim kafedrasi o’qituvchisi

Annotatsiya: Ushbu maqolada umumiy o‘rta ta’lim maktabi o‘quvchilariga texnologiya fanida texnologik jarayonlarni tashkil etish va boshqaruv faoliyatini takomillashtirishda metodik xarakterga ega bo‘lgan mavzularning innovatsion ishlanmasining didaktik hususiyatlari o‘rganilgan. ...
Kalit so’zlar: Texnologik ta’lim, ta’lim tizimi, innovatsion tizim, didaktik hususiyat, metodik xarakter, metodik yondashuv, innovatsion yondashuv, innovatsion ishlanma, ....
Metodik xarakterga ega bo‘lgan innovatsion ta’lim texnologiyalarini ishlab chiqish, zamonaviy pedagogik va ahborot kommunikatsion texnologiyalari vositalaridan shuningdek, dars jarayonida o’quv-boshqaruv faoliyatiни takomillashtirish shu kunnning dolzarb muammolaridan biridir.
“Hayot davomida o’qish” tamoyili asosida metodik xarakterga ega bo‘lgan mavzularning innovatsion ishlanmasining didaktik hususiyatlari mavzusidagi mazkur maqolaning mazmun-mohiyati va o’quv jarayonida foydalanish yo’llari, ta’lim tizimida texnologik ta’lim jarayonlarini tashkil etish va boshqaruv faoliyati mexanizmini takomillashtirishda integratsion xarakterga ega bo’lgan funksional tizim ekanligi va texnologik ta’lim jarayonlarini tashkil etishning zamonaviy yondashuvlar asosida ta’lim tizimini yanada yuqori darajalarga ko’tarishda muhim omili ekanligi mamlakatimiz va chet el olimlari tomonidan o‘rganilgan.Metodik xarakterga ega bo‘lgan mavzularning innovatsion ishlanmasining didaktik hususiyatlarini ochib berishda integratsion xarakterga ega bo’lgan funktsional tizim алоҳида аҳамиятга эга эканлиги ва тexnologik ta’lim jarayonlarinit tashkil etishning zamonaviy yondashuvlar asosida amalga oshrish yo’llari[1,2] izohlab berildi.
Hozirgi kunda Respublikamizda xalq ta’limi tizimida texnologiya fanini rivojlantirish va keyingi vazifalarni belgilab olish bo’yicha bir qator natijalarga erishilган, шунингдек, ta’limning hamma bosqichlarida, ta’lim natijalarini baholash samaradorligini oshirish va usullarini takomillashtirish mexanizmlarini joriy etish orqali insonlar “Hayot davomidla o’qish” tamayili asosida sifatli ta’lim olish imkoniyatini yaratishni dolzarb vazifa qilib qo’yilmoqda” [3,4].
Bugungi kunda ta’lim sohasida pedagogik innovatsiya va ta’lim jarayonini yangilash g’oyalarining paydo bo’lishi o’qituvchi faoliyati жараёнида янгидан янги манбаалардан фойдаланишни talab etmoqda. Bu yangilanish esa ta’lim tizimida o’qitilaрdigan barcha fanlarni tubdan o’zgartirishни taqozo etmoqda.
Texnologiya fani o’qituvchisi texnologik ta’lim jarayonlarni tashkil etish yo’l-yo’riqlarini bilishi, ta’lim-tarbiya jarayonining samaradorligiga salbiy ta’sir etuvchi unsurlarni aniqlay olishi va ularni bartaraf etish yo’llarini bilishi, modullarni integratsiyalash va ularning o’ziga hos hususiyatlarini bilishi, o’quvchilar bilim darajasini yanada yuqoriga ko’tarishda o’quvchilarning tayanch kompetentsiyalari va fanga oid umumiy kompetentsiyalarning mazmun-mohiyatini bilishi va dars jarayonida tadbiq eta oladigan zamonaviy bilimga ega bo’lgan ijodkor, malakali, salohiyatli va tashkilotchilik qobiliyatiga ega bo’lgan o’qituvchilarga zarurat sezilmoqda.
Ushbu muammolarni ijobiy yechimini aniqlash texnologiya fani o’qituvchisining texnologik jarayonlarni tashkil etishni bilishi va boshqaruv mexanizmini takomillashtirish omillarini izlab topish yo’nalishida ilmiy tadqiqot ishlari olib borish shu kunning asosiy vazifalaridan biridir.
Ma’lumki, har qanday fanni rivojlanishi didaktik tamoyillarga, zamonaviy pedagogik xarakterga ega bo’lgan zamonaviy va innovatsion ta’lim texnologiyalarga asoslangan bo’lib, o’quvchi shaxsini tarbiyalashga қаратилмоғи lozim.
Ma’lumki, pedagogik texnologiya nazariyasining markazida ta’lim jarayonining sub’ekti, ham ob’ekti bo’lgan o’qituvchi va o’quvchilarдан иборат. SHunday ekan, ushbu sub’ekt va ob’ektlar o’rtasidagi o’zaro hamkorlik, muloqot, ularning bir-birlariga nisbatan ko’rsatadigan aks ta’sirlari eng zamonaviy talablarga javob bera olishi zarur.
Buning uchun esa o’qituvchi eng avvalo, o’qish va o’rganishga yo’naltirish, o’quvchi shaxsi faoliyatini to’g’ri tashkil etish, ular bilan o’zaro hamkorlik asosida muloqotga kirishish, pedagogik faoliyatni tashkil etish jarayonida yuzaga keluvchi muammo va kelishmovchiliklarni hamkorlikda bartaraf etish, auditoriyada psihlolgik muhitni shakllantirish, ijodiy, ishchanlik muhitini hosil qilish, o’quvchi faoliyatini aniq va to’g’ri baholashga imkon beruvchi metodlar bilan qurollangan bo’lishi lozim.
O’qituvchining kasbiy mahorati, o’quvchilarning individual hususiyatlari, qiziqishlari, ta’lim muhiti va mavjud imkoniyatlar o’zaro uzviy bog’langan holda mavjud bo’ladi. Demak, dars jarayonida foydalanilganda ko’zlangan pedagogik maqsadga erishilgan metodlar samarali metodlar bo’lib, mahoratli pedagogning mehnat mahsuli ҳисобланади.
O’quvchilarning mustaqil bilim olishlari uchun shart-sharoitlar yaratish, мustaqil bilim olish pedagogik texnologiyaga muhim talablarni qo’yadi. Ta’lim muassasadagi o’qituvchi va o’quvchi hamkorligidagi faoliyatining yakuniy natijasida o’quvchi aniq bo’lmagan va oldindan rejalashtirilmagan natijaga erishish kerak, ya’ni o’rganaѐtgan o’quv materiallari bo’yicha bilim, ko’nikma va malakalarning aniq hajmini o’zlashtirishi lozim. Mustaqil bilim olishning maqsadi, tamoyili, usuli, metodi, vosita va shartlari aniq ko’rsatilishi zarur. Bu esa ko’zlangan natijaga olib keladi.
O’quvchilarda ijodkorlik qobiliyatlarini shakllantirishda o’qituvchining o’rni katta. Psixologik nuqtai nazardan olganda, aslida hamma inson qobiliyatli, iste’dodli bo’lib dunyoga keladi. Bolaning yoshligidanoq nimaga moyilligi, qobiliyati borligini o’z vaqtida anglab yetib, uni rivojlantirsak, u haqiqiy tug’ma iste’dod egasiga aylanadi.
Agar vaqtida buni anglab yetmasak va uni qiziqishlariga bee’tibor bo’lsak, undagi iste’dod so’nadi. SHuning uchun har bir dars jarayonida o’qituvchi o’quvchilar faoliyatida ijodkorlikka yo’naltirishi, uni qobiliyatini rivojlantirishga ahamiyat berishi lozim. Ijodkorlik egallangan bilimlarning miqdori va turli-tumanligi bilan, balki qat’iy tarkib topgan tushunchalarni inkor eta oluvchi yangi g’oyalarni seza olishi bilan izohlanadi.
Yuqoridagi fikrlardan quyidagicha hulosa qilish mumkinki, zikr etilgan fikrlar asosida ta’lim jarayonida foydalanish maqsadida “Mavzularning innovatsion ishlanmasi”ni tayyorlash metodi tavsiya etilди. Shuningdek, metodik xarakterga ega bo‘lgan mavzularning innovatsion ishlanmasining didaktik hususiyatlari ochib berildi. Ushbu metod o’qituvchilarning bir kun ichida (ertagalik o’quv mashg’uloti uchun 1-6 tagacha) dars konspekti tayyorlashdan ozod etadi. Bo’sh vaqtlarida ilmiy-metodik va ma’naviy-ma’rifiy, shuningdek, o’z oilasining kelajagi haqida amaliy qadamlar qo’yishga vaqt topa oladi. O‘qituvchi esa har kuni shunchaki rasmiy yozishi lozim bo‘lgan “dars konspekti” ni yozmaydi, balki ushbu o‘qituvchining dars ishlanmasi yillar davomida yangi ma’lumotlar bilan to‘ldirib borilaveradi, ammo dars ishlanmasiga yakuniy nuqta qo‘yilmaydi. Vaqt o‘tishi innovatsion ma’lumotlar banki bilan boyitib boraveradi.


Download 164.33 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   32




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling