Farg‘ona davlat universiteti z. Botirova maktabgacha pedagogika ma`ruza matni I kurs farg‘ona 2022 Tuzuvchi: Z. Botirova


Download 337.83 Kb.
bet42/51
Sana01.04.2023
Hajmi337.83 Kb.
#1315305
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   51
Bog'liq
Ma\'ruza 1-kurs 2-semestr

Ekologik tarbiya.
Ekologiya so‘zi «tom» yoki «uy» degan ma’noni anglatib, nemis olimi Ernest Gekkel tomonidan birinchi bor fanga kiritilgan. Ekologiya fani hozirgi bozor munosabatlari davrida ko‘pgina tarmoqlarga ega: o‘simliklar ekologiyasi, zooekologiya, tuproq ekologiyasi, inson ekologiyasi va boshqalar. Ekologiya fani tanlab olingan bir yoki bir necha obyektning yashash sharoitini yoki normalarini o‘rganadi va yashashning optimal darajasini aniqlashga yordam beradi.
Bu yo‘nalishdagi ishlar bizga ekologik bilimlarni etkazadi, ammo bu bilan insoniyat cheklanib qolmaydi. Davr talabiga ko‘ra, yana boshqa yo‘nalishda ham ish olib borishni talab etmoqda. U ham bo‘lsaekologik tarbiyamasalasidir.
Ekologik tarbiya albatta ekologik bilim asosida shakllanadi, lekin u o‘ziga xos xususiyatlarga ham ega. Ekologik tarbiya insonda tabiatga nisbatan to‘g‘ri, oqilona munosabatni shakllantirish masalasi ustida ish olib boradi va o‘z oldiga talabalarda ekologik madaniyatni shakllantirishdek maqsadni qo‘yadi. Ekologik tarbiyaning mazmuniga ekologik onglilik, ekologik his-tuyg‘ular (tabiatga, insonlarga, hayotga nisbatan munosabatlar) kiradi. SHunday qilib, ekologik tarbiya inson hayotida, jamiyatda, vatanda muhim ahamiyat kasb qiladi.
Ekologik tarbiyaning shakllanishiga ekologik bilimlarni egallash bilan bir qatorda ekologik munosabatlarni ham shakllantirib borish zarur bo‘ladi. Ekologik munosabatlarga:
1. Hayotga munosabat.
2. Yaxlitlik hissini tarbiyalash.
3. Javobgarlik hissini tarbiyalash.
4.Tabiat go‘zalliklarini his etish kabi komponentlarni kiritish mumkin.


Huquqiy tarbiya.
Huquqiy tarbiya - bu shaxsga nisbatan huquqiy ongni, huquqiy munosabatlarni, qonunga itoatkor xulq-atvor ko‘nikmalari va odatlarini shakllantiruvchi uyushgan, aniq maqsadni ko‘zlagan holda ifodalanishidir. Huquqiy tarbiyani bolaning kichik yoshidan boshlab amalga oshira boshlash, huquqiy axborotlarning birinchi darajali tus olishiga erishish, shaxsning umumiy dunyoqarashi va ijtimoiy yo‘naltirilganligining tarkibiy qismi tarzida huquqiy qarashlariga asoslanishi zarurdir.
O‘sib kelayotgan yosh avlod huquqiy tarbiyasining xususiyatlari yangi jamiyatning o‘z xarakteri, turmush tarziga asoslanadi. Ularning hammasi prinsipial jihatdan yangi, yanada murakkab muammolarni hal etish zarurligini ifoda etadi. Avvalo, huquqiy tarbiya yangi yosh avlodni kamol toptirishning samarali vositasi sanaladi.
Yuqorida qayd qilingan mulohazalar huquqiy tarbiyaning yaxlit tizimi quyidagilardan iboratligini ifodalaydi:

Download 337.83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   51




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling