Farmarsevtika ishini tashkil qilish
Farmatsevtika soxasida logistika
Download 151 Kb.
|
FITQ Mustaqil ish (1) 03e9410777a1a6ba6b54d54b8b1fbe95
2.4. Farmatsevtika soxasida logistika.
Farmatsevtika sanoati korxonalarida ishlab chiqarilgan dori vositalarini iste’molchiga etib kelishigacha bo‘lgan, tashish, saqlash, qadoqlash, o‘rash, tamg‘alash kabi ishlarni bajarish bilan bog‘liq bo‘lgan jarayon tovar xarakati deyiladi. Mahsulot harakati - bu xom ashyoni olishdan boshlab, toki tayyor dori vositasini ishlab chiqargungacha bo‘lgan jarayondir. Bu ikki okim xarakatini birlashtirilishidan yangi moddiy oqim paydo bo‘ladi. Bu oqimni “Logistika” oqimi deyiladi. “ Logistika” grekcha atama bo‘lib, logos – idrok, logismos – hisoblash va fikrlash, logo – o‘ylash va muxokama qilmoq, logistika – xisob-kitob qilmoq san’ati degan ma’noni bildiradi. Zamonaviy logistika nisbatan yangi fan bo‘lib, u oqim jarayonini, ya’ni moddiy, moliyaviy va axborot oqimlarini o‘rganadi. Demak, logistikaning ob’ekti bu oqimdir. Logistikaning ob’ekti deganda, ho‘jalik yuritish va iqtisodiy tizimlardagi tovar-moddiy resurslarning fizik harakati va u bilan bog‘liq bo‘lgan moliyaviy resurslar va axborotlarning maqsadli harakati tushuniladi. Logistikaning sub’ekti deganda, tovar-moddiy resurslar, moliyaviy va axborot resurslarining harakatini rejalashtiruvchi, tashkil qiluvchi va nazorat qiluvchi jismoniy shaxslar (logistika menejerlari) va xizmatlar (yuridik shaxslar, ya’ni bo‘limlar, firmalar)ga aytiladi. Farmatsevtika soxasida logistika – Dori vositalari muomalasida farmatsevtik mahsulotlar harakatining o‘z yo‘nalishini ajratish mumkin. Bu jarayon hom ashyo, substansiya olish yoki dorivor o‘simlikni o‘stirishdan boshlab, to tayyor dori vositasini iste’molchi tomonidan sotib olingunga qadar bo‘lgan bosqichlarni o‘z ichiga oladi. Ulgurji tizimni farmatsevtik bozorda taraqqiy etishda logistik yondashuvlarini qo‘llash farmatsevtika iqtisodiyotida ilmiy rivojlanishini ta’minlaydi. Farmatsevtik logistika- farmatsevtik tovarlar oqimini boshqarish va qulaylashtirish xaqidagi ilmiy va amaliy faoliyatdir. Xom ashyo materiallarini ishlab chiqaruvchi korxonaga, tayyor mahsulotni iste’molchiga etqazish jarayonida iste’molchining talab va istaklarini xisobga olgan xolda moddiy va nomoddiy oqimlarni rejalashtirish, nazorat qilish va boshqarish to‘g‘risidagi fan logistikadir. Logistika moddiy, moliyaviy va axborot okimlarini xarakatini optimallashtirish va xarajatlarni minimallashtirish maqsadida boshqarish yunalishlarini belgilaydi. Logistika jarayonida makro va mikrologistika yo‘nalishlari mavjud. Makrologistika ta’minotchilar va iste’molchilar bozorining tahlili bilan bog‘liq bo‘lgan muammolarni, umumiy taqsimot masalalarni hal etib, omborlarning joylashishi tovarning transportirovkasi va etqazib berish yo‘nalishlarini belgilaydi. Mikrologistika logistika aloxida funksiyalarini (korxonada saqlash, joylashtirish) doirasidagi lokal muammolarni hal etadi. Izlanishlar natijasida moddiy zaxiraning 30-70% qisqartirilishi, saqlanish vaqtining kamaytirilishi, mahsulotni ishlab chiqaruvchidan iste’molchiga etib borishini tezlatib, tovar xarakatlanish jarayonida iqtisodiy samaradorlikka erishish imkonini yaratishi aniqlangan. Logistik tizim faoliyati logistik 7ta qoidalar asosida amalga oshiriladi: Bunda: Pight product- ( kerakli mahsulot); Pight guantity (kerakli miqdorda); Pight condition-(berilgan sifatda) ; Pight place- (kerakli joyda); Pight sustomer – (aniq iste’molchi uchun); Pight time- (belgilangan vaqtda); Pight sost –( kam chiqimli). Logistik tizim (LT) deganda elementlar va ular o‘rtasida yuk (material) oqimini, u paydo bo‘lgan bo‘ladigan o‘zaro aloqalar hamda bu jarayonlar uchun zarur bo‘lgan axborot oqimlari yig‘indisi tushuniladi. Logistik tizimning elementlari quyidagilardir: ishlab chiqaruvchi, qayta ishlovchi korxonalar va boshqa tarmoqlarning korxonalari, tijorat korxonalari, transport va ombor quvvatlari, etqazib beruvchilar, buyurtmachilar, axborot tizimlari, axborotni yig‘ish, qayta ishlash va uzatish moslamalari, boshqaruv organlari (menejment). Moddiy oqimlar tizimining muvaffaqiyatli ishlashi logistik infrastrukturaning rivojlanishiga bog‘liqdir. Logistik infrastruktura - bir korxonadan boshqa korxonaga moddiy va axborot oqimlarini ishonchli xamda bir maromda etqazib turilishini ta’minlaydigan transport va boshqa zaruriy elementlarning yig‘indisi tushuniladi. Download 151 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling