Farmarsevtika ishini tashkil qilish


Ulgurji omborxonadagi asosiy jarayonlar


Download 151 Kb.
bet3/10
Sana12.03.2023
Hajmi151 Kb.
#1264518
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
FITQ Mustaqil ish (1) 03e9410777a1a6ba6b54d54b8b1fbe95

Ulgurji omborxonadagi asosiy jarayonlar
Zamonaviy farmatsevtika omborlari – bu mahsulotlarni joylashtirish, ularni saqlash, tashish, nazorat va xavo almashinuvi uchun shart-sharoitlar yaratishni ta’minlaydigan ixtisoslashgan ko‘p kavatli inshoatlar hisoblanadi. Omborxona zamonaviy jixozlangan ichki strukturaga ega bo‘lishi kerak, unda turli xil texnika vositalaridan (jixozlar) foydalanadigan ko‘plab maydonlar mavjud bo‘lib, omborlar bo‘limmalarida bajariladigan ishlarni tartibga solish uchun optimal sharoit yaratish muximdir. Ruxsatsiz shaxslarning ishlab chikarish binolariga (kabul kilish, saralash, saklash, yig‘ish, joylash va jo‘natish uchun mo‘ljallangan omborning bir kismi) kirishi taqiqlanadi.
Yuklash tushirish maydoni bitta yoki ikkita aloxida xududda bo‘lishi mumkin–yuklash va tushirish.
Qabul qilish- omborxonada dori vositalarini va tibbiy buyumlarni qabul qilish omborxonaning qabul qilish bo‘limi tomonidan amalga oshiriladi. Tovarlarni qabul qilish va tegishli bo‘limlarga berishni amalga oshirish maqsadida kamida uch kishidan iborat qabul hayati tashkil etiladi. Qabul hayati raisi qabul bo‘limi boshlig‘i, qichik ish xajmiga ega omborlarda esa dorixona ombori mudiri hisoblanadi. Qabul qilish hayati tarkibiga bo‘lim mudirlari, tovar qabul qilishga tegishli boshqa shaxslar xam kirishi mumkin. Ba’zi xollarda hayat tarkibiga mutaxasis-ekspertlar yoki betaraf tashkilot vakillari kiritilishi mumkin. Qabul qilishda, yuklash-tushirish ishlarini olib borishda dori vositalarini va tibbiy buyumlarni yog‘in-sochinlardan, quyosh nurlarining bevosita ta’sirlaridan, yuqori yoki past haroratdan himoya qilish ta’minlanishi kerak.
Qabul qilish quyidagi jarayonlardan iborat:
qabul qilish jarayoniga tayyorgarlik ishlari;
qadoqning butunligini tekshirish;
tovarni tushirish;
qabul qilish joyiga olib kelish;
tovarni ochish;
tovarni son jixatdan qabul qilish;
tovarni sifat jixatdan qabul qilish;
saqlash joyini aniqlash.
Tovarlarni son jixatdan qabul qilish- bu xujjat asosida aniq sonining muvofiqligini solishtirib qabul qilishdir. Bunda quyidagi operatsiyalar bajariladi:
Tovarlarni ochish uchun joy tayyorlash;
Qadoqlarni ochish;
Son jixati an xisoblash (tortish);
Son jixatdan xujjat bilan solishtirish.
Qabul qilishda ishtirok etuvchi shaxslar dori vositalarining son va sifat jixatdan qabul qilish qoidalari,tibbiyotda ishlatiladigan mahsulotlarni yuborishning asosiy hamda aloxida turlarini ishlab chiqarish shakllarini, narx navo va boshqalarni yaxshi bilishi majburiydir. Dorixona omboriga zaxarli yoki giyoxvandlik vositalari kelishi bilan darxol zaxarli va giyoxvand dori vositalari saqlash bo‘limiga topshiriladi. Ularni son jixatidan va kuzatuv xujjatlariga mosligi omborxona mudiri tomonidan tekshiriladi.
Tovarni sifati bo‘yicha qabul qilish – Sifat bo‘yicha qabul qilishda quyidagilarga e’tibor qilinadi:
tovarshunoslar ish joyiga tovarlarni keltirish;
Tovarlarni ochish;
SHartnoma bitima asosida tovarni muvofiqligini solishtirish.
Qabul qilish jarayonida dori vositalarining qadog‘ida ezilgan, singan xolatlar aniqlansa va kuzatuv xujjat me’yorlariga javob bermasa u tovarni identifikatsiya qilinmaguncha aloxida ajratilgan (karantin) xonaga joylashtirib quyiladi. Aniqlangandan so‘ng tovarni ishlab chiqaruvchiga qaytariladi yoki yo‘q qilinadi.
Tovarni joylashtirish va saqlash- Omborxonada barcha dori vositalari va tibbiy buyumlar stellajlarda va tagliklarda joylashtirilishi kerak. Dori vositalarini va tibbiy buyumlarni polda tagliklarsiz joylashtirishga yo‘l qo‘yilmaydi. Tagliklar polda bir qatorda yoki stellajlarning balandligi hisobga olingan holda stellajlarda bir necha qavatda joylashtiriladi.
Dori vositalarini va tibbiy buyumlarni saqlash xonalari va ulardagi asbob-uskunalar, jihozlar toza holatda saqlanishi kerak.
Ishlab chiqaruvchilar va ulgurji realizatsiya qiluvchi tashkilotlar dori vositalari va tibbiy buyumlarning buzilishi (to‘kilishi, sochilishi, sinishi), mikroorganizmlar tomonidan shikast etkazilishi va dori vositalari kesishgan kontaminatsiyasining oldini olish uchun tegishli choralarni ko‘rishi kerak.

Download 151 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling