Farmarsevtika ishini tashkil qilish
Logistik sarf xarajatlar. Logistik kanal, logistik zanjir
Download 151 Kb.
|
FITQ Mustaqil ish (1) 03e9410777a1a6ba6b54d54b8b1fbe95
- Bu sahifa navigatsiya:
- Logistik kanal
- Logistik zanjir
2.5. Logistik sarf xarajatlar. Logistik kanal, logistik zanjir.
Logistik sarf xarajatlarga – logistik jarayonni amalga oshirish bilan bog‘liq barcha xarajatlar kiradi. Bular: mahsulot etqazib berish bo‘yicha buyurtmalarni joylashtirish, sotib olish, kelib tushgan tovarni omborga joylashtirish, ichki trasportni tasniflash, oraliq saqlash, tayyor mahsulotni saqlash, ortishga, tushirishga, tashqi trasport shuningdek, xodimlar uchun sarflanadigan xarajatlar, jixozlar, xonalar, buyurtmalar, ombor zaxiralari, tovarlarni etqazib berish bo‘yicha ma’lumotlarni uzatish va b. Logistik xarajatlar quyidagicha tasniflanadi: - qaramlik turiga qarab: doimiy, o‘zgaruvchan; - hal etiladigan vazifalarga ko‘ra: samarali, logistik faoliyatni qo‘llab-quvvatlash, nazorat qilish; - logistik funksiyalarga qarab: transportda tashishni tashkillashtirish ; zaxiralarni boshqarish, ta’minotni tashkil etish, tayyor mahsulotni taqsimlash; omborxona ish jarayonlarini boshqarish va b; - logistik jarayonlar munosabatiga ko‘ra: bevosita,bilvosita; - logistik jarayonlari bo‘yicha: iste’molchilarga tayyor mahsulotlarni etqazib berish; sotib olingan tovarni rasmiylashtirish, Zaxiralarni saqlash; axborotni etqazish, yuklarni ortish va b; - boshqarish belgilari bo‘yicha :boshqariladigan,boshqarilmaydigan; - aniq maqsadlarga sarflangan xarajatlar tahlili bo‘yicha; zarar bilan bilan yakunlangan, qisman; - olingan ma’lumot bo‘yicha: faktlarga asoslangan; me’yorda , rejaga asoslangan. To‘g‘ridan-to‘g‘ri xarajatlar- mahsulotga, ko‘rsatiladigan xizmatlarga, buyurtma yoki boshqa aniq xarajatlarga tegishli bo‘ladi. Bilvosita xarajatlar–aniq bajariladigan xizmatlarga bevosita yordamchi xisob-kitoblarni bajarish orqali bevosita ajratilishi mumkin. Boshqariladigan xarajat-bu korxona darajasida boshqarish mumkin bo‘lgan xarajatdir. Boshqarilmaydigan xarajat -bu korxona darajasida ta’sir o‘tqazish mumkin bo‘lmagan xarajatdir, chunki bu xarajatlar kompaniya darajasida butun yoki tashqi zvenoda boshqariladi. Logistika faoliyatini taminlash xarajati o‘z-o‘zidan qiymat yaratmaydi, lekin ular trasport xarajatlari, buyurtma berish, xodimlarning ishini tekshirish va maxsulotni qayd qilishni talab qiladi. Logistik kanal- etqazib beruvchi, iste’molchi, tashuvchi, vositachi, sug‘urtachilardang iborat qisman tartibga solingan ko‘plik. Iste’molchi yoki etqazib beruvchi bozor iqtisodiyoti sharoitida tashuvchilarni, sug‘urtachilarni va xokazorlarni turli xil usullar bilan (reytingini xisoblash, operatsiyalarni tadqiq qilish usullarini qo‘llash va x.k.) Tanlash imkoniyatiga egadir. Tanlash amalga oshirilgandan so‘ng logistik kanal zanjirga aylanadi. Logistik zanjir- bu chizikli tartibga solingan ko‘plab jismoniy va yuridik shaxslarning (ishlab chiqaruvchilar, distribyutorlar, umumiy foydalanadigan omborlar) ko‘pligi bo‘lib, ular tashqi moddiy oqimni bir logistik tizimdan boshqa logistik tizimga etqazib berish bo‘yicha (agar ishlab chiqarish iste’moli bo‘lsa) yakuniy iste’molchiga etqazib berish bo‘yicha (noishlab chiqarish iste’moli, shaxsiy iste’mol)operatsiyalarni amalga oshiradilar. Umumiy xolatda logistik zanjir ishlab chiqaruvchi, iste’molchi, vositachi va tashuvchilarni birlashtiradi. Download 151 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling