Farmarsevtika ishini tashkil qilish
Dori vositalarini muomaladan chiqarish va yo‘q qilish tartibi
Download 151 Kb.
|
FITQ Mustaqil ish (1) 03e9410777a1a6ba6b54d54b8b1fbe95
Dori vositalarini muomaladan chiqarish va yo‘q qilish tartibi
«Dori vositalari va farmatsevtika faoliyati to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq sifatsiz, qalbakilashtirilgan, O‘zbekiston Respublikasida ro‘yxatdan o‘tkazilmagan dori vositalari va tibbiy buyumlar, O‘zbekiston Respublikasida ro‘yxatdan o‘tkazilgan dori vositalarining g‘ayriqonuniy nusxalarini, shuningdek muomaladagi dori vositalari va tibbiy buyumlarni (keyingi o‘rinlarda qo‘llash uchun yaroqsiz dori vositalari va tibbiy buyumlar deb ataladi) ularning inson sog‘lig‘iga zararli ta’sirini tasdiqlovchi faktlar aniqlangan taqdirda muomaladan chiqariladi va yo‘q qilinadi. chiqindilarni utilizatsiya qilish — chiqindilar tarkibidan qimmatli moddalarni ajratib olish yoki chiqindilardan ikkilamchi xom ashyo, yoqilg‘i, o‘g‘it sifatida va boshqa maqsadlarda foydalanish; qalbakilashtirilgan dori vositasi va tibbiy buyum — tarkibi yoki xususiyati to‘g‘risida yoxud ishlab chiqaruvchisi haqida yolg‘on axborot ilova qilingan dori vositasi va tibbiy buyum; sifatsiz dori vositasi va tibbiy buyum — yaroqsiz holga kelgan va (yoki) yaroqlilik muddati o‘tgan dori vositasi va tibbiy buyum; O‘zbekiston Respublikasida ro‘yxatdan o‘tkazilgan dori vositalarining g‘ayriqonuniy nusxalari — intellektual mulk to‘g‘risidagi qonun hujjatlari buzilgan holda muomalaga kiritilgan dori vositalari. Qo‘llash uchun yaroqsiz dori vositalari va tibbiy buyumlar ularning egalarining yoki sudning qarori bo‘yicha muomaladan chiqariladi va 30 kun mobaynida yo‘q qilinadi. O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kiriladigan dori vositalarining va tibbiy buyumlarni bojxonada rasmiylashtirish jarayonida, shuningdek sertifikatlashtirish sinovlari natijasida qo‘llash uchun yaroqsizligi aniqlangan bo‘lsa, bunday dori vositalari va tibbiy buyumlar O‘zbekiston Respublikasi bojxona qonunchiligida belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi hududidan tashqariga chiqarib yuboriladi (reeksport) yoki yo‘q qilingunga qadar bojxona rejimida joylashtiriladi va yo‘q qilinadi. Qo‘llash uchun yaroqsiz dori vositalari va tibbiy buyumlarni yo‘q qilish bilan bog‘liq xarajatlar ularning egalari mablag‘lari hisobidan qoplanadi. Yo‘q qilish usullari Suyuq dori shakllari (ampulalardagi in’eksiya qilish uchun eritmalar, paketlar va flakonlardagi, aerozol ballonlardagi eritmalar, miksturalar, tomchilar) sindirib (ezilib), (aerozol ballonlar oldindan teshib qo‘yiladi) hamda suv bilan kamida 1:100 nisbatda suyultirilib, hosil bo‘lgan eritma kanalizatsiya tizimiga to‘kiladi. Bo‘shagan ampulalar, aerozol ballonlar, paketlar va flakon qoldiqlari konteynerlarga joylashtiriladi va chiqindilarni utilizatsiya qilish talablariga muvofiq yo‘q qilinadi. Yo‘q qilish tartibi Qo‘llash uchun yaroqsiz dori vositalari va tibbiy buyumlarni yo‘q qilish «Aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi to‘g‘risida», «Ekologik nazorat to‘g‘risida» hamda «Chiqindilar to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari talablariga amal qilgan holda amalga oshiriladi. Download 151 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling