Farmarsevtika ishini tashkil qilish
Tovar xarakatining kanallari. Savdo tarmog‘ining asosiy faoliyat turlari
Download 151 Kb.
|
FITQ Mustaqil ish (1) 03e9410777a1a6ba6b54d54b8b1fbe95
2.6. Tovar xarakatining kanallari. Savdo tarmog‘ining asosiy faoliyat turlari.
Farmatsevtik bozorda tovar xarakatining kanallari bir yoki bir necha kompaniyalar bilan amalga oshirilmoqda, ular dori vositalarini so‘nggi iste’molchiga etqazib berishda ishtirok etadi va ularni tovar xarakatining ulgurji va chakana savdo korxonalari deb ta’riflash mumkin. Tovar xarakatining kanallari- bu tashkilot yoki aloxida shaxslarning maxsulot (xizmat)ni ishlab chiqaruvchidan to iste’molchiga bo‘lgan yo‘ldir. Tovar xarakatining 2ta asosiy turi mavjud: To‘g‘ri Egri Agar maxsulot ishlab chiqaruvchidan bevosita iste’molchiga etib borsa, bu kanal to‘g‘ridir. Bunda faqat 2 ta qatnashuvchi ishtirok etadi. To‘g‘ri kanallarning yana bir nomi bu-nol darajali kanal. Egri (ko‘p darajali)kanal – maxsulotni ishlab chiqaruvchidan iste’molchiga vositachilar tizimi orqali sotilishi. Tovar xarakati kanallari vertikal va gorizontal bo‘lishi mumkin: - vertikal tovar xarakati kanallari yagona tizim sifatida ish ko‘rsatadi, ishlab chiqaruvchi, ulgurji va chakana vositachilar, iste’molchilarni o‘z ichiga oladi. Ular umumiy maqsadlarni ko‘zlaydi va birlashgan nazoratda xizmat qo‘rsatadi; - gorizontal tovar xarakati kanallari, bir qancha firmalar birlashmasi bo‘lib, aniq bozorni egallash uchun mo‘ljallangan. Savdo qilish tarmog‘ining asosiy faoliyat turlari Mahsulot turlariga qarab savdo tarmog’i, hududlar bo’yicha savdo qilish tarmog’i Savdo qilish tarmog‘ini shakllantirish 3 ta asosiy omillarga bog‘liq: mahsulot turi; bozorning geografik ko‘lami; iste’molchining fe’l-atvori. Ularga muvofiq savdo tarmog‘ining 3 asosiy turlari ajratiladi: mahsulot turlari bo‘yicha; xududlar bo‘yicha; iste’molchilarning fe’l-atvori bo‘yicha. Mahsulot turiga qarab savdoni tashkil qilishda bir yoki bir necha xil tovar turlariga ixtisoslashtirilgan alohida bo‘linmalar shakllanadi. Qachonki mahsulot nomlari assortimenti bo‘yicha ajralib tursa, va mahsus bilimlarni talab qilsa, shunda bu savdo qilish tarmog‘i afzalroq ko‘riladi. XULOSA Logistika iqtisodiyotning muhim tarkibiy qismlaridan biri bo‘lib, XX asrning 80-yillaridan boshlab, G‘arb va AQSHda shiddat bilan rivojlanmoqda. Masalan, AQSHda logistikaga harajatlar yalpi ijtimoiy mahsulotning 15-23 % miqdorida baholanadi va amerikalik mutaxassislarning fikricha, iqtisodiyot tartibga solinguniga qadar bo‘lgan taraqqiyotning asosiy sabablaridan biridir.Logistika borgan sari kengroq ahamiyat kasb eta boshlagan faoliyat sohasidir. Shuning uchun davlat va xususiy bo‘limlarning logistika sohasiga qiziqishi ortib bormoqda hamda ehtiyoj vujudga kelmoqda.Tijorat tizimining tamoyillari va konsepsiyasi materiallarni boshqarish va taqsimlash bilan bog‘liq. Amerikalik olimlarning hisoblashlaricha, logistika tezroq rejalashtirishning tuzilishi, ularning tadbirkorlik vazifalaridir. Logistika sohasida boshqaruv vazifalari nafaqat moddiy oqimlarni boshqarish, balki doirasida taqsimlashni bashorat qilish bo‘yicha kundalik faoliyatni amalga oshira oladigan vazifa va strategiyalarni ishlab chiqish mexanizmini ta’minlashga qaratilgan. Logistika ikki: boshqaruv va texnologiya nuqtai nazaridan ko‘rib chiqiladi. Ta’minotni boshqarish, moddiy oqimning harakatlanishi va sotishni ta’minlashi tashkiliy boshqaruvga tegishlidir. Transportda tashish texnologiyalarini takomillashtirish, omborxona xo‘jaligi, axborotli tashkilot, rejalashtirish, nazorat hamda bu xizmatlardan har birining samarali faoliyat yuritishiga harajatlarni kamaytirish maqsadga muvofiq. Muvofiqlashtirish esa texnologik yo‘nalishlarga tegishli. Logistika xalqaro atama bo‘lib qolgan, shuning uchun logistika fani iqtisodiyot sohasida juda zarurdir. Download 151 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling