Farmarsevtika ishini tashkil qilish


Dori vositalarini saqlashda o‘ziga xos xususiyatlari. Dori vositalarini tashish, safdan chiqarish tartibi


Download 151 Kb.
bet4/10
Sana12.03.2023
Hajmi151 Kb.
#1264518
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
FITQ Mustaqil ish (1) 03e9410777a1a6ba6b54d54b8b1fbe95

2.3.Dori vositalarini saqlashda o‘ziga xos xususiyatlari. Dori vositalarini tashish, safdan chiqarish tartibi.
Dori vositalarini saqlash maxsulot xarakatining barcha bosqichlarida, ya’ni ishlab chiqaruvchilardan iste’molchilarga etib borgunga qadar amaldagi me’yoriy xujjatlar talablari asosida olib borilishi kerak.
Mazkur talablarga rioya etmaslik, dori vositalari va tibbiy buyumlar sifatini buzilishiga va natijada bemorlarning sog‘lig‘iga salbiy ta’sir etqazilishiga olib kelishi mumkin. Tovarlarni saqlash talablariga rioya etmaslik litsenziya talablari va shartlarini ko‘pol ravishda buzilishi deb baxolanadi.
Dori vositalarini va tibbiy buyumlarni saklashni tashkil etishda kuyidagilarni ta’minlash kerak:
- tegishli binolar, uskunalar mavjudligi.
- etarli saqlash sharoitini yaratish;
-tovarlarni guruxlar bo‘yicha joylashtirish (tizimlashtirish)
Dori vositalarini saqlash xonalariga qo‘yiladigan talablar
Dori vositalari va tibbiy buyumlarni saklash xonalari ularning xavfsizligini ta’minlashi kerak. Xonalar devorlarining ustki qismi, xona shiftlari silliq bo‘lishi va nam latta bilan tozalash ishlarini olib borish imkoniyatini ta’minlashi kerak. Dori vositalarini saqlash xonalarida xavoning ma’lum bir xaroratni va namlikni saqlash imkoniyati mavjud bo‘lishi kerak, bu dori-vositalarini birlamchi va ikkilamchi (iste’molchi) qadoqlariga joylashtirilgan yo‘riqnomalar asosida ishlab chiqaruvchilar talablariga muvofiq saqlash imkonini beradi. Omborxonada xavo xarorati va namlik xar kuni maxsus elektron dasturda yoki sahifalari raqamlangan, tikilgan va muhrlangan (agar muhr mavjud bo‘lsa) jurnalda qayd etilishi lozim.
Xidli va bo‘yovchidori vositalari saqlash
Xidli dori vositalari guruxiga uchuvchan xamda uchuvchan bo‘lmagan lekin o‘ta xidli dori vositalari kiradi. Ularni germetik yopiq idishlarda bir biridan aloxida xolda nomi bo‘yicha saqlanadi.
Bo‘yovchi xususiyatli dori vositalariga-idishlarda, jihozlarda va rangli iz qoldiruvchi oddiy sanitar-gigenik ishlovda yuvilmaydigan dori vositalari kiradi (brilliant yashili, metelen ko‘ki, indigokarmin va xokazolar).
Bo‘yovchi dori moddalari aloxida maxsus zich yopiluvchi shkaflarda saqlanadi (nomi bo‘yicha). Bo‘yovchi moddalarni ishlatishda ularning xar biri uchun aloxida torozilar, xovonchalar, shpatellar va boshqa inventarlar ajratiladi.
Dorivor o‘simliklar xom ashyosi va yig‘malarni saqlashda quyidagilar talab etiladi:
A) yaxshi yopiladigan idish;
B) quruq yaxshi ventilyasiyalanuvchi xavo almashinuvi ta’minlangan xona. Idishning turi xom ashyosi saqlash joyiga bog‘liq.
Omborxonada dorivor o‘simliylar xom ashyosi so‘kchaklarda saqlanadi buning uchun yopiq yashiklar, qoplar (kesilgan xom ashyo) ikki qavatli qoplar, karton o‘ramlari (poroshoklar) bo‘lishi kerak.
O‘z tarkibida efir moylarini saqlovchi (masalan: shalfey o‘ti), ayrim gigroskopik o‘tlar, barglar, mevalar (masalan:angishvonagul)bargi, dalachoy va boshqalar) aloxida yaxshi yopiladigan idishda saqlanadi.
Tez alanga oluvchi prekursorlarni saqlashda ularning fizik-kimyoviy xossalarini xisobga olish kerak. (sirka kislota angidridi, atseton, etil efiri, xlorid kislotasi, fenil sirka kislotasi, sulfapt kislotasi, toluol).
Tez alanga oluvchi prekursorlarni mineral kislotalar (ayniqsa oltingugurt va azot kislotalari), siqilgan gazlar, yonuvchi moddalar (o‘simlik yog‘lari, oltingugurt, bog‘lov vositalari), shunigdek, organik moddalar bilan portlovchi aralashmalar (kaliy xlorat,kaliy permangant),kaliy xromat va xokazolar) xosil qiluvchi noorganik tuzlarni birga saqlash taqiqlanadi.
Prekursorlar bilan ishlaganda (qadoqlash, joydan-joyga tashish, yuklash)extiyotkorlik choralari ko‘rilib, idishning xolati, germetikligi, to‘g‘riligini doimiy kuzatib turgan xolda ilashi lozim.
Tez alanga oluvchi prekursorlarn zich berkiladigan, mustaxkam shishali yoki metall idishlarda saqlanadi. SHisha idishlar, ballon va boshqa katta xajmli idishlarning balandligi bo‘yicha bir qator qilib saqlanadi. Ularni bir necha qatorga, isitish manbalari yaqiniga qo‘yish taqiqlanadi. So‘kchak va isitish manbasi orasidagi masofa bir metrdan kam bo‘lmasligi kerak.
Nitrat va sulfat kislotalarni saqlashda ularni yog‘ochli, organik tabiatli boshqa modddalar bilan munosabatda bo‘lishining oldini olish lozim.Nitroglitserin eritmasi- portlovchi modda, uni dorixonada, dorixona omborlarida katta emas, yaxshi berkitiladigan sklyankalar yoki metall idishlarda salqin, qorong‘i joyda saqlanadi, yong‘indan extiyot bo‘lishi kerak. Nitroglitserin saqlaydigan idishni surish va shu prrparatni tortib olish juda extiyotkorlik bilan bajarilishi zarur.
Efir (tibbiyot yoki narkoz uchun) fabrikaning o‘ramida, qorong‘i, salqin (isitish asboblaridan uzoqroq)joyda saqlanadi.
Dietilefir bilan ishlaganda silkitish, zarba berish, ishqalashdan saqlanishi kerak.Kaliy permangant glitserin, oltingugurt, chang, organik moylar,efirlar, spirtlar, organik kislotalar va boshqa organik moddalar bilan portlovchi birikmalar xosil qiladi. Uni maxsus ajratib qo‘yilgan joyda, tunuka barabanlarida, dorixonada-og‘zi zich maxkam yopilgan va yuqorida ko‘rsatilgan vositardan alohida saqlanadi.
Portlovchi va tez alanga alangalanuvchi vositalarni saqlash
Portlovchi va tez alanga oluvchi vositalar aloxida (quruq, to‘g‘ri kuyosh nuridan, yong‘in va er osti suvlaridan ximoyalangan, birinchi kavatda, temir-beton koplama xamda metall eshikli) xonalarga joylanishi kerak, xonaning poli eshigidan ichkariga qiyalanib sementlangan, o‘yilmagan tekis bulishi kerak.
Yuqori harorat ta’siridan himoyalanadigan dori vositalarini saqlash xususiyatlari
Yuqori xaroratdan (termolabil preparatlar) ximoya qilinishi talab etiladigan dori vositalarini saqlash me’yoriy xujjatlar talablariga muvofiq bo‘lishi kerak.
Past xarorat ta’siridan ximoyalanishni talab qiluvchi dori vositalarini saqlash
Past xarorat ta’siridan ximoyalashni talab qiladigan dori vositalarini saqlash (fizik-kimyoviy xolati muzlagandan so‘ng o‘zgarib turadigan va xona xaroratida keyinchalik tiklanmaydigan dori vositalar), qo‘llash yo’riqnomasida belgilangan xarorat rejimiga muvofiq saqlanadi.
Tayyor dori turlarini saqlash
Barcha tayyor dori turlari tashqi yorliqli original qadoqda joylashtirilishi va saqlanishi lozim. Hapdorilar va drajelarni tashqi ta’sirdan himoyalangan va alohida bemorlarga berish uchun mo‘ljallangan korxona qadog‘ida bir-biridan ajratilgan holda saqlash zarur. Hapdorilar va drajelarni saqlash quruq va yorug‘dan himoyalangan joyda amalga oshiriladi. In’yeksiyalarga mo‘ljallangan dori turlarni salqin, yorug‘dan himoyalangan joyda, alohida javonda, idishning xususiyatlari (mo‘rtlik) hisobga olingan holda saqlash lozim. Suyuq dori turlar (siroplar, damlamalar) og‘zi germetik po‘kaklangan, ustigacha to‘ldirilgan idishda, yorug‘likdan himoyalangan joyda saqlanishi kerak.Plazma o‘rnini bosuvchi eritmalar 00dan 40S gacha haroratda alohida, yorug‘dan himoyalangan joyda saqlanadi.
Dezinfeksiyalovchi vositalarni saqlash
Dezinfeksiyalovchi vositalar (xloramin V va boshkalar) germetik berkitilgan idishlarda saqlanadi. Saqlash uchun xona aloxida bo‘lib va plastmassa, rezina x,amda metall buyumlar xamda tozalangan suv olinadigan xonalardan uzokrokda joylashgan bo‘lishi kerak. Bunda saqlash joyi salkin va yorug‘likdan ximoyalangan bo‘lishi lozim.
Rezina buyumlarni saklash
Rezina buyumlardan iborat tibbiy buyumlarni saqlashga bo‘lgan talablar:
xona quyosh nuridan himoya qilingan bo‘lishi kerak. YOrug‘lik faqat sun’iy, elektr orqali bo‘lishi lozim. Quruq xonalarning namligini saqlash uchun karbol kislotasining 2% li suv eritmasi idishlarda qo‘yiladi. Rezina buyumlarning elastikligini saqlash uchun xonalar va shkaflarda shisha idishda ammoniy karbonat solib qo‘yish kerak.
Bog‘lovchi materiallarni va yordamchi vositalarni saqlash tartibi.Bog‘lovchi materiallardan iborat tibbiy buyumlarni saqlashga quyidagi talablar qo‘yiladi:bog‘lovchi materiallar quruq, havo yaxshi aylanadigan, chang va kemiruvchilardan himoyalangan xonalarda saqlanadi. Sterillanmagan materiallarni isitilmaydigan xonalarda saqlashga ruxsat etiladi. Steril materiallarni harorat o‘zgarishida o‘ram sifatiga ta’sir qilmasligi uchun ularni harorat darajasi tez o‘zgarmaydigan xonada saqlashga yo‘l qo‘yiladi; sterillangan bog‘lov ashyolari korxona qadog‘ida saqlanadi. O‘rami buzilgan yoki nam tortgan bo‘lsa, u xolda mahsulot sterillangan xususiyatini yo‘kotadi.

Download 151 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling