Farmarsevtika ishini tashkil qilish


Download 151 Kb.
bet2/10
Sana12.03.2023
Hajmi151 Kb.
#1264518
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
FITQ Mustaqil ish (1) 03e9410777a1a6ba6b54d54b8b1fbe95

II. ADABIYOTLAR SHARXI
2.1. Ulgurji savdo shakllari.
Ulgurji farmatsevtika tashkilotlari faoliyatining tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 6 apreldagi 185-son “Dori vositalari va farmatsevtika faoliyati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston respublikasi Qonuniga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqidagi 2016 yil 4 yanvardagi O‘RQ-399 son “O‘zbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorida belgilangan. Mazkur Qarorning 1-ilovasida “Dori vositalarini va tibbiy buyumlarni ulgurji realizatsiya qilish tartibi to‘g‘risidagi Nizom” tasdiqlangan.
Tranzit shaklida: tovarlar ishlab chiqaruvchidan chakana savdo tarmog‘iga yoki boshqa ulgurji kompaniyaga (kichikroq yoki boshqa shaxarda joylashgan) ulgurji vositachilarning omborini chetlab o‘tadi. Ushbu shaklning afzalligni shundaki, aylanma mablag‘larning tezlashishi bo‘lib, natijada logistika xarajatlari kamayadi, tovarlarning saqlanish xavfsizligi darajasini oshiradi. Tranzit etqazib berish, mahsulotni oraliq tayyorlashda sifatiga e’tibor berish zarur bo‘lmasa, qadoqlash talab qilingan taqdirda. Bunday xolatda ulgurji- vositachi, ishlab chiqaruvchidan jo‘natilgan mahsulotdan boshqa turdagi assortimentni ajratish imkoniga ega bo‘lmaydi.
Ombor shakli: tovarlar ishlab chiqaruvchidan ulgurji savdo omborxonasiga kelib tushadi, keyinchalik turli distribyutorlik kanallari orqali chakana savdoga chiqariladi. Logistika xarajatlarni oshishiga qaramasdan, bu xolatda savdo uchun kerakli tovalar assortimenti turi ko‘payadi va ta’minoti yaxshilanadi. Xar bir dorixona tashkiloti uchun kerakli bo‘lgan tovar turlarini yaratish imkoni yaratiladi.
2.2.Farmatsevtik omborxonasining tuzilishi. Ulgurji omborxonadagi asosiy jarayonlar.
Zamonaviy farmatsevtika ombori - muayyan tuzilishga ega bo‘lgan murakkab texnik tuzilmadir. Omborxona xonalari bajaradigan funksiyasiga karab dori vositalarini va tibbiy buyumlarni qabul qilish, saqlash, buyurtmalarni joylashtirish va berish xonalari bir-biri bilan uzviy bog‘langan bo‘lishi, xamda ularning xavfsizligi ta’minlanishi kerak.
Xududiy kurilma va farmatsevtika ombori binosi
Dorixona omborxonasi odatda aloxida obektlardan iborat:
- kapital kurilmalar (omborxona binosi, ofis binosi);
-yordamchi inshoatlar (elektr postansiyasi, kozonxona va boshkalar);
-kommunikatsiya tizimlari (elektr, gaz va suv ta’minoti,kanalizatsiya);
-yo‘llar va omborda avtotransport to‘xtaj va turar joylari.
- Omborxona quyidagi asbob-uskunalar va inventarlar bilan jihozlangan bo‘lishi kerak:
-dori vositalarini va tibbiy buyumlarni saqlash uchun stellajlar, tagliklar;
termolabil dori vositalarini saqlash uchun sovutish kameralari yoki maishiy sovutgichlar;
-havo parametrlarini qayd qilish asboblari (termometrlar, gigrometrlar yoki psixrometrlar)-alohida guruh dori vositalarini, hisob-kitob hujjatlarini va axborot beruvchi adabiyotlarni saqlash uchun qulflanadigan metall shkaflar yoki seyflar;
-echinib kiyinish xonasida ustki va maxsus kiyimlarni va oyoq kiyimlarini saqlash uchun shkaf;
-sanitariya holatini ta’minlash uchun dezinfeksiya vositalari va xo‘jalik jihozlari.

Download 151 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling