bo‘lajak pedagoglaming barkamol shaxs ta’lim-taibiyasini tashkU etish
va amalga oshirish sohasidagi faoUyatini samaradorligi uchun zarur
bo‘lgan vositadir. Shu tufayU psixologiya fanlari bo‘yicha talabalar
oladigan bilimlami baholashda o‘zgacha mezonlaidan foydalanish zamr.
Bo‘lajak pedagog talabalaming psixologiya fanlari sohasidagi bilimlarini
baholashda nafaqat ulaming ilmiy tushunchalar mazmunini qanchalik
to‘g‘ri tushunishi, baUd bu tushunchalar asosida atrof voqelikni qanday
tahUl eta oUshini mezon sifatida qabul qilish lozim.
Psixologiya — odam va hayvonlar psixik hayoti qonuniyatlari va
www.ziyouz.com kutubxonasi
mexanizmlari haqidagi fan. Pedagogika odamga ta’lim-tarbiya berish,
qonuniyatlari haqidagi fan. Aynan pedagogika fani taiim-tarbiyaning
maqsad va vazifalari, uning jamiyat hayoti va shaxs rivojlanishidagi
rolini aniqlashtiradi.
Taiim-tarbiya masalalarida pedagogika va psixologiya fanlarining
hamkorligi uzoq tarixga ega.
0
‘z davridayoq mashhur rus pedagogi
K.D.Ushinskiy pedagogika barkamol shaxs tarbiyasining rejasini
ishlab chiqishi uchun odam haqidagi barcha fanlarning yutuqlaridan
foydalanishi kerak, bu fanlar orasida psixologiya markaziy o‘rinni
egallaydi, deb ta’kidlagan edi.
Metodologiya - nazariy va amaliy faoliyatni tashkil etish hamda
tarkib toptirish usullari, tamoyillari tizimi, shu bilan birga ushbu
tizim haqidagi taiimotdir. Metodologiyaning 3 darajasi ajratiladi: 1.
Umumiy metodologiya — tadqiqotchi tomonidan tanlanadigan
umumiy falsafiy yondashuv. 2. Xususiy metodologiya — bilimlaming
muayyan sohasida qo‘llanadigan metodologik tamoyillar yigindisi.
Do'stlaringiz bilan baham: |