Ferma va komplekslar haqida umumiy ma’lumotlar


Qishloq xo‘jalik mashinalari fanining rivojlanish tarixi


Download 0.77 Mb.
bet2/11
Sana08.02.2023
Hajmi0.77 Mb.
#1178393
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Ferma va komplekslar haqida umumiy ma’lumotlar

Qishloq xo‘jalik mashinalari fanining rivojlanish tarixi.
Dehqonchilik qadimiy kasb bo‘lib, u bilan bog‘liq bo‘lgan qurollar ko‘p asrlik rivojlanish va takomillashish tarixiga ega. Ammo qishloq x o‘jalik mashinasi va qurollari to‘g‘risidagi fan nisbatan yaqinda paydo b o‘ldi. Bu ilmiy fanning yuzaga kelishi va rivojlanishi mashhur rus olimi akademik Vasiliy Proxorovich Goryachkin (1868-1935 yil) nomi bilan bog‘langan. V.P. Goryachkinga qadar qishloq xo‘jaligi mashinalari to‘g‘risidagi fan yarim hunarmandchilik zavodlaridan chiqariladigan mashinalarning tuzilishi va konstruktsiyasining o‘ziga xos xususiyatlarini o‘rganishdan iborat bo‘lgan.
Akademik V.P.Goryachkinning asarlari hozirgacha o‘zining ulkan ahamiyatini yo‘qotgani y o‘q. V.P.Goryachkinning klassik asarlari, uning davomchilari akademiklar I.I.Artobolevskiy, V.A. Jeligovskiy, N.D.Luchinskiy,
I.F.Vasilenko, P.M.Vasilenko, A.N.Karpenko, M.V.Sablikov, G.YE.Listopad, professorlar A.N.Gudkov, N.I.Klenin, V.A.Sakun va boshqalarning ilmiy ishlari tufayli qishloq xo‘jalik mashinalari bo‘yicha mantiqiy fan yuzaga keldi. Bu fanning rivojlanishiga O‘zbekiston olimlari ham o‘z hissalarini qo‘shdi. Ular qatoriga akademiklar M.V.Sablikov, G.M.Rudakov, A.X.Xajiyev, A.D.Glushenko, R.M.Matchanov, professorlar M.S.G‘aniyev, R.I.Baymetov, A.S.Sadriddinov, A.A.Rizayev, M.T.Tashboltayev, N.X.Kulametov, A.Tuxtaqo‘ziyev, M.Murodov, I.T.Ergashev va boshqalarni kiritish mumkin. Bir qator qishloq xo‘jaligi mashinalari: ikki yarusli pluglar, paxta terish, chekanka qilish, g‘o‘zapoya yig‘ish va ko‘sak terish mashinalari, pushtaolgich, paxta tozalagich, paxta seyalkalari, kultivatorlar va boshqa mashinalar respublikamiz olimlari va konstruktorlari tomonidan yaratilgan.
Shu nuqtai nazardan agrosanoat korxonalari uchun qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash yo‘nalishi bo‘yicha yuqori malakali bakalavr kadrlarni tayyorlashga e’tibor kuchaymoqda. Bakalavrlarni qishloq x o‘jaligi ishlab chiqarishi jarayonlarini kompleks mexanizatsiyalash bo‘yicha amaliy vazifalarni yechishda tutgan o‘rni o‘ta muhim.
Fanning vazifasi. Qishloq xo‘jaligida muhandislik-texnik xizmatni va mashinalardan samarali foydalanishni to‘g‘ri va maqbul tashkil qilish uchun bakalavrlarga qishloq xo‘jaligi mashinalari konstruktsiyasi va ish jarayonlari nazariyasi bo‘yicha chuqur bilim, ishlov beriladigan materialni o‘zgarib turadigan xossalari va holatiga bog‘liq ravishda bu mashinalarni optimal ish tartibiga sozlash bo‘yicha mahorat kerak. Shuning uchun «Qishloq xo‘jalik mashinalari» fanining vazifasi qishloq xo‘jaligi mashinalarining tuzilishi va ish jarayonlari hamda ularni nazariyasi va texnologik hisoblari bo‘yicha kerakli ma’lumotlarni berishdan iborat. Mashinalarni takomillashishi tufayli rusumlarini tez o‘zgarib turishi, ammo ularning ta’sir prinsiplari ko‘p yillar davomida jiddiy o‘zgarishlarsiz qolishini hisobga olgan holda darslikda rusumlar bo‘yicha mashinalarning konstruktsiyasini tavsifi keltirilmagan va asosan eng istiqbollilarining tayanch modellari keltirilib, ular texnologik jarayonlari bo‘yicha tartibga solingan. Ushbu fanni bakalavrlar o‘rganishi uchun ularga agronomiya asoslari, tuproqshunoslik, chizma geometriya, nazariy mexanika, mexanizm va mashinalar nazariyasi, materiallar qarshiligi, mashina detallari, metallar texnologiyasi kabi fanlardan bilim talab qilinadi.






Download 0.77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling