Ferma va komplekslar haqida umumiy ma’lumotlar


Hayvonlar va parrandalar boqiladigan binolar. Binolarning tasnifi


Download 0.77 Mb.
bet4/11
Sana08.02.2023
Hajmi0.77 Mb.
#1178393
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Ferma va komplekslar haqida umumiy ma’lumotlar

Hayvonlar va parrandalar boqiladigan binolar. Binolarning tasnifi. Har qanday bino yoki inshootning konstruksiyasi uning vazifasiga bog‘liq. Qoramol fermalarida sigirxona, buzoqxona, yosh chorva mollari boqiladigan bino, oziqlantirish xonasi, tug‘ruqxona va veterinariya xonasi bo‘ladi. Mollarni yoz vaqtida boqish uchun yozgi lager binolaridan — yozgi xonalar yoki bostirmalardan foydalaniladi. Bu fermalarga xos yordamchi imoratlar sut sog‘ish yoki sutchilik — sut sog‘ish bloklari, sutxona (sut yig‘iladigan, ishlanadigan va saqlanadigan joy), sutni qayta ishlash sexlaridir.
Cho‘chqachilik fermalarining bino va inshootlari ona cho‘chqalar boqiladigan cho‘chqaxonalarning bo‘rdoqichilik cho‘chqaxonalarini, onasidan ajratilgan cho‘chqa bolalari va erkak cho‘chqalar boqiladigan xonalarni o‘z ichiga oladi. Cho‘chqachilik fermalari uchun xos yordamchi bino oziqlantiriladigan bino bo‘lishi mumkin (agar cho‘chqalarni boqish texnologiyasida shunday binolar ko‘zda tutilgan bo‘lsa).
Qo‘ylar boqiladigan binolar isitiladigan qo‘yxona va bostirma-bazalarga bo‘linadi. Qo‘yxonalarda bir jinsli va bir xil yoshli qo‘ylar boqiladi, shunga ko‘ra ularni sovliq qo‘ylar, axta qilingan qo‘chqorlar, yosh qo‘ylar va yaylovda boqiladigan qo‘ylar uchun belgilangan turlarga bo‘lish mumkin.
Qo‘ychilik fermalariga xos yordamchi inshootlariga jun qirqish punktlari, qo‘ylarni cho‘miltirish va dezinfeksiyalash vanna xonalari, qo‘y so‘yiladigan xonalar va boshqalar kiradi.
Parrandalar boqiladigan binolar, avvalo, parrandalarning turlariga qarab: tovuqxonalarga, kurkaxonalarga, g‘ozxonalarga va o‘rdakxonalarga bo‘linadi. Vazifasiga qarab, ular yoshi katta parrandalar, yosh parrandalar, go‘shtga boqiladigan jo‘jalar (broylerlar) xonalariga bo‘linadi. Parrandachilik fermalariga xos yordamchi binolarga inkubatoriyalar, iqlimlashtirish bo‘limlari, alohida uychalar kiradi.
Barcha chorvachilik fermalari territoriyasida ozuqa va tayyor mahsulotlar saqlanadigan joylar, omborlar, go‘ngxonalar, ozuqa sexlari qozonxona va shu kabilardan iborat yordamchi bino va inshootlar bo‘lishi kerak.

Download 0.77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling