Ferma va komplekslar haqida umumiy ma’lumotlar
FERMA VA KOMPLEKSLARNING TASNIFI
Download 0.77 Mb.
|
Ferma va komplekslar haqida umumiy ma’lumotlar
1. FERMA VA KOMPLEKSLARNING TASNIFIChorvachilik fermasi (chorvachilik kompleksi) chorvachilik mahsulotlari yetishtiriladigan sanoat korxonasidir. Chorvachilik fermasi tarkibiga mollar boqiladigan asosiy binolar, shuningdek, butun fermaning normal ishlashini ta’minlovchi yordamchi inshootlar kiradi. Fermalar vazifasiga ko‘ra tovar yetishtiruvchi (tovar fermalar), nasldor mol yetishtiruvchi (naslchilik fermalari) va urchitish (reproduktiv) fermalariga bo‘linadi. Tovar fermalar mamlakatimiz aholisini sut, go‘sht, tuxum va boshqa oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlash, yoki sanoat uchun xomashyo yetishtirish uchun xizmat qiladi. Nasldor mol fermalarida seleksiya yo‘li bilan hayvonlar naslini yaxshilash ishlari olib boriladi, urchitish fermalarida esa qimmatli mol zotlari ko‘paytiriladi. Chorvachilik komplekslarning xarakterli xususiyati shundan iboratki, ularda ishlab chiqarish boshdan-oyoq muhandislik texnikasi asosida tashkil etilgan bo‘lib, barcha jarayonlar to‘la avtomatlashtirilgan va mexanizatsiyalashtirilgan, bir me’yorda ishlab turadigan potok usulida bajariladi. Bu esa eng oz mehnat sarf qilib, ko‘proq mahsulot olish imkonini beradi. Fermalarni kompleks mexanizatsiyalashtirish uchun mustahkam ozuqa bazasiga, zamonaviy texnika talablari darajasidagi va ishlab chiqarish texnologiyasiga mos chorvachilik binolariga ega bo‘lish, shuningdek, xo‘jaliklar elektr bilan yetarlicha ta’minlangan bo‘lishi kerak. Ferma uchun yer tanlash va uni rejalashtirishda qo‘yiladigan talablar. Yangi ferma uchun yer tanlashda uning bosh reja loyihasi bo‘lishi kerak. Uchastka shakli va kattaligi shu reja loyihaga muvofiq tanlanadi. Bunda yo‘llar, yaylovlar, suv manbalari, yaqin orada aholi yashaydigan punktlarning borligi va boshqa omillar hisobga olinishi lozim. Uchastkada sizot suvlarning sathi, eng yuqori ko‘tariladigan davrda, binoning eng chuqur polidan kamida 1m past bo‘lishi kerak. Uchastkani tanlashda joy relyefi va uy-joylar hamda kommunal inshootlarning joylashishi ham hisobga olinadi. Chorva boqiladigan bino o‘rta va shimoliy qismida meridian yo‘nalishda, janubiy zonalarda esa kengliklar yo‘nalishida joylashtiriladi. Binoning uzun o‘qi asosiy yo‘nalishdan har ikki tomonga 30° gacha og‘ishi mumkin. Bino doimiy shamolga nisbatan yoni bilan yoki burchaklaridan biri bilan qaratib joylashtiriladi. Binolar orasidagi masofa ferma hududining tabiiy havo oqimi bilan tozalanib turishi uchun yetarli bo‘lishi kerak. Loyihalashda yo‘llarning uzayib ketmasligi va qurilishni arzonlashtirish uchun fermaning ixcham bo‘lishiga intilish, shu bilan birga binolar orasidagi masofalarni belgilashda sanitariya-veterinariya talablarini va yong‘in xavfini ham hisobga olish kerak. Sanitariya va yong‘in jihatidan xavfli bo‘lgan veterinariya binolari, yonilg‘i, mineral o‘g‘itlar saqlanadigan omborlar va boshqa obyektlar fermadan kamida 300 m uzoqlikda shamolga teskari tomonda va eng past joyda quriladi. Binolar orasidagi loyihada ko‘rsatilgan oraliqlar har vaqt mahalliy sanitariya organlari tasdig‘idan o‘tkaziladi. Ozuqa sexlari, ozuqa omborlari va boshqa binolar o‘rtasidagi zooveterinariya oraliqlari yong‘inga qarshi oraliqlar bilan bir xil bo‘lishi kerak. Ferma binolari va inshootlarini bog‘lovchi yo‘llar qattiq materiallar bilan qoplanishi lozim. Tagiga beton, ustiga asfalt yotqizilgan yo‘llar eng chidamli bo‘ladi. Fermaning ishlab chiqarish kompleks territoriyasi turar joy zonalari va boshqa inshootlardan mevali daraxtlar, ihota o‘rmonlari polosalari bilan ajratiladi. Download 0.77 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling