Ferma va komplekslar haqida umumiy ma’lumotlar


OZIQA TARQATISHNI MEXANIZATSIYALASH


Download 0.77 Mb.
bet8/11
Sana08.02.2023
Hajmi0.77 Mb.
#1178393
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Ferma va komplekslar haqida umumiy ma’lumotlar

1. OZIQA TARQATISHNI MEXANIZATSIYALASH


Tashiladigan yuklar qattiq va suyuq (suv, sut, suyuq oziqa, go‘ng, yonilg‘i) yuklarga bo‘linadi. Qattiq yuklar sochiluvchi, donali va hajmdor yuklarga bo‘linadi. Sochiluvchan yuklarga don, donador ozuqa, ildizmevalar, bo‘r, tuz va boshqalar; donali yuklarga turli xil konteynerlar (oziq-ovqat chiqindilari va boshqalar), bidonlar, siqilgan gaz ballonlari, idishlar (qoplar, qutilar va boshqalar); hajmli yuklarga ko‘k massa, somon, poxol, senaj (hajmiy og‘irligi 0,3—0,4 kg/m3 dan oshmagan) yuklar kiradi.
Yuklash-tushirish mashinalari va transport vositalarini ish unumdorligi va o‘lchamlarini hisoblash uchun yuklarning fizikmexanik xossalarini bilish zarur. Asosiy fizik-mexanik xossalarga granulometrik tarkib (bo‘laklik), namlik, hajmiy og‘irlik, tabiiy qiyalik burchagi va yuklarning boshqa sirtlarga ishqalanish koeffitsiyenti kiradi.
Transport vositalari relssiz (tortib yuriladigan oziqa tarqatgichlar, pritseplar, aravalar, elektrokaralar, o‘ziyurar shassilar, yuk avtomobillari, panshaxali va greyferli yuklagichlar va boshqalar), yer yuzida va osma holda o‘rnatilgan relsli mashina va mexanizmlar (elektrlashgan o‘ziyurar ozuqa tarqatgichlar, vagonlar, chorpoyali kranlar, kran-balka va boshqalar) va qo‘zg‘almas va to‘xtovsiz ishlaydigan transport vositalariga (lentali, zanjirli, inersion, qirg‘ichli, skrepersimon, vintli va rolikli transportyorlar; cho‘michli elevatorlar, qiya tushirgichlar va pnevmatik transport qurilmalari) bo‘linadi.
Fermalarda tortib yuriladigan KTÓ-10A, ÐMM-5,0, ÐÑÏ10, KÓT-3, ÐMK-1,7 osib yuriladigan KÓT-3B, AÐÑ-10, KÑA5 oziqa tarqatgichlari, aralash oziqa yuklagichlar ÇÑK-10 va AÏÑ25, traktor aravalari va aravachalar ishlatiladi.
KTÓ-10A oziqa tarqatgichi maydalangan dag‘al ozuqalarni tashish va tarqatish uchun mo‘ljallangan. Bu oziqa tarqatgichdan ko‘k massani olib kelishda ham foydalanish mumkin.
Oziqa tarqatgich kuzov, yuritma, yurish qismi va elektr jihozlaridan iborat.
Kuzov metall taglikka va yon devorlarga ega. Taglikdan ikkita plastina zanjirli transportyor o‘tadi. Kuzovning oldida vertikal biter va ko‘ndalang transportyor o‘rnatilgan. Ko‘ndalang transportyorlar ozuqalarni oxurlarga tushirish uchun xizmat qiladi.
Donali va sochiluvchan yuklarni tashish uchun qiya tekisliklardan foydalanish mumkin. Qiya tekislik sifatida tushirish novlari, vintli tushirgichlar, rolikli transportyorlar va quvurlardan foydalaniladi.
ÐMM-5 va ÐKA-8 markali oziqa tarqatkichlar, asosan, KTÓ-10 markali oziqa tarqatkichga o‘xshash ish organlariga ega, biroq undan gabarit o‘lchamlari, kuzovining hajmi va yurish qismlarning tuzilishi bilan farq qiladi. Bundan tashqari, ÐKA-8 markali oziqa tarqatkich ÃÀÇ-53A markali avtomobil shassisiga o‘rnatilgan bo‘lib, uning ish organlarini alohida-alohida ishga solish mumkin. ÐMM-5 markali oziqa tarqatkich esa g‘ildiraklar oralig‘ini o‘zgartirish mexanizmiga ega.
Qoramol fermalarida karbamid va qorapatkalarni tashish hamda tarqatish uchun ÐMK-1,7 markali tarqatkich ishlatiladi. U oziqa aralashmalarni bir yoki ikki tomonga berish mumkin. Tarqatkich sisterna, nasosli transmissiya, yurish qismi va elektr jihozlaridan iborat. U MTÇ traktori bilan agregatlanadi va traktor kabinasidan boshqariladi. Tarqatkichning ish organlari traktorning quvvat olish validan harakat oladi.
Ish boshlashdan oldin mashinaning tarqatuvchi qurilmasi zootexnikaviy normalarga muvofiq oxurning 1 m qismiga belgili miqdorda (kilogramm hisobida) oziqa beradigan qilib rostlanadi. Buning uchun tarqatuvchi qurilma ish vaziyatiga o‘rnatiladi, sachratkich ostiga idish qo‘yiladi, traktorning quvvat olish vali ulanadi va aralashmaning qancha vaqtda oqib chiqishi aniqlanadi. Sachratkichning tiqinini burab, belgilangan normada oziqa berilishiga erishiladi. Tiqinning shu vaziyati sachratkich quvurdagi kertiklardan foydalanib fiksatsiyalanadi.
Cho‘chqachilik fermalarida oziqalarni tashish, aralashtirish va tarqatish uchun KÓT-3,0A va KÓT-3,0BM markali tarqatkichlar ishlatiladi.
KÓT-3,0A markali oziqa tarqatkich yurish qismiga ega bo‘lgan ramaga o‘rnatilgan bunkerdan, zanjirli-plankali transportyordan, yo‘naltiruvchi novli shnek va yuritmadan iborat.
Asosiy va qo‘yma bortlari bo‘lgan platforma uning asosi hamda asosiy bortlardan (oldingi, ikkita yon va ketingi bortlardan) iborat. Platformaning asosi bukma profillardan payvandlab yasalgan, uning ustki po‘lat listlar bilan qoplangan Platforma asosining o‘rta qismiga, karkasning ko‘ndalang balkalari orasiga gidravlik ko‘targichning yuqori tayanchi payvandlangan. Asosning pastki qismida to‘rtta tirak kronshteyn bor. Bu kronshteynlar yordamida platforma pritsep ramasining tayanch barmoqlariga sharnirli ravishda o‘rnatiladi. Platformani orqaga ag‘darishda ikkita oldingi tayanch zulfinlarining barmoqlari chiqarib olinadi, yon tomonga ag‘darishda esa qarama-qarshi tomondagi ikkita yon tayanch barmoqlarini chiqarib olish kerak. Platformaning oldingi asosiy borti qo‘zg‘almas, asosiy yon va ketingi bortlar esa, ochiladigan bo‘ladi, ular berk vaqtda maxsus zulfinlar bilan mahkamlab qo‘yiladi. Yuklarni arqon bilan bog‘lash uchun platforma bortlarida arqon ilinadigan ilgaklar bor.

Download 0.77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling