Ferma va komplekslar haqida umumiy ma’lumotlar
Shamollatish tizimlari va qurilmalar
Download 0.77 Mb.
|
Ferma va komplekslar haqida umumiy ma’lumotlar
Shamollatish tizimlari va qurilmalar. Binolarning ichi tabiiy va majburiy shamollatish tizimlari bilan shamollatiladi. Tabiiy shamollatishda havo almashinishi binoning ichidagi va tashqarisidagi havo bosimlarining farqi (yoki temperaturalar farqi) tufayli shuningdek, shamol harakati ta’sirida yuzaga keladi. Majburiy shamollatish esa ventilatorlar yordami bilan yuzaga keltiriladi. Shamollatishning havo keltiruvchi, havo keltiruvchi-tortuvchi va havo tortuvchi turlari bor.
56-rasmda havo keltiruvchi shamollatish binoning yuqori qismida va devor oralarida joylashgan kanallar ko‘rsatilgan. e 56-rasm. Turli chorvachilik inshootlarida mikroiqlimni tashkil etish tizimlari: a—qoramollarni bog‘lab va bog‘lamay boqish tizimlarida; b—go‘ngni pol ostida saqlash chorva inshootida; d—24 ming boshga mo‘ljallangan cho‘chqachilik kompleksida; e—108 ming bosh cho‘chqachilik kompleksida; 1— kalorifer; 2—havo kiritish ventilatori; 3—havo quvuri; 4—so‘rish shaxtasi; 5—darcha; 6—so‘rish kanali; 7—so‘rish ventilatori; 8—so‘rish tizimidagi havo quvuri; 9—ventilatorli so‘rish shaxtasi. Kanallarning kesimi, odatda, 250½250 mm bo‘ladi. Kanallarning tashqari qismi, yog‘in va shamoldan saqlash uchun shchit yoki ayvoncha bilan to‘siladi. Kanallarning ichiga tashqaridan havo kirishini rostlovchi zaslonkalar o‘rnatiladi. Havo tortuvchi shaxtalarga hamma vaqt rostlash zaslonkalari o‘rnatiladi. Havo tortuvchi shaxtaga ventilator o‘rnatilsa, majburiy havo tortuvchi shamollatish tizimi hosil bo‘ladi. Bunday tizim bino ichidagi va tashqaridagi temperatura bir xil bo‘lgan sharoitda ahamiyatlidir. Temperatura bundan past bo‘lsa, hamda hayvonlardan chiqadigan issiqlik bino ichida normal temperaturani saqlash uchun yetarli bo‘lmasa, havo keladigan kanallarni berkitib, tashqi havo oqimini kamaytirishga to‘g‘ri keladi. Bu esa bino ichidagi mikroiqlimga salbiy ta’sir qiladi (namlikni oshiradi, havoning tarkibini buzadi). Bino ichidagi va tashqarisidagi havoning temperaturasi bir xil bo‘lsa, havo almashinishi to‘xtaydi. Sun’iy majburiy shamollatish tizimlari bu kamchilikdan holidir. Amalda, bitta ventilatorli umumiy tortuvchi kanalli tizimlar va har bir shamollatish kanaliga alohida ventilator o‘rnatiladigan tizimlar qo‘llaniladi. Download 0.77 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling