Ferma va komplekslar haqida umumiy ma’lumotlar


GO‘NG YIG‘ISHTIRISH VA UNGA QAYTA ISHLOV BERISHNI MEXANIZATSIYALASH


Download 0.77 Mb.
bet10/11
Sana08.02.2023
Hajmi0.77 Mb.
#1178393
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Ferma va komplekslar haqida umumiy ma’lumotlar

2. GO‘NG YIG‘ISHTIRISH VA UNGA QAYTA ISHLOV BERISHNI MEXANIZATSIYALASH


Hozirgi vaqtda fermalarda go‘ngdan tozalash uchun ikki xil: transportyorli va gidravlik qurilmalar qo‘llaniladi. Transportyorli qurilmalarga TÍÑ-0,2 va TÍÑ-3,0Á markali aylanma harakatlanadigan kurakchali transportyorlar; TØ-30A tiðdagi ilgarilanma-qaytma harakatli transportyor; TÑ-1, ÓÑ-10 va ÓÑ-15 markali skreperli qurilmalar kiradi.
Gidravlik qurilmalar to‘rt turga: tindirgichli-novli, yuboradigan nasadkali, yuvib yuboradigan bakli va o‘z oqimli turlarga bo‘linadi.
Go‘ng yig‘ishtirish vositalari. Gorizontal transportyor odatda, go‘ng chiqariladigan yo‘l bo‘ylab joylashgan ochiq kanallarga o‘rnatiladi. Yuk tushiradigan kurakchali transportyorlar ortig‘i bilan 30° qiyalik burchak ostida o‘rnatiladi.
TÍÑ-2,0 markali kurakchali transportyor (62 -rasm), asosan, qoramol bog‘lab boqiladigan fermalarni go‘ngdan tozalash uchun belgilangan. U kurakchali zanjirlar, harakatlantirish stansiyasi, qiya nov va kuraklarni go‘ngdan tozalaydigan qurilmadan iborat. Transportyor zanjiri maxsus quyma zvenolardan tuzilgan. Po‘lat kurakchalar zanjirga qadami 460 mm qilib mahkamlangan. Kurakchali zanjirni yo‘naltirish uchun burilishlarda silindrik roliklar va burilish sektorlari o‘rnatilgan, transportyorning gorizontal qismi qiya holatga o‘tadigan joyiga cho‘yan boshmoq qo‘yilgan.
Harakatlantirish stansiyasida ikki pog‘onali reduktor bor, u ponasimon uzatma yordamida elektr dvigatel bilan bog‘langan. Transportyor kurakchalarning harakat tezligi 0,19 m/sek. Transportyorning qiya qismini burchaklik po‘latdan yasalgan ustun tutib turadi. Qiya novning yuqorigi qismiga harakatlantirish stansiyasi montaj qilinadigan to‘sin va yo‘naltirgich mahkamlangan.
Zanjir harakatlantirish stansiyasini so‘rish yo‘li bilan taranglanadi.

62-rasm. TÍC-2,0 go‘ng yig‘ish transportyor:
1,2—gorizontal va qiya transportyorlar; 3—boshqarish qutisi; 4—harakatga keltirish stansiyasi; 5—taranglash moslamasi; 6—zanjir surgichlari; 7—burish yulduzchasi.
Ishlayotgan transportyorni to‘xtatishdan oldin, uning qiya qismini go‘ngdan tozalash uchun 3—5 min ishlatish kerak. Transportyordan foydalanish davomida haftada kamida ikki marta reduktorda moy borligi tekshiriladi, podshiðniklar, yulduzchalar va taranglash qurilmasi moylanadi.
TÍC-3,0Á markali transportyorning TÍÑ-2,0 markali transportyordan farqi shundaki, uning mustaqil yuritmali ikkita transportyori: gorizontal va qiya transportyorlari bor. Transportyor zanjiri po‘lat polosadan yasalgan va bir-biriga barmoqlar bilan biriktirilgan tashqi va ichki plankalardan tuzilgan. Kurakcha skobaga bolt va gaykalar bilan mahkamlanadi. U gorizontal vaziyatdan pastga tomon 40° burchakka bemalol burila oladi, bu esa uning go‘ng qoldiqlaridan yaxshi tozalanishiga imkon beradi.
TÍÑ-2,0Á markali takomillashtirilgan qilingan transportyor ham ikkita alohida transportyordan: qiya va gorizontal transportyorlardan iborat.
ÍÏÊ-30 markali kovshli go‘ng yuklagich go‘ng yig‘gichdan to‘plangan go‘ngni transport vositalariga yuklash uchun belgilangan. U rama, yetaklovchi va taranglash vallari, kovshli zanjir, elektr dvigatel, privod va osmadan iborat.
Rama bir-biriga boltlar bilan biriktirilgan uch qismdan yasalgan. Ramaning asosiy elementlari ko‘ndalang burchaklilar bilan bog‘langan bo‘ylama shvellerlardir. Kovshlar shvellerlarga payvandlangan burchaklik po‘latdan qilingan maxsus yo‘naltirgichlar bo‘ylab harakatlanadi.
Kovshlarning go‘ng massasiga yaxshi botishi uchun ularning go‘ngga botiriladigan qirrasi taroqsimon qilib ishlangan. Ramaning old qismidagi kronshteynlarga yetaklovchi valning podshiðniklari, taranglash yulduzchasi va reduktorli elektr dvigatel mahkamlanadi. Ramaning orqa qismida taranglash valini o‘rnatish uchun tirak va ariqchalari bor. Go‘ng yuklagich zanjirining tarangligi, taranglash valini surish yo‘li bilan rostlanadi. Taranglash validagi roliklar erkin aylanadigan qilib o‘rnatilgan. Go‘ng yuklagichning yetaklovchi vali elastik mufta va reduktor orqali elektr dvigateldan harakat oladi. Go‘ng yuklagich maxsus osmalar yordamida ko‘tariladi va tushiriladi.
Transportyor zanjirlarining tarangligi maksimal solqalanishiga qarab tekshiriladi, u 300—400 mm dan oshmasligi kerak.
Transportyorning ikkala tortish zanjiri bir xilda taranglanadigan bo‘lishi kerak. Transportyor har 100—150 soat ishlangandan keyin yetaklanuvchi va yetaklovchi vallarning podshiðniklarini solidol bilan moylash lozim. Reduktor karteridagi moy 300—400 soat ishlaganda bir marta yangilanadi. Uzoq vaqt ishlamay turgan transportyorning go‘ngga botirilgan qismi chig‘ir yordamida go‘ng yig‘gichdan ko‘tariladi va tozalanadi, zanjirlar esa avtotraktor moyi bilan moylanadi.

Download 0.77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling