Ferma va komplekslar haqida umumiy ma’lumotlar
Download 0.77 Mb.
|
Ferma va komplekslar haqida umumiy ma’lumotlar
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kanalizatsiya.
Isitish tizimi. Ishlab chiqarish korxonalarida mahalliy (pechkali) va markaziy isitish tizimlarini uchratish mumkin. Markaziy isitish tizimi issiqlik eltuvchi moddaga qarab, suv bilan, bug‘ bilan isitiladigan va havo bilan isitiladigan turlarga bo‘linadi.
Xo‘jaliklarda isitish tizimi uchun TÃ tiðdagi issiqlik generatorlari ham keng ishlatiladi. Bu generatorlarda suyuq yonilg‘i yoqiladi, undan issiqlik olgan tashqi havo ventilator vositasida issiqlik almashtirgich orqali bino ichidan o‘tkaziladi. Havoni isituvchi agregatlar suv bilan, bug‘ bilan va elektr bilan isitadigan bo‘lishi ham mumkin. Elektr kaloriferlar (ÑÔO va OKÁ-1) va suv kaloriferlari (KÔÑ va KÔÁ) eng ko‘p tarqalgan. Ular havo almashtirish unumdorligi 3000 dan 20000 m3/soat gacha bo‘lgan MÖ470 va ÂO tiðdagi ventilatorlar bilan birlashtiriladi. Kanalizatsiya. Molxonalarda kanalizatsiyaning ochiq (o‘zioqar) va berk (bosimli va o‘zioqar) tizimlari bo‘ladi. Oqova suv va shaltoqlarni yig‘ish hamda chiqarib tashlash uchun kanalizatsiya novlari, ariqlar, quvurlar va shaltoq to‘plagichlar qo‘llaniladi. Qoramollar va cho‘chqalar boqiladigan chorvachilik binolarida, odatda, o‘zioqar kanalizatsiya quriladi. Chiqish joylaridagi traplar, chorvachilik binolari ichiga axlat gazlari kirmasligi uchun gidravlik zatvorlar bilan ta’minlanadi. Bino pollari novlar tomon nishab olinadi. Qoramol boqiladigan binolar uchun qabul qilingan qiyalik 0,01—0,02, cho‘chqaxonalar ariqlarning nov tomonga qiyaligi kamida 0,02 bo‘lishi kerak. Nov tubining trap tomonga qiyaligi 0,01—0,15 bo‘lishi lozim. Molxonalarda go‘ng-shaltoq chiqib ketadigan novlarning eni kamida 30 sm, chuqurligi 16—20 sm dan ortiq bo‘lmasligi, cho‘chqaxonalarda esa ularning eni 15 sm, chuqurligi 10 sm bo‘lishi lozim. Mexanizatsiya vositalarining qo‘llanilishi novlarning o‘lchamlarini ancha o‘zgartirishi mumkin. novlar beton, yog‘och, mahalliy toshlardan quriladi. Novlar 15 sm qalinlikda yotqizilgan semiz tuproq qatlami ustiga qurilsa, suv o‘tkazmaydigan bo‘ladi. Download 0.77 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling