Fiskal siyosat


 Byudjet ortikchaligini chegirib olish va byudjet kamomadini


Download 134.44 Kb.
Pdf ko'rish
bet7/10
Sana30.04.2023
Hajmi134.44 Kb.
#1404614
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Fiskal siyosat

 
7. Byudjet ortikchaligini chegirib olish va byudjet kamomadini
moliyalashtirish usullari.
 
Davlat byudjdeti kamomadini moliyalashtirish usullari:
1. Pul-kredit emissiyasi;
2. Davlat zayomlarini chikarish;
3. Davlat byudjetiga solik tushumlarini ko`paytirish.
Davlat byudjeti kamomadi pul chikarish orkali koplanganda
muomalada pul massasini ko`paytirish inflyatsiyaga olib keladi.
Inflyatsiya darajasi oshganda Oliver-Tanzi samarasi paydo bo`ladi.
YA`ni, solik to`lovchilar tomonidan davlatga to`laydigan soliklar to`lovini
atayin kechiktirish xollari yuzaga keladi. Bu esa davlat byudjeti kamomadi
oshishiga olib keladi. Byudjet takchilligi tufayli davlat xususiy ishlab
chikaruvchilardan tovarlar va xizmatlar sotib olsa-yu, lekin ular to`lovlarni
kechiktirsa, xususiy ishlab chikaruvchilar o`z maxsulotlari narxlarini
oldindan oshirib ko`yishadi. Bu esa inflyatsiyaning oshishiga olib keladi.
Agar davlat byudjeti takchilligi davlat zayomlarini chikarish orkali
moliyalashtirilsa, ular sotilishi natijasida pulga talab oshadi. Bu esa o`z
navbatida foiz stavkasini ko`tarilishiga olib kelishi mumkin. Okibatda
investitsiya xarajatlari,sof eksport xajmi va kisman iste`mol xarajatlari
kamayadi. Pirovardida sikib chikarish samarasi ro`y beradi va u fiskal
siyosatning ragbatlantiruvchi samarasini zaiflashtirib ko`yadi.
Byudjet takchilligini moliyalashtirishning bu usuli noinflyatsion usul
xisoblansada inflyatsiya xavfini ma`lum muddatga kechiktiradi xolos.
CHunki muddati etgan zayomlarni sotib olish bilan davlat muomaladagi pul
massasini ko`paytiradi. Bu esa o`z navbatida, baxolar darajasining
ko`tarishiga sabab bo`ladi. Solik tushumlarini ko`paytirish byudjet
takchilligini moliyalashtirishning uchinchi yo`li bo`lib, u uzok muddat
talab etadigan solik isloxati o`tkazilishini talab etadi. Bu isloxotlar solik
bazasini kengaytirish, solik stavkalarini kamaytirish, solik yukini ishlab
chikaruvchilardan ko`prok mulk egalari va mulkdan foydalanuvchilar
zimmasiga o`tkazish orkali soliklar tushumini ko`paytirishni ko`zda
tutadi.
Byudjet ortikchaligini kamaytirish usullariga muomaladagi pul
mablaglarini olib ko`yish va davlat karzlarini to`lash kiradi.


Davlat karzlarini to`lash nominal daromadlar va muomaladagi pul
massasini oshirib, baxolar darajasining yanada oshishiga olib kelishi
mumkin. SHu tufayli byudjetdagi ortikcha mablaglarni muzlatib ko`yish
byudjet kamomadini pasaytirishning nisbatan noinflyatsion usulidir.


Download 134.44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling