Fizika va kimyo” fakulteti “ilmiy va metadologik kimyo” kafedrasi
Download 343.29 Kb.
|
masala kurs ishi Hanifa
Uglevodlar klassifikatsiyasi
Uglevodlar organik birikmalarning eng katta sinfi bo‘lib, ular gidroliz qilinganda, gidrolizga uchramasligiga qarab va gidrolizga uchrab kichkina molekulalarga bo‘linishiga qarab, ikki gruppaga bo‘linadi: 1. Oddiy uglevodlar yoki monosaxaridlar (mannozalar); 2. Murakkab uglevodlar. Bular o‘z navbatida shakarsimon kichik molekulali polisaxaridlar (oligosaxaridlar) ga va shakarga o‘xshamagan yuqori molekulali polisaxaridlarga bo‘linadi. Monosaxaridlar – gidrolizlanmaydi.Disaxaridlar va polisaxaridlar gidrolizlanganda monosaxaridlarni hosil qiladi. Izomeriyasi. 1.Aldegid yoki keton gruppa borligi(fruktoza va glukoza) 2.Optik izomeriya N=2n(Lebel va Vant-Goff) D va L izomerlar o`zaro antipodlar deyiladi. Monosaxaridlar - aldegid yoki keton guruh saqlagan poligidroksil moddalar bo`libgidrolizlanmaydi. Ko`pchilik formulasi: CnH2nOn Monosaxaridlar (yunoncha monos-bitta, saxar-shakar), oddiy shakar deb ham ataladi, shakarning eng oddiy shakli va barcha uglevodlar hosil boʻlgan eng asosiy birligi (monomerlar). Ular odatda rangsiz, suvda eriydigan kristall qattiq moddalardir. Ularning nomidan farqli oʻlaroq, faqat baʼzi monosaxaridlar shirin taʼmga ega. Monosaxaridlar CnH2nOn formulasiga ega. Monosaxaridlarni alifatik poliollarning oksidlangan mahsulotlari deb qarash mumkin. Chunki bu moddalar tarkibida gidroksil gruppalar bilan bir qatorda aldegid yoki keton gruppalarr ham bo‘ladi. Ammo monosaxaridlar gidrolizga uchramaydi. Monosaxaridlarning nomi, ularning molekulasidagi uglerod atomlar sonini lotincha nomiga «oza» qo‘shimchasi qo‘shib o‘qish bilan hosil bo‘ladi. Masalan, C3H6O3—trioza; C4H8O4—tetroza; C5H10O5—pentoza; C6H12O6—geksoza; C7H14O7—geptoza va hokazo. Monosaxaridlarga glyukoza, fruktoza va galaktozalar kiradi. Monosaxaridlar, disaxaridlar (masalan, saxaroza va laktoza) va polisaxaridlarning (sellyuloza va kraxmal) asosi hisoblanadi. Xalq tilida ishlatiladigan shakarining oʻzi ikki monosaxarid D-glyukoza va D-fruktozaning har birining bir molekulasini oʻz ichiga olgan disaxarid, saxaroza hisoblanadi. Gidroksil guruhini qoʻllab-quvvatlaydigan har bir uglerod atomi bir xil kimyoviy formulaga ega boʻlib, bir qancha izomerik shakllarni keltirib chiqaradi. Masalan, galaktoza va glyukoza ikkalasi ham aldogeksozalardir, ammo ular turli xil fizik tuzilmalarga va kimyoviy xususiyatlarga ega. Yugoridagi formulalarga ko'ra, glukoza va fruktoza aldegid hamda ketonlar xossalarini takrorlashlari kerak edi, lekin ular aldegid ketonlar uchun xos bo'lgan ko"pchilik reaksiyalarga kirishmaydi. Masalan, glukoza va fruktoza NaHSO3 fuksinsulfit kislota bilan reaksiyaga kirishmaydi. Glukoza va fruktozadagi :, ta -OH guruhi bir xiI xususiyatga ega bo'lishi kerak edi. Lekin ulardagi bitta -OH gllruhi qolgan 4 tasidan farq qiJadi. Glukozaga CH3I va Ag2O ta'sir ettirilganda pentametilglukoza hosiI bo'lsa, CH3 OH va HCl ta'sir eitirilganda monometilglukoza hosil bo'ladi. Glukoza va (..uktoza alkillanganda ulardagi aldegid va ketonlarga xos xususiyatlar yo'goladi. Yuqorida keltirilgan fikrlarga asoslanib glukoza va fruktoza molekulalarini yarim atsetallar ko"rinishida yozish mumkin bo'ladi. Monosaxarid glyukoza metabolizmda hal qiluvchi rol oʻynaydi, u yerda kimyoviy energiya glikoliz va limon kislotasiga aylanishi orqali tirik organizmlarni energiya bilan taʼminlashi uchun olinadi. Monosaxaridlarning nomi, ularning molekulasidagi uglerod atomlar sonini lotincha nomiga “oza” qo`shimchasi qo`shib o`qish bilan hosil bo`ladi: C3 – trioza, C4 –tetroza, C5 – pentoza, C6 – geksoza. 6-a'zoli kislorodli geterotsiklik birikma piran, 5-a'zoli kislorodli geterotsiklik birikma furan deb atalganligi sababli glukoza va fruktozadan hosil bo'lgan siklik yarimatsetaIIarni nomlashda ularni piran yoki furanning hosilalari deb qaraladi. Glukozid gidroksili yuqoridagi tetraedming o'ng tomonida bo'lsa a, chap tomonida bo'lsa 13 harflari bilan ko'rsatiladi. Aldegid gruppa saqlaydigan monosaxaridlar aldoza, keton gruppa saqlagan monosaxaridlar ketozalar deb ataladi.Aldozalarning muhim vakili – glukoza, ketozalarning muhim vakili – fruktozadir. Monosaxaridlardan tabiatda asosan glukoza va fruktoza uchraydi. Qolgan vakillari oligo-, polisaxaridlar va boshqa YuMB holida uchraydi. Download 343.29 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling