Fiziologiya 2-semestr oraliq nazorat javoblari javob tahlaganlar: zaydullaev bayrambay davolash 204-guruh
Упкада вентиляция, диффузия ва перфузия
Download 1.78 Mb. Pdf ko'rish
|
fiziologiya javoblar
156.Упкада вентиляция, диффузия ва перфузия;
Вентиляцион-перфузион курсаткич; O‘pkalar ventilyasiyasi vaqt birligida nafas bilan olinadigan yoki chiqariladigan havo hajmi bilan aniqlanadi. Odatda nafasning minutlik hajmini o‘lchaydilar. Uning kattaligi tinch holatda 6-9l. O‘pkalar ventilyasiyasi nafasning chuqurligi va chastotasiga bog‘liq. Tinch holatda 1 minutda 16(12-18) marta nafas olinadi. Nafasning minutlik hajmini uning chastotasiga ko‘paytirish yo‘li bilan hisoblanadi: 500ml x 16 = 8000ml. CHuqurligi va chastotasi maksimal bo‘lgan nafas harakatlari vaqtidagi o‘pkalardan bir daqiqada o‘tadigan havo hajmiga o‘pkalar maksimal ventilyasiyasi deyiladi. Maksimal ventilyasiyani odam o‘z xoxishi bilan chaqirishi mumkin, u yana jismoniy ish vaqtida, O2 kamayganda (gipoksiya) da, nafas bilan olinadigan havoda SO2 miqdori ko‘paygan (giperkapniya) da kuzatiladi. Ixtiyoriy maksimal ventilyasiyada nafas chastotasi har daqiqada 50-60 gacha, nafas hajmi 2000-4000 ml gacha oshishi mumkin. Bunday sharoitda nafasning minutlik hajmi 100-200l gacha oshadi. Normal sharoitda odamda jismoniy ish vaqtida maksimal ventilyasiya darajasi ixtiyoriy maksimal ventilyasiya darajasidan pastroq bo‘ladi.O‘pka membranasining gazlarga nisbatan utkazuvchanligini o‘pk a l a r n i n g d i f f u z i o n k o b i l i ya t i d a ifodalaydilar. Bu o‘pka membranasi orqali 1 minutda bosimning 1 mm sim.ust. farqi (gradient)ga mos utadigan gaz miqdoridir. Upkalar diffuzion kobiliyati membrana kalinligiga mutanosibdir.Normada o‘pkalar diffuzion qobiliyati kislorodga nisbatan 25 ml\min mm sim.ust., SO2 uchun esa 24 marta yuksakdir. Kislorod diffuziyasi parsial bosimlarning 60 mm sim.ust.ga teng farqi bilan ta’minlanadi. Qonning kichik doira kapillyarlaridan oqib o‘tish vaqti (0,7s) gazlar parsial bosimining amalda to‘la tenglashuvi uchun etarlidir: kislorod qonda eriydi, SO2 alveolyar havoga o‘tadi. O‘pkalarda gaz almashinuvi uchun alveolalar ventilyasiyasi va qon aylanishi kichik doirasidagi qon oqimi orasidagi nisbat muhim mohiyatga ega. Bu nisbat nafas olish oxirida 0,8 ga yaqin, demak alveolalar ventilyasiyasi hajmi kichik doiradan vaqt birligida oqib o‘tadigan qon miqdoridan kamroq . O‘pka uchida, uning asosiga nisbatan, alveolalar ventilyasiyasi samaradorligi past , kapillyarlar perfuziyasi ham shunga mos. Qon oqimi bilan ventilyasiya hajmi orasidagi moslik kichik doiradagi tomirlarning 02 tanqisligidan torayishi va ventilyasiya past bulgan soxalarda qon oqimining kamayishi oqibatidir. Download 1.78 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling