Fiziologiya 2-semestr oraliq nazorat javoblari javob tahlaganlar: zaydullaev bayrambay davolash 204-guruh
Download 1.78 Mb. Pdf ko'rish
|
fiziologiya javoblar
- Bu sahifa navigatsiya:
- 176. Ингичка ичакда оксил, ёг, углеводлар, сув ва тузларнинг сурилиш механизми;
175. Ичак моторикасининг вазифаси;
Ингичка ичак ҳаракати химуснинг ҳазм ширалари билан аралашишини, химуснинг ичак бўйлаб силжишини, ичак шиллиқ қавати соҳасидаги моддаларнинг алмашишини таъминлайди, ичакдан суюқ моддаларни қон ва лимфага филтрланиб ўтиши учун зарур бўлган босимни ҳосил қилади. Демак, ингичка ичак ҳаракати озиқ моддаларнинг гидролизи ва сўрилиши учун имконият яратиб беради. Ингичка ичак ҳаракати бўйланма ва ҳалқасимон мускулларининг қисқариши орқали амалга ошади. 176. Ингичка ичакда оксил, ёг, углеводлар, сув ва тузларнинг сурилиш механизми; Chaqaloqning ichagida parchalanmagan oqsillar, jumladan globulinlar ham pinotsitoz yo‗li bilan qonga o‗tadi, katta yoshli odamlarda oqsil parchalanmasdan deyarli so‗rilmaydi.Awal ular hazm tizimi bo‗shIiqlarida peptik va triptik gidrolizga uchraydi, ichak membranasidagi peptidazalar, aligopeptidlarni aminokislotalarga parchalaydi. Aminokislotalarning so‗rilishini enterotsitlarning apikal membranasidagi to'rtta faol tashilish tizimlari ta‘minlaydi: 1) neytral aminokislotalarning (valin, fenilalanin, alanin) tashish tizimi; 2) asosli aminokislotalarning (arginin, sistein, lizin, omitin) tashish tizimi; 3) dikarbon aminokislotalarning (glutamin va asparagin) tashish tizimi; ‗) aminokislotalarning (prolin va gidroksiprolin) tashish tizimi. Bu tashish tizimlarining faolligi natriy ionlariga qaram bo`lib, energiya manbai sifatida ATF talab qiladi. Ayni bir vaqtning o‗zida so‘riladigan aminokislotalar o`rtasida murakkab munosabatlar mavjud. Ba'zi aminokislotalar bir-birining so‗rilishini tezlashtirsa, boshqalari tormozlaydi. Polisaxaridlar va disaxaridlar ingichka ichakda deyarli so'rilmaydi. Ularning parchalanishi natijasida hosil bo`lgan va ovqat bilan qabul qilingan monosaxaridlar faol va sust tashilish mexanizmlari asosida so'riladi. Molekulyar massasi yaqin bo`lgan geksozalar so'rilish tezligi teng emas. Molekulasi kichikroq bo`lgan pentozalar geksozalardan sekinroq so‗riladi. Bu maiumotlar ba‘zi monosaxaridlar faol tashiladi, boshqalarining so‘rilishi sust kechadi degan xulosaga olib keladi. Qand faol so‘rilishi uchun uning tuzilishi ma‘lum ‘sharoitlarga javob berishi kerak: 1) — shaklga va ikkinchi uglerod atomida gidroksil guruxga ega bo`lishi; 2)olti a‘zoli pironoz xalqaga ega bo'lishi; 3) beshinchi uglerod atomi metil yoki boshqa radikalga ega bo`lishi kerak. Bir vaqtning o‗zida so‘rilayotgan monosaxaridlar o'rtasida malum aloqadorlik bor. Glyukoza va galaktoza bir-birining so'rilishini toimozlaydi. Bu faol tashiladigan geksozalarning so'rilishiga sust tashiluvchi fruktoza va sorboza ta‘sir ko'rsatmaydi. Neytral yoglar parchalanishi natijasida hosil bo`lgan glitserin va kalta hamda o‘rta zanjirli yog‘ kislotalarning so‘rilishi uchun maxsus mexanizmlar kerak emas. Ulаr enterotsit membranasi orqali diffuziyalanib o‘tadi. Uzun zanjirda yog‘ kislotalar va xolesterinni so‘rilish ro‘y beradigan yuzaga (enterositlarning apikal membranasiga) aralash mitsellalar yetkazadi. Aralash mitsellalar o‘t-safro mitsellalari asosida ularga uzun zanjirli yog` kistotalar, xolesterin va lizoletsitin so'rilishi natijasida hosil bo`ladi Aralash mitsella enterotsit membranasiga to‘qnashganida tarkibidagi yog‘ kislotasi maxsus tashuvchi oqsil molekulasi bilan birikadi va enterotsit ichiga o‘tkaziladi. Glyukoza va aminokislotalar so`rilishining natriy ioniga bog`liqligi yuqorida aytib; o'tilgan edi. Suv va ba‘zi anionlarning so'rilishi ham natriyga qaram. Natriy ionlari ingichka ichak bo‘shlig‘idan qonga enterotsitlar orqali va hujayralar oralig‘idagi kanallar bo‘ylab o'tishi mumkin. Bu kanallardan natriyning tashilishi sust konsentratsion gradient bo‘yicha yuzaga chiqadi. Enterotsitlar orqali natriyning so'rilishi ancha murakkab ichak ximusidagi natriy avval bazal membrana orqali enterotsit ichiga o'tadi. Bu tashilish elektrokimyoviy gradient bo‘yicha sust bo`lishi mumkin. Bundan tashqari natriyning bir qismi glyukoza va aminokislotalar so'rilayotganda shu moddalar bilan hujayralarga kiradi Entsrotsitlardan natriy: lateral va bazal membranalar orqali to‘qima suyuqligiga chiqariladi. Bu jarayonni faol tashilish mexanizmi — kaliy-natriy nasosi bajaradi. Xloming so‘rilishida ham faol va sust tashilish mexanizmlari ishtirok etadi.Ammo bu jarayon qaysi yo‘sinda kechmasin, natriy tashilishiga bog‘liq bo`ladi. So`rilayotgan natriy, xlor ionlari suvni «ergashtirib» yuradi Ximusdan enterotsitga oigan natriy va xlor sitoplazmada osmotik bosimni oshiradi Osmotik bosimda paydo bo`lgan farq suvni hujayraga kiritadi, sitoplazmadan to'qima suyuqligiga o‗tgan ionlar ketidan suv yana osmos tufayli hujayradan tashqariga chiqadi va qon hamda limfaga qo'shiladi. Download 1.78 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling