Fiziologiya 2-semestr oraliq nazorat javoblari javob tahlaganlar: zaydullaev bayrambay davolash 204-guruh
Download 1.78 Mb. Pdf ko'rish
|
fiziologiya javoblar
- Bu sahifa navigatsiya:
- 180. Йугон ичакда сурилиш;
179. Йугон ичакда овкат хазм килиш;
Илиоцекал сфинктер орқали ингичка ичакдан химус йўгон ичакка ўтади. Ҳазм жараёнида йўгон ичакнинг аҳамияти камроқ, чунки ўсимлик клетчаткасидан бошқа барча озиқ моддалар ингичка ичакда ҳазм бўлади ва сўрилади. Йўгон ичакда асосан сув сўрилиши орқали химус қуюқлашади, кал массаси шаклланади ва ичакдан чиқариб юборилади. Йўғон ичакда шунингдек электролитлар, сувда эрувчи витаминлар ва карбонсувлар сўрилади. 180. Йугон ичакда сурилиш; Йўғон ичак безлари, асосан, шилимшиқ, модда, кўчиб тушган эпителиал ҳужайра ва оз миқдорда ферментлар (пептидазалар, липаза, амилаза, ишқорий фосфатаза, катепсин, нуклеаза) сақловчи шира ажратади. Йўғон ичакдаги ферментлар фаоллиги ингичка ичакка нисбатан анча суст бўлади. Лекин ингичка ичакда ҳазм жараёни бузилганда уни компенсациялаш учун йўғон ичак шира ажратиш фаолияти кучайиши мумкин. Йўғон ичак шираси (рН 8,5-9,0) ишқорий муҳитга эга. Шира ажралиш жараёни маҳаллий механизмлар ёрдамида амалга оширилади. Шиллиқ қаватини механик таъсирлаш шира ажралишини 8-10 маротаба кучайтиради. 181. Нажаснинг шаклланиши; Ingichka ichakdan ileotsekal qopqoq orqali yo‘g‘on ichakka bir kechayu kunduzda 500 ml dan 1000 ml gacha ximus o‘tadi. Yo‘g‘on ichakda suv so‘rilishi natijasida ximus quyiladi. Suv bilan bir vaqtda elektrolitlar va suvda eruvchi vitaminlar ham sosriladi. Ammo bu moddalar yo‘g‘on ichakda ingichka ichakdagiga nisbatan juda oz so‘riladi. Agar, yo‘g‘on ichakka ximus tarkibida joglar o‘tsa, ular so‘rilmasdan tashqariga chiqarib tashlanadi. Ovqat tarkibida hazm tizimi fermentlari parchalay olmaydigan murakkab uglevodlar ham uchraydi. Ularni yo‘g‘on ichakdagi bakteriyalar bijg‘itib, sut va sirka kislotalari. spirt, karbonat angidrid va suv hosil qiladi. Gqsillarning bakteriyalar ta‘sirida chirishi natijasida zaharli moddalar (indol, skatol), biologik faol aminlar (gistamin, tiramin), vodorod sulfid gazi va metan hosil bo`ladi. Aralash ovqat iste‘mol qilinganda bir kechayu kunduzda 100—200 g najas hosil bo`ladi. Quruq qoldig‘i 20—25% bo`lib, 50% sellyuloza va boshqa parchalanmagan moddalardan, 1/3 qismi bakteriyalar dan, 10—15% anorganik moddalardan va 5% chamasida yog‘dan iborat. Ovqatda o‗simlik ko‘p bo`lsa, najas bir necha marta ko‗p bo`ladi. Najasning rangi o‘t pigmentlariga bog‘liq, 5—7 bo`lgan pH ni esa bijg`ish mahsulotlari belgilaydi, hidi vodorod sulfid, organik kislotalar, indol va skatol bilan bog‘liq. Download 1.78 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling