Fiziologiya 2-semestr oraliq nazorat javoblari javob tahlaganlar: zaydullaev bayrambay davolash 204-guruh
Ичакда сурилиш турлари (актив,пассив,диффузия)
Download 1.78 Mb. Pdf ko'rish
|
fiziologiya javoblar
177. Ичакда сурилиш турлари (актив,пассив,диффузия).
Ingichka ichakda so‘rilish jarayoni sust tashilish mexanizmlari tufayli (osmos, diffuziya va filtrlanish yo`li bilan) va faol energiyaga muhtoj mexanizmlar asosida sodir bo'ladi. Konsentratsiyasida farq bo`lgan eritmalar o'rtasida diffuziya kuzatiladi. Uzluksiz Broun harakatidagi modda molekulalari kontsentratsiyasi yuqori bo`lgan eritmadan modda miqdori kam bo`lgan joyga o'tadi. Modda konsentratsiyasi eritma hajmida tenglashgan zahoti diffuziya to'xtaydi. Konsentratsiyasida farq bo`lgan eritmalarni ajratib tumvchi yarirn o`tkazuvchi membrana orqali erituvchining tashilishi osmos deyiladi Osmos jarayoni erituvchini eritmaning konsentratsiyasi past bo`lgan joydan erigan moddalarni otkazmaydigan membrana orqali eritma konsentratsiyasi yuqori bo`lgan joyga o'tishini ta‘minlaydi. Tirik hujayralar membranasi suv uchun yuqori o'tkazuvchanlikka ega, ayni vaqtda Eriydigati moddalar uchun o'tkazuvchanligi ancha kam. Bu membranani shartli ravishda yarim o‘tkazuvchi deb hisoblash mumkin. Membrana ikki tomonidagi suyuqlikning gidrostatik bosimidagi farq tufayli eritmaning membranadan o‘tishi filtrlanish deyiladi. Sust tashilish mexanizmlari suyuqlik va moddalarni ikki tomonlarna ichakdan qonga va qondan ichakkao'tishiga imkon beradi. Faol tashilish esa bir tomonga qaratilgan.Bu mexanizm asosida moddalar konsentratsion va elektrokimyoviy gradiyentga qarshi harakat qiladi. Faol tashilishning у ana bir nechta xususiyatlari bor: u energiyaga muhtoj, kislorod yetishmovchiligi, past liarorat almashinuvni ingibirlovchi moddalar faol tashilishni sekinlashtiradi. Faol tashilish yuqori tezlikka ega, faol tashiladigan moddalar o'rtasida ularning so‘rilish jarayonida raqiblik (konkurent) tormozlanishi kuzatiladi. Faol tashilishni maxsus oqsil molekulalari — tashuvchilar yuzaga chiqaradi. Tashuvchi moddani membrananing bir yuzasiga tegab turgan suyuqlikdan (modda miqdori oz bo`lgan eritmadan) o‘ziga biriktirib, modda-tashuvchi kompleksini hosil qiladi. U membrananing ikkinchi tomoniga olib, moddani o`zidan ajratadi va membranannng ikkinchi tomonidagi suyuqlikka chiqaradi. Faol tashilish uchun energiya manbai vazifasini ATF bajaradi. Moddalarning ingichka ichakdan tez so‘rilishi uchun ichaktutqich tomirlaridan qon yetarli miqdorda oqishi start bu tomirlardan hazm vaqtida bir daqiqada 750 ml qon o`tadi. Uning asosiy qismi (60— 80%) shilliq parda tomirlariga to'gri keladi. Suv, anorganik moddalar va organik birikmalarning ko'p qismi qonga so`riladi. Yog`, yog‘simon moddalar va yog‘da erivdigan birikmalar limfaga o'tadi. limfaga so'rilish tezligi vorsinkalar harakatiga bog'liq. Vorsinkalarning bir meyorda qisqarishi vorsinkaning limfa tpmiiidagi limfani siqib chiqaradi. Bo'shab qolgan limfa tomirga moddalar tezroq so‗riladi. Mahalliy mexanik va kimyoviy ta‘sirlovchilar, villikinm gormoni vorsinkalar qisqarishini kuchaytirib, so'rilishini tezlashtiradi. Download 1.78 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling