Funksiya hosilasi, uning mexanik geometrik va iqtisodiy ma’nosi
Hosilaning iqtisodiy tatbiqlari
Download 450.83 Kb.
|
Hosila
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tayanch iboralar
- Takrorlash uchun savollar
- Testlardan namunalar
- Mustaqil ish topshiriqlari
Hosilaning iqtisodiy tatbiqlari. Hosilani iqtisodiy mazmunini ifodalovchi mehnat unumdorligi haqidagi masalani yuqorida ko‘rib o‘tgan edik. Ammo hosilani iqtisodiyotga tatbig‘i bu bilan chegaralanib qolmasdan, u iqtisodiyotda juda keng qo‘llaniladi. Masalan, ishlab chiqarish xarajatlari y va mahsulot hajmi x orasidagi bog‘lanish biror y=f(x) ishlab chiqarish funksiyasi bilan berilgan bo‘lsa, unda y′=f ′(x) hosila ishlab chiqarishning limitik xarajati deyiladi va bir birlik qo‘shimcha mahsulot ishlab chiqarish uchun kerak bo‘ladigan qo‘shimcha xarajatlarning taqribiy qiymatini ifodalaydi. Shunday tarzda limitik daromad, limitik tushum, limitik mahsulot, limitik unumdorlik kabi muhim iqtisodiy tushunchalar hosila orqali ifodalanadi. Iqtisodiy tatbiqlarda hosila biror iqtisodiy jarayon, obyektni vaqt yoki boshqa bir omil bo‘yicha o‘zgarish tezligini o‘rganish uchun ham qo‘llaniladi.
Hosila tushunchasini yana bir iqtisodiy tatbig‘iga misol sifatida, iqtisodiy jarayonlarni o‘rganish va bir qator amaliy masalalarni yechish uchun qo‘llaniladigan funksiyaning elastikligi tushunchasini qaraymiz. 5-TA’RIF: Berilgan y=f(x) funksiya uchun ∆f/f funksiya nisbiy orttirmasini ∆x/x argument nisbiy orttirmasiga nisbatini x0 bo‘lgandagi limiti funksiyaning elastikligi deb ataladi . Berilgan y=f(x) funksiya elastikligi Ex(f) kabi belgilanadi va, ta’rifga asosan, (7) formula bilan hisoblanadi. Funksiyaning elastikligi x argument qiymati 1% o‘zgarganda y=f(x) funksiya qiymati taqriban necha % o‘zgarishini ifodalaydi. Masalan, korxonaning ishlab chiqarayotgan mahsulotiga aholining talabi y va bu mahsulot narxi x orasidagi y=f(x) bog‘lanishni o‘rganishda funksiyaning elastikligi Ex(f) keng qo‘llaniladi. Bu holda Ex(f) mahsulot narxi x 1% o‘zgarganda aholining talabi taqriban necha % o‘zgarishini ifodalaydi. Agar |Ex(f)|>1 bo‘lsa, talab narxga nisbatan elastik, |Ex(f)|<1 bo‘lsa –noelastik , |Ex(f)|=1 bo‘lsa –bir elastikli deb ataladi. Bu tushuncha ma’nosini aniqlash uchun korxonaning Mr kabi belgilanadigan limitik daromadini qaraymiz. Bu iqtisodiy ko‘rsatkich talab elastikligi orqali formula bilan ifodalanadi. Bu yerdan ko‘rinadiki, talab elastik bo‘lganda narx o‘sishi (kamayishi) bilan mahsulotni sotishdan olinadigan umumiy daromad ham oshadi (kamayadi). Noelastik talabda esa narx o‘sishi (kamayishi) bilan mahsulotni sotishdan olinadigan umumiy daromad aksincha kamayadi (oshadi). XULOSA Funksiya hosilasi matematik tahlilning asosiy tushunchasi bo‘lib, juda ko‘p nazariy va amaliy tatbiqlarga egadir. Notekis harakatda tezlik, egri chiziqqa urinmaning burchak koeffitsiyenti, iqtisodiyotda mehnat unumdorligi yoki ishlab chiqarish sur’ati hosila yordamida aniqlanadi. Kelgusida hosila funksiya xususiyatlarini o‘rganishning kuchli quroli ekanligini ko‘ramiz. Har qanday funksiya ham hosilaga ega bo‘lavermaydi. Masalan, y=|x| funksiya x=0 nuqtada hosilaga ega emas. Hosilasi mavjud funksiya differensiallanuvchi deyiladi. Agar funksiya biror oraliqda differensiallanuvchi bo‘lsa, unda u bu oraliqda uzluksiz bo‘ladi. Hosila tushunchasi iqtisodiy nazariyada ko‘p qo‘llaniladi. Masalan, limitik xarajat, limitik daromad, funksiya elastikligi kabi iqtisodiy tushunchalar hosila yordamida aniqlanadi va hisoblanadi. Tayanch iboralar
Takrorlash uchun savollar Oniy tezlik masalasi qanday ifodalanadi? Urinma haqidagi masala qanday mazmunga ega? Mehnat unumdorligi masalasi nimadan iborat? Funksiyaning nuqtadagi hosilasi ta’rifi qanday ifodalanadi? Hosilaning mexanik ma’nosi nimadan iborat? Hosilaning geometrik ma’nosi qanday ifodalanadi? Hosilaning iqtisodiy ma’nosi qanday misol bilasiz? Qachon funksiya differensiallanuvchi deyiladi? Differensiallanuvchi funksiyaning uzluksizligi haqida nima deyish mumkin? Uzluksiz funksiya differensiallanuvchi bo‘lishi shartmi? Qachon funksiya oraliqda differensiallanuvchi deyiladi? Funksiyaning elastikligi deb nimaga aytiladi? Funksiyaning elastikligi qanday iqtisodiy ma’noga ega? Testlardan namunalar y=f(x) funksiyaning ∆x argument orttirmasiga mos keladigan ∆f orttirmasi qayerda to‘g‘ri ifodalangan? A) ∆f=f(x)– f(∆x) ; B) ∆f=f(x+∆x)– f(∆x) ; C) ∆f=f(x+∆x)– f(x) ; D) ∆f=f(x+∆x)– f((x–∆x) ; E) ∆f=f(x)∆x . y=x3 funksiyaning y orttirmasi qayerda to‘g‘ri ko‘rsatilgan? A) ; B) ; C) ; D) ; E) . y=x3 funksiya uchun y/x orttirmalar nisbatini toping. A) ; B) ; C) ; D) ; E) . y=f(x) funksiya hosilasini ta’rif bo‘yicha hisoblashda quyidagilardan qaysi biri bajarilmaydi? A) argument orttirmasi x hisoblanadi; B) funksiya orttirmasi f hisoblanadi; C) orttirmalar nisbati f/x hisoblanadi; D) f/x nisbatning x0 bo‘lgandagi limiti hisoblanadi; E) ko‘rsatilganlarning barchasi bajariladi. y=f(x) funksiya hosilasining ta’rifi qayerda to‘g‘ri ko‘rsatilgan? A) ; B) ; C) ; D) ; E) . Hosilaning mexanik ma’nosi qayerda to‘g‘ri ko‘rsatilgan? A) harakatda bosib o‘tilgan masofa; B) harakatda sarflangan vaqt; C) harakatda oniy tezlik; D) harakatda to‘xtash holati; E) to‘g‘ri javob keltirilmagan. y=x3 kubik parabolaning x0=–1 abssissali nuqtasiga o‘tkazilgan urinma tenglamasini aniqlang. A) y=3x+2 ; B) y=3x+4 ; C) y=3x–2 ; D) y=3x–4 ; E) y=3x . y=x2 funksiyaning x=5 nuqtadagi elastikligini hisoblang. A) 1 ; B) 2 ; C) 5 ; D) 8 ; E) 10 . Mustaqil ish topshiriqlari funksiyaning argument orttirmasi ∆x bo‘lgandagi ∆f orttirmasini toping. funksiyaning f ′(x) hosilasini ta’rif asosida toping. 1> Download 450.83 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling