Funksiya hosilasi, uning mexanik geometrik va iqtisodiy ma’nosi


Download 450.83 Kb.
bet1/15
Sana08.11.2023
Hajmi450.83 Kb.
#1755214
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
Hosila


Funksiya hosilasi , uning mexanik
geometrik VA iqtisodiy ma’nosi



  • Hosila tushunchasiga olib keladigan amaliy masalalar.

  • Hosila ta’rifi va uning amaliy ma’nolari.

  • Differensiallanuvchi funksiya va uning uzluksizligi.

  • Hosilaning iqtisodiy tatbiqlari.

Differensial hisob oliy matematikaning eng asosiy va eng kuchli, samarali usullaridan biri bo‘lib hisoblanadi. Matematik tahlilning bu bo‘limi nisbatan yosh bo‘lib, uning dastlabki kurtaklari XVII asrda Ferma, Paskal, Dekart kabi matematiklarning ishlarida shakllangan va XVIII asrda buyuk ingliz olimi Nyuton (1642–1727) va mashhur olmon matematigi Leybnits (1646–1716) tomonidan unga asos solingan va turli masalalarni yechish uchun keng qo‘llanilgan.



    1. Hosila tushunchasiga olib keladigan amaliy masalalar. Differensial hisob asosida funksiya hosilasi tushunchasi yotadi va u tarixan quyidagi amaliy masalalarni yechish jarayonida paydo bo‘lgan.

  • Oniy tezlik masalasi. Bizga ma’lumki, to‘g‘ri chiziq bo‘yicha tekis harakat qilayotgan moddiy nuqtaning ixtiyoriy t vaqtdagi tezligi v(t)=v0=const, ya’ni o‘zgarmas bo‘ladi. Bunda harakat boshlangandan keyin t vaqt o‘tgach nuqtaning bosib o‘tgan masofasi S(t)=vt funksiya bilan aniqlanadi va harakat tenglamasi deb ataladi. Endi bu nuqta to‘g‘ri chiziq bo‘yicha notekis harakatda bo‘lgan holni qaraymiz. Bu holda moddiy nuqtaning tezligi t vaqt o‘tishi bilan o‘zgarib boradi va biror v=v(t) funksiyani hosil qiladi. Moddiy nuqtaning t vaqt momentidagi tezligi oniy tezlik deb ataladi. Biz notekis harakat tenglamasi S=S(t) ma’lum bo‘lgan taqdirda moddiy nuqtaning biror t0 vaqtdagi v0=v(t0) oniy tezligini topish masalasini qaraymiz. Buning uchun ikkinchi bir t=t0+∆t vaqtni qaraymiz. Unda moddiy nuqtaning ko‘rilayotgan (t0, t)=( t0, t0+∆t) vaqt oralig‘ida bosib o‘tgan masofasi

S(t)–S(t0)= S(t0+∆t)–S(t0)= ∆S,
ya’ni harakat tenglamasini ifodalovchi S=S(t) funksiyaning orttirmasiga teng bo‘ladi. Agar notekis harakatdagi moddiy nuqtaning bu vaqt oralig‘idagi o‘rtacha tezligini deb belgilasak, uning qiymati formula bilan aniqlanadi. Bu holda v(t0) oniy tezlik o‘rtacha tezlikning t→t0 , ya’ni ∆t→0 bo‘lgandagi limiti kabi aniqlanadi. Demak, notekis harakatda v(t0) oniy tezlik
(1)
limitni hisoblash orqali topiladi.
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling