Fuqarolik ishlari bo‘yicha tumanlararo sudining 2019-yil 16-sentabrdagi sud buyrug‘iga
V.Kassatsiya shikoyati bo’yicha chiqariladigan sud hujjatini ijro etish tartibini
Download 1.37 Mb. Pdf ko'rish
|
MA\'MURIY SUD ISH YURITUVI
V.Kassatsiya shikoyati bo’yicha chiqariladigan sud hujjatini ijro etish tartibini tushuntiring. Ma’muriy sud ishlarini yuritish to‘g‘risidagi kodeksning butun bir IV bo‘limi “sud hujjatlarini ijro etish” masalalariga qaratilgan bo‘lib, unda ta’kidlanishicha, sud hujjatlari qonuniy kuchga kirgach ijroga qaratiladi, bundan qonunchilikda belgilangan tartibda darhol ijro etish hollari mustasno. Darhol ijro etish holatlariga misol sifatida, dastlabki himoya choralarini ko‘rish to‘g‘risidagi ajrim sud hujjatlarini ijro etish uchun belgilangan tartibda darhol ijro etiladi. Shuningdek, idoraviy normativ-huquqiy hujjat va saylov komissiyalarining xatti-harakatlari (qarorlari) yuzasidan nizolashish to‘g‘risidagi ishlarga doir hal qiluv qarorlari darhol ijro etiladi. Ta’kidlanganidek, sud hujjatlari qonuniy kuchga kirgach ijroga qaratiladi, kodeksning 245-moddasiga ko‘ra, kassatsiya instansiyasi sudining qarori qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. Demak uning ijroga qaratilishi ham shu paytdan boshlanadi. O‘zbekiston Respublikasi “Sudlar to‘g‘risida” gi qonunining 10-moddasiga muvofiq qonuniy kuchga kirgan sud hujjatlari barcha davlat organlari, jamoat birlashmalari, korxonalar, muassasalar va tashkilotlar, mansabdor shaxslar, fuqarolar uchun majburiydir hamda O‘zbekiston Respublikasining butun hududida ijro etilishi shart. Sud hujjatini ijro etmaslik qonunda belgilangan javobgarlikka sabab bo‘ladi. Ma’muriy sudlarda ko‘rib chiqiladigan ishlarda asosan, ma’muriy organ chiqargan qarorni haqiqiy emas deb topish, harakat yoki harakatsizlikni g‘ayriqonuniy deb topish bo‘yicha yakuniy fikrga kelinganligi sababli, sud tomonidan chiqarilgan hal qiluv qarorlar, qaror va boshqa hujjatlarning ijrosini ts’minlash ishda ishtirok etuvchi tomonlarga bog‘liq bo‘lib qoladi. Kodeksning 276-moddasida, qonuniy kuchga kirgan sud hujjatlari, agar sud tomonidan boshqa muddat belgilanmagan bo‘lsa, ular qonuniy kuchga kirgan kundan e’tiboran bir oy ichida ma’muriy organlar, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari va boshqa organlar, tashkilotlar, shuningdek mansabdor shaxslar tomonidan ijro etilishi lozim. Ma’muriy organlar, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari va boshqa organlar, tashkilotlar, shuningdek mansabdor shaxslar sud hujjati ijro etilganligi to‘g‘risida sudni xabardor qilishi shart. Ixtiyoriy sud hujjatlarini ijro etish bilan bog‘liq muddatlar o‘tgandan so‘ng, sud hujjatlari ijro etilmasa majburiy ijro choralari ko‘riladi. (O‘zbekiston Respublikasi “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida” gi qonunida batafsil). Download 1.37 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling